Yangi tuqqan ayolni ortiqcha vazn masalasi bezovta qilishi ajab emas. Ba'zi ayollar homiladorlik davrida o'zining vaznidan 2-3 barobar semirib ketadilar. Homiladorlikdan so'ng organizmga zarar yetkazmasdan ozish haqida onalarning kichik ayyorliklari mavjud ekan.
1. Ovqatlanish tarzi
Ortiqcha vazn yuzaga kelishiga noto'g'ri ovqatlanish tarzi asosiy sababchidir. Qo'lida chaqalog'i bor yangi tuqqan onalarning bola bilan ovora bo'lib vaqtida ovqatlanishga vaqti bo'lmaydi. Bola uxlaganda esa qorni ochib ketganidan birdaniga ko'p yeb olish odat bo'lib qoladi. Bunday ovqatlanish zararli bo'lib, ortiqcha vazn yuzaga kelishiga olib keladi.
Nima qilish kerak? Chaqaloq bilan birga ovqatlanishga o'rganing. Ya'ni kuniga 5-6 marta oz-ozdan yeyish ochlik hissini ham yo'qotadi, organizmdagi modda almashinuvi jarayonini ham yaxshilaydi. Kuniga 5-6 marta ovqatlanib ora-orasida hech narsa yemasdan faqat suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
Yana bir kichik yechim boladan qolgan ovqatni yeb qo'ymang. Aslida kichik miqdordagi mana shu orada yeyilgan ovqat ham semirishga olib keladi.
2. Emizish
Dietologlarning fikricha, tuqqan ayol farzandini emizsa, tezroq o'z vazniga qaytadi. Lekin negadur ba'zi ayollar aksincha, aynan emizish davrida semirib ketadilar. Bunga sabab sut ko'paysin deb yog'liq mahsulotlarni yeyish va kerakligidan ko'ra 2 barobar ko'proq miqdorda ovqatlanish.
Aslida sut ko'payishi uchun kremli tortlar, muzqaymoq, yog'liq sut mahsulotlari, shirinliklarning foydasi yo'q. Ularning o'rniga ona va bolaga foydasi tegadigan boshoqli mahsulotlardan, bug'doyning qattiq turlaridan tayyorlangan makaronlar, meva va sabzavotlar va yog'sizlangan sut mahsulotlaridan yeyish tavsiya etiladi.
3. To'g'ri ovqatlanish
Tuqqan ayol dietaga o'tirishi mumkin emas, chunki emizayotgan ayol uchun to'liq va foydali ovqatlanish talab etiladi. Yeyotgan ovqatingiz foydali va hilma xil bo'lishi kerak. Har kungi ratsionda oqsillar, temir va kalsiy moddasi bo'lishi zarur. Bu moddalarga sut mahsulotlari, pishloq, baliq, danaklar, gosht va tuxum boydir. Dengiz mahsulotlari (shu qatorda dengiz o'tlari) va dukkakli mahsulotlar temir moddasiga juda boy. Eng asosiysi, ozish uchun och qolmasdan kalloriyasi yuqori bo'lgan mahsulotlarni foydali va to'yimli mahsulotlar bilan almashtirish.
4. Yurish
Ozish uchun toza havoda yurish eng foydali mashg'ulot. Faqat sekin yurishdan foyda yo'q. Ozishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsangiz har kuni bir necha marta kamida 1 soat davomida farzandingizni aravasiga o'tqazib tez sur'atda yurish maqsadga muvofiq bo'ladi. Natijada bola ham toza havoda uxlaydi, siz ham ortiqcha vazningizni asta - sekin yo'qota boshlaysiz.
5. Shirinlikdan voz kechish
Shirinlikning naqafaq emizuvchi ayolga balki hammaga ham foydasi yo'q. Agar juda ham shirinlikni yeyishni yaxshi ko'rsangiz, tort va shokoladni quruq mevalar, sharbatlar va oz miqdordagi murabbo bilan almashtirsangiz bo'ladi. Yog'liq qaymoqli krem va muzqaymoqlardan ozish davomida voz kechganingiz ma'qul.