Четверг, 2019-08-22, 1:11 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [6840]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [884]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [106]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [16]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2522]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4186]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [39]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [6436]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1032]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2029]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [183]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [240]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [111]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1738]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [235]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1437]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [615]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [56]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [41]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [198]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [488]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [31]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [40]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [97]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [28]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [7]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 712
Статистика



Онлайн всего: 49
Гостей: 49
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Август » 14 » Hikoya: Nomus badali

1:10 PM
Hikoya: Nomus badali
Yozning oxirgi oyi. Oqshom. Maydalab yog'ayotgan yomg'ir anhor yuzini silardi. Shamol esganida oqar suv mavjlanar, soyabon ostida turgan Zarina bu mavjlarga tikilgancha xayol surardi. Hozir u homilador ekanini bildi. Shifokorga iljayib qo'ydi-ku, ammo o'zini sarosima bosdi. Yelkasiga tog' mingashib olganday bo'ldi.  «Hozirdan butun xayolim shu bolada bo'lsa, — o'ylandi u, — tug'ilsa nima bo'larkin? Men o'zim-chi, tayyormanmi shunga? Mendan yaxshi ona chiqarmikin?»

Juvonni yana vahima chulg'ay boshlaganida, birdan shamol turdi. Xayolini jamlab olgan Zarina nimchasining oldini mahkamroq yopdi-da, uyiga yo'l oldi. Yuzida nimtabassum…

Zarina bola daragini Sanjarga yetkazishga oshiqib, yettinchi qavatga go'yo qanot qoqib chiqdi. Sanjar oshxonada ekan. Deraza tomon tikilib, o'ychan o'tirganidan Zarinaning kelganini hatto payqamadi ham. Zarinaning sho'xligi tutib, oyoq uchida yurib, «vah» deganicha yelkasiga qo'l tashladi.

— Biz keldik!!!

Zarina Sanjarning qayrilishini kutdi. Ammo… Uning ko'zlaridagi nochorlik, tushkunlikni ko'rib, kulgisi o'chdi.

— Tinchlikmi? Nega bunaqa o'tiribsiz, mazangiz yo'qmi?

Sanjar chuqur xo'rsindi. Zarina bilardi, hozir undan gap olib bo'lmaydi. Shu bois tili uchida turganini ichiga yutib, ro'parasidagi stulga o'tirdi.

— Kimdir o'laman, desa, — qovoq uydi oq-sariqdan kelgan, asabiylashsa yumaloq yuzi xuddi hozirgiday qizil tusga kiradigan Sanjar, — kimdir, kulaman, derkan-da, a?.. Biz ham bilaylik, nimadan bunaqa xursandsiz?!

— Sizda uchta imkon bor, topsangiz…

— Sen ham bugun asabimga tegmagin, iltimos! O'zi shundog'am pichoq ustida o'tiribman!

— Men boya UZIga tushdim! — Zarina rasmiyatchilik ohangiga ko'chdi.

— Xo'sh?!

— Homiladorman!

— Homila?! Q-qanaqasiga, axir?..

— O'n haftalik bo'libdi. Olti oydan keyin ona bo'larkanman.

Zarina Sanjardan ko'z uzmadi. Rag'bat kutdi. U esa musht yeganday karaxtlanib qoldi. Olov qa'ridan chiqqan temirday, qip-qizil tusga kirgan yuzini ishqab, oxiri stolga musht urdi. So'ng bir nuqtaga tikilib o'yladi.

— Marinaga telefon qilishimiz kerak?!

— Birovga nafi tekkanmi uning?

— Hamma kotiba deb mensimaydi-ku, lekin u shunaqa vaziyatda nima qilish kerakligini biladi.

— Xuddi bir jinoyat qilganday gapirmang.

— Bolani oldirib tashlamasak bo'lmaydi!..

Kutilmagan bu gapdan Zarinaning qorachiqlari kengayib ketganday bo'ldi.

