Пятница, 2024-03-29, 12:04 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 43
Гостей: 43
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2017 » Апрель » 5 » ​Ilmira Rahimjonova: "Mashaqqatlarga bo`y bermaganni hayot sindirolmaydi"

10:28 PM
​Ilmira Rahimjonova: "Mashaqqatlarga bo`y bermaganni hayot sindirolmaydi"
"E`tirof-2016” taqdimotida "Yilning eng yaxshi kino­aktrisasi” deya e`tirof etilgan aktrisa Ilmira Rahimjonova "Darakchi” gazetasi mehmoni bo`ldi.

"12 yoshimda onadan ayrilganman"

— 1969 yil 27 sentyabrda Toshkent viloya­ti Burchmulla qishlog`ida ishchi oilasida tug`ilganman. Otam Risqali Rahimjonov haydovchi, onam Risqi Rahimjonova uy bekasi edi. Oilada besh qiz, ikki o`g`ilning ikkinchisiman. Bolaligim og`ir o`tgan. Onam 12 yoshimda vafot etgach, oilaning butun og`irligi mening zimmamga tushgan-da. O`sha kun ko`z oldimda: onam tongdan bozorlik qilgan, karam do`lmani qozonga bosib, tandirda non yopayotganida kutilmaganda tobi qochgan... Otam shifoxonaga olib borgan, biroq shifokorlar vaqtida yordam ko`rsatmagani bois vafot etgan. Kichkina bo`lganim uchunmi onamni yo`qotganim u qadar sezilmagan, gohida sog`inib turishimni inobatga olmaganda, albatta. Balki, vafot etganiga ishonmaganim uchunmi eshikdan kulib, kirib keladigandek tuyulaverardi, kutishdan charchamasdim... Erta tongda turib, sigir sog`ar, hovlidagi malinani terib, bozorda sotib kelardim. So`ng singil-ukalarim bilan etaklashib maktabga borardik. Darsdan chiqib dalada ishlardim, kechki ovqat, ko`mir tashish... shunday harakat bilan vaqt o`tganini bilmay ham qolardim. Hozir o`ylab, shuncha kuch-irodani qaerdan olgan ekanman, deb qolaman. Bir yarim yashar emizikli ukam tuni bilan xarxasha qilganida, tonggacha yig`lab chiqardim, ovutish azob edi. Endi bilsam, hayot sinovlari oldida ukamni ovutish hech gap emas ekan...

Shukr, singil-ukalarimni o`qitib, turmushga berib, uylantirib, uyli-joyli qildim.


"Shifokor bo`laman, derdim"

— Biz yashagan Burchmulladagi Obirahmat qishlog`ini suv bosgach, Tovoqsoy qo`rg`oniga ko`chib borganmiz. O`sha erdagi Hamid Olimjon nomidagi 12-o`rta maktabda o`qiganman. Adabiyot, rus tili, musiqa fanlarini yaxshi ko`rardim, ros­ti aniq fanlarga hushim yo`q edi. Lekin a`lo baholarga o`qiganman. "San`at g`unchalari” bayramlarida kichik-kichik asarlarni sahnalashtirardik. Hind filmlarini yaxshi ko`rganim uchun darsdan qochib, kinoteatrga borgan kunlarim ham bo`lgan. O`qituvchimiz bizni izlasa, kinoteatrdan topardi ­(kuladi).

Onamning vafotidan ta`sirlanganim uchunmi 10-sinfni tamomlagach, shifokor bo`­la­man, deya oldimga qat`iy maqsad qo`ygandim.


"Imtihonlardan yiqila-yiqila yo`limni topdim"

— Istagim sari odimlab, poytaxtdagi Oxunboboev­ nomidagi tibbiyot texnikumiga hujjat topshirganman. Imtihonda kimyo fanidan o`tolmay, hafsalam pir bo`lib, uyga qaytganman. Otam "Qo`shnimiz bog`chada ishlaydi, sen ham enaga bo`lib ishlasang-chi”,­ deb qoldi. Rozi bo`ldim va Chirchiq transformator zavodining bog`chasida ish boshladim. Bir yildan so`ng yaxshi ishlaganim uchunmi bog`cha mudirasi "Seni Toshkent Davlat pedagogika universitetiga o`qishga yuboraman, tamomlab bog`cha opa bo`lasan”, — dedi. Biroq imtihonlardan o`tolmadim. Va darrov hujjatlarimni Toshkent tibbiyot akademiyasiga topshirdim, lekin yana birinchi imtihonning o`zidayoq javobimni berishdi (kuladi). Shunda Toshkentda o`qiydigan opam "Qo`shiq kuylashni yaxshi ko`rasan-ku, Madaniyat texnikumiga hujjat topshir”, deb qoldi. Imtihonlardan a`lo darajada o`tib, o`qishga qabul qilindim. Otam xabar topgach, "Bizdan artist chiq­qan emas, nima keragi bor?” deb rosa koyidi, lekin o`qishimni man qilmadi.