— Nega? Axir, axir yuragi ura boshlagan-ku?

— Yana ikki-uch yildan keyin bo'lsa mayliydi, hozir dahmaza bo'ladi. Endi karyerangni yo'lga qo'yganingda, o'z oyog'ingga bolta urmoqchimisan? Bunaqa kontrakt, bunaqa homiylar ertaga kelmaydi, shuni tushunyapsanmi? Butun jamoa senga ko'z tikkan…

— Bilmasam, — Zarina go'yoki yomon narsadan to'sganday, qorniga qo'lini qo'ydi. — Yuragim ostida yana bir yurak urayotganini o'ylasam, yettinchi osmonda yurgandayman. Mendan baxtli odam yo'qday dunyoda.

— Uf-f… — boshini egib xo'rsindi Sanjar. — O'zi bir kelsa, qo'shalab kelishi rost ekan-da. Bu tashvishlar qachon tugarkin-a?

— Bolaning tashvishi…

— Bola deyavermagin! Kamiga nikohsiz…

— Hali tug'ilmagan bolani muncha yomon ko'rdingiz?!

Achchig'i chiqqan Zarina o'rnidan turib, o'zini eshikka urdi.

— Men bu bolani, — ortidan o'shqirdi Sanjar, — hech qachon o'zimniki deb qabul qilmayman! Uyga kiritadi, deb xomtama bo'lma!

Zarina xonasiga kirib, eshikni qulfladi. Yotog'iga o'zini otmoqchi bo'ldi-yu, asta yonboshladi. Xo'rligi kelib, ko'ziga yosh oldi. Birgina savol yuragini tirnardi: «Boshqacha bo'lishi mumkinmidi?»

Esida, Sanjarni uchratganida Zarina o'n sakkizda edi. Model bo'lish istagida yonardi. Birgina chiroy va g'ayrat kifoya qilmasligini tushuna boshlagan kez Sanjar paydo bo'ldi. Boshqa izma-iz      ta'qib qiladigan yigitlardan dangal, o'tkir chiqdi. Fotostudiyadan muqim joy hamda markazdan uy taklif etdi. Uzuk taqib, sevgi izhor qildi.

— Qiziqmisiz, Sanjar, — shoshib qolgandi Zarina,  — sizning oilangiz bo'lsa, meni nima qilasiz?!

— Bu menga to'siq emas! — Sanjar qiz qarshisida tiz cho'kib o'tirdi.

— Sizga befarq emasman-u, bunchalikka boradi, deb o'ylamaganman.

— Sen meniki, faqat meniki bo'lishing kerak! Birov ilib ketishini o'ylasam, kechasi uxlolmayapman.

— Bunga tayyor emasman, birov eshitsa…

— Zarina, men tomon yana bir qadam tashla, senga yuragimni beraman! Orzungga yetasan! Sendan baxtli odam bo'lmaydi dunyoda!

Garchand Zarina o'sha kuni ikkilangan bo'lsa-da, bir uxlab turib fikrini o'zgartirdi. Tushida Sanjar boshqaga sevgi izhor etayotganini ko'rdi. U o'ylagandiki, bir nimadan kechmaguncha, boshqasiga erishib bo'lmaydi. Orzu yo'lida shu kerak ekan, demak, uni qabul qilish lozim.

* * *

Zarina mijjasini erta sahar ochdi. Behol, madorsiz bo'lsa-da dori ichib, fotostudiyaga bordi. Butun jamoa unga suq qaraganidan diqqati oshib, o'zini ko'chaga urdi. «Yo Sanjar haqmikin?» degan o'y o'rtab, ikki o't orasida qoldi. Yonidan yoshi katta bir ayol o'tganida, ko'z oldiga onasi keldi. Avvaliga najot chashmasi topganday shodlanib ketdi-yu, keyin roziligisiz uydan qochganini eslab, mulzam bo'ldi.

«Quvib yubormas, o'gay bo'lsa ham ona-ku», degan hadik bilan borib, bir kun hammaga tanilib, orzulari ro'yobga chiqqan qiz bo'lib bosmoqchi bo'lgan ostonani yurak yutinib xatladi. Onasi hovlida yelpinib o'tirgandi. Turishidan erkakshodaligi ayon, birovga yomonlik tilamaydi-yu, kuyib-pishib ham yotmaydigan bu ayolga nigohi tushishi hamon Zarina joyida qotdi. Onasi qaddini rostlaganida, oldinga uch qadam tashlab salom berdi. Alik olinmadi…

— Nega kelding? — qo'lidagi yelpig'ichni beliga tirab, qosh chimirdi onasi.

— Men… Zarina Sattorovaning uyini qidirib yurgandim, — o'ziga yopiqligini bilgan Zarina ayolning yuragiga boshqa tomondan yo'l qidirdi. — Siz onasi bo'lasizmi?

— U qiz boshiga tashvish tushsagina eslardi, bu gal nima qilg'iliq qildi?!

— O'zi-ku orzusiga yetay, deb qoldi. Suratlari jurnallarda bosilib chiqdi…

— Qulluq-qulluq, — dedi ayol tagdor qilib.

Zarina unga homila haqida aytishi mumkinligini o'yladi.

— Qizingiz homilador ekan, — bazo'r tilga kirdi Zarina.

Ayolning tusi biroz o'zgardi. Bir muddat jim qolib, keyin ovozini balandlatib gapirdi:

— Ilohim, yo'lini bersin. Nikohsiz yurmayaptimikin, ishqilib?!

O'gay ona bu gapni shu qadar beparvolarcha aytdiki, qizning eti jimirlab ketdi. So'ng yana so'z ochdi:

— Men… qizingiz katta shartnomaga qo'l qo'ygan. Uni buzsa, hamma topganlarini yo'qotadi. Balki… shunga bola haqida…

— Avvalroq o'ylash kerak edi! — deb yubordi ayol.

Zarinaning tomog'i quridi. Ona shunaqa bir g'azab bilan qaradiki…

— Og'ir kasal bo'lib jonlantirish bo'limida yotganingni eslaysanmi? .. O'shanda bilmagan ekanman-da kim bo'lib ulg'ayishingni.

Bu gap Zarinani teshib ketdi. Ayol unga, baribir, o'gay ekanligini ko'rsatib qo'yishni istadimi, yelpinib-elpinib dang'illama uyga kirib ketdi. Qizga na «ket» dedi, na «kir» ishorasini qildi. Zarina mulzam qoldi.

«Kecha oilamdan kechgandim, — o'ylandi u, — bugun bolamdan kechmoqchiman. Ertaga-chi?  Ertaga nimadan kechaman?!»

Zarina hovlida ko'p turmadi. Hali sovib ulgurmay, Sanjar masalasini hal etishga otlandi. Sanjar esa uni boshqacha bir mulozamat bilan kechagi oshxona tomon olib borib, shamlar qo'yilgan    dasturxon atrofiga o'tqazdi. Zarina ham ajablanib, ham hadiksiradi. «Nimani ko'zladi ekan?» deb o'ylaganida Sanjar xonadagi chiroqni o'chirib, sham yoqdi. Oldiga sharbat qo'ydi.

— Ich, bolaga foyda…

— Kecha yo'qotmoqchi bo'lganingizga bugun g'amxo'rlik ko'rsatyapsizmi?

— Men… — Sanjarning ko'zlari olayib, ohangi o'zgardi, — hozir ham uni yo'qotmoqchiman!..

Zarina qo'rqib ketdi. Sapchib o'rnidan turdi. Lablarida titroq paydo bo'ldi. So'ng birdan o'zini tutdi-yu, ko'zlarini bir nuqtaga qadab gapirdi:

— Bo'yningizga osilganim yo'q edi, siz o'zingiz…

Sanjar o'z muddaosini o'rtaga tiqdi:

— Shartnomada sening ham imzong turibdi, ertaga ikkalamizga ham yomon bo'ladi.

— Agar sizni shu qiynayotgan bo'lsa, o'sha homiylar bilan o'zim gaplashaman. Ular ham odam…

— Sen o'zgarib qolibsan, Zari! Xuddi birov senga gap o'rgatayotganga o'xshaydi.

— Men endi o'n sakkiz yoshli tentak qiz emasman. O'ylab qadam bosmasam…

— Nima bo'ladi?! Xo'sh…

Shasht bilan o'rnidan turgan Sanjar Zarinani aylanib o'tib, yelkasiga qo'lini qo'ydi. Qattiq siqdi, pastga bosdi.

— Qo'yib yuboring, iltimos…

Sanjar endi past va tahlikali ovozda Zarinaning quloqlari ostida shivirlay boshladi:

— Gapim rost! Seni uchratmasdan oldin maishatdan ortmay, topganimni qimorda sovurardim! Bitta sen meni odam qilib yuribsan. Shaytonga joy bermayapsan. Men sening mahbusingman…

— Men ham shuncha payt, — Zarina Sanjarning qo'llariga taslim bo'lib, ularga suykaldi,  — faqat pulingiz uchun yashab yurganim yo'q. Sizga bog'lanib qolganman. Bu bola bizlarni yanayam…

— Shu bolani yo'qotsang, — Sanjar bo'g'iq va past ovozda gapirardi, — bizni katta baxt kutib turibdi, katta baxt.

Zarina uning ohangidan shunchalar qo'rqib, o'zini eshikka urganida, Sanjar qo'lidan tutib qoldi.

— Qo'yib yubor!  — bor ovozda baqirdi Zarina. — Qo'lingda   boshqa ermak bo'lmayman! O'zingga boshqa qo'g'irchoq top!

— Ichimdagi shaytonni qo'zg'ama, Zari! O'zingga yomon bo'ladi!

Zarina Sanjarning yuziga tarsaki tushirdi. Sanjar kaftini shapaloq tushgan yuziga bosdi. o'alati iljaydi-da, u ham Zarinaning yuziga shapaloq tortdi. Yerga yiqilgani hamon, qorniga tepdi. Zarina og'riqdan qichqirib yubordi…

Zarina ko'zini shifoxonada ochdi. Qornida kuchli og'riq bor edi. Bolasidan ayrilibdi. Dunyo ko'ziga qorong'i ko'rinib, sovuq urgan daraxtday quruqshab, rangi  o'chdi. Endi uni tan azobidan ham ko'ra, ruhiy iztiroblar qiynardi: «Boshqacha bo'lishi mumkin edi-ku! O'shanda bir narsadan kechmaguncha, boshqa narsaga erishib bo'lmaydi, deya, tarozining bir pallasiga sha'ni, g'ururi, nomusini qo'yib, nimaga erishishni ko'zladi? Bularning toshini bosadigan nima bor asli? Birovning baxtiga zomin bo'lib, qaragan ko'zlardan uyalib, xuddi jinoyatchiday damini ichiga yutib yashab, baxtli bo'lish ham mumkinmidi? Egri yo'ldan yurib, saodatni uchratib bo'ladimi? O'zini sotgan kishining nasibasi boshqacha ham bo'lmasligi kerak…»

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Загрузка...
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 50 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
$SMILES
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Janoza namozini o'qish tartibi - Shukurulloh domla

O'lim haqida - Shukurulloh domla

Manzura - Pora-pora

Shohruh - Ado

G'iybat qilmaylik - Shukurulloh domla

Dilso'z - Bormikan

Manzura - Soginadi yuragim (tojikcha)

Sardor Rahimxon - Vaqt qadri

Imron - Yomon qiz (remix)

Farrux Hamrayev - Bu aksam olurum


FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Uzstars.BiZ
  • www.24soat.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2019