"To`maris" uchun e`tirof etildim"

— Uch yillik Madaniyat texnikumini a`lo baholarga tamomladim. So`ng Ergash Masafaevning teatr­ studiyasida ish boshladim. Juda qattiqqo`l rejissyor bo`lgani bois bardoshim olti oygi­naga etdi. Ke­yin Bo`stonliq tumani Madaniyat uyi­ning "Gulyor” folk­lor etnografik xalq ansamblida ish boshlaganman. 1991 yil Mustaqillik bayramida ilk bor katta maydonga shu ansambl bilan chiq­qan­dim. O`zimcha shu madaniyat uyiga rahbar bo`lishni niyat qilardim. Shunda Madaniyat bo`lim boshlig`i "Buning uchun oliy ma`lumot kerak”, deb qoldi. Tinib-tinchimagan odamman-da, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining sirtqi bo`limida o`qiy boshladim. O`z davrining etuk aktyorlari qo`lida tahsil olganman. Diplom spektak­lida Nodirabegim rolini o`ynaganimni ko`rgan domlalarim Hamidulla Ikromov, Nosir Otaboev "Teatrda ishlay olasanmi? Ceni joying o`sha erda”, deyishgandi. Darrov Husan Sharipovning "Suyunchi” filmidagi "Tog`lar orasida nom-nishonsiz qolib ketishni istamayman”, degan gapi yodimga tushgandi (kuladi). Bu haqda Madaniyat uyi rahbariga aytsam, "Hammang shaharga ketaversang, bu erda kim ishlaydi”, deb avvaliga ranjigan. Keyin ijodimni ko`rib, xursand bo`lgandi. Shu bilan 1994 yili Mu­qi­miy nomidagi o`zbek davlat musiqali teatrining xoriga ishga kirganman. 1997 yil aktyor Boir Xolmirzaevning qo`shnisi — "Charxpalak” serialining rejissyor yordamchisi Zufar Raimov "Lo`li roliga aktrisa kerak”, desa, Boir aka "Aktrisamiz Ilmira sizlar bop-da, hamma ishga burnini tiqib yuradi. O`zi teatr­ga moslasholmayotgandi”, degan ekan (kuladi). Qisqasi, tongda kinosinovga borib, qosh qorayguncha o`tiribman-da. Eng oxirida bir o`zim qolganimni ko`rishgach, "Bu qiz qolib ke­tib­di-ku”, deb kinosinov olishgan. Keyin qishloqqa ketib, buvimning ma`rakasini o`tkazib, "5 avgustda teatrning yangi mavsumi ochiladi, ishga bormasam haydab yuborishadi”, deb poytaxtga qaytganman. Ne ko`z bilan ko`rayki, eshigimga qistirilgan chaqiruv qog`ozi. "O`zbektelefilm”ga borsam, marhum Shavkat Junaydullaev boshini ushlab, "Men uni topdim” degan, shu bilan kinodagi hayotim boshlangan. Teatrdan o`z hisobimdan ta`til oldirib, o`ziga rejissyor yordamchisi qilib olgan. Shavkat aka "Bir marotaba lo`lilar yashaydigan manzilni ko`rsataman, qolgan kunlar o`zing borib ularni kuzatasan. Erta tongdan borsang, keyin soat 9.00 da ishga etib borishga ulgurasan”, degan. U vaqtlar "maktab” boshqacha edi-da, hozir ko`pchilik rejissyor va aktyorlar ishlashni bilmaydi, ularga achinaman. Qisqasi, erinmay sakkiz oy qatnab, zimdan lo`lilarning yurish-turishini o`rganganman. Asli ishdan qochmaydigan aktrisaman, sahnani supurib, polini ham artaveraman, shu kabi ishlarni chin qalbdan bajaraman. Bu — san`at­ga bo`lgan mehrim mahsuli. Boshqaning fik­ri bilan ijod qilib bo`l­maydi, o`zing izlanib, mehnat qi­lishing, o`rni kelsa, ta`na-dashnomlarni ham eshi­tishing shart. "Charxpalak”dan ke­yin takliflar "yomg`ir”i ostida qolganman. Suratga olishga ketib qolaverganim uchun teatr direktorining jah­li chiqardi. Kun­larning birida ustozimiz Farog`at Rahmatova "Sen kinoning odamisan, o`sha erda o`z o`rningni topasan”, deganida avvaliga ranjigandim. Keyin haq ekanini anglab, ustozimga rahmat aytganman. Bir ustozim "Mashhurlik uchun yillar davomida mehnat qil. Mashhurlik kelganidan keyingina u senga xizmat qila boshlaydi”, degandi, haq ekan.

2000 yil "O`zbekfilm” kinostudiyasiga rejissyor yordamchisi qilib ishga olishdi, Sobir Nazar­muhamedovga shogir­d tushdim. Bir vaqt­da Sobir akaning "Chayon­gul”ida suratga tushib, ham "Charx­pa­lak”ning ikkinchi fasliga tayyor­langanman. Tasvirga olish ishlarini tamomlab, Shavkat akaning oldiga borganimda, mendan jahli chiqib, meni boshqa aktrisa bilan almashtirganini aytgan. Bu orada turmushga chiqib, homiladorligim sabab ishdan bo`shadim. 2001 yil sakkiz oylik homiladorligimga qa­ra­may "Chayongul” filmi ijodkorlari bilan Buxoroga borganmiz. Kinofestivalda "Eng kuchli ayol obrazi” mukofotini topshirib, televizor ham sovg`a qilishgan. U erdan sariq kasal yuqtirganim bois qizim tug`ilgach, besh soat­gina yashab, nobud bo`lgan... Bir yil to`shakka mixlanib yotganman.


2002 yil teatrdan ishdan bo`shab, "Yoshlar” teleradio­kanalining "Askar maktublari” ko`rsatuviga boshlovchi bo`lib ishga kirganman, ssenariylar ham yozardim. Oradan vaqt o`tib, o`g`lim Behruz tug`ilgan, hozir 14 yoshda.

O`sha kezlari rejissyor Rus­tam Sa`diev meni O`zbekiston xalq artisti Yulduz­ Usmonovaning "Qo`rqaman” klipiga chaqirgan. Avvaliga rozi bo`lmadim, baribir ko`ndirdi. So`ng "Muhabbat sinovlari 1-2”, "Nahotki sen” filmlarini boshladik, ikkinchi rejissyor bo`lib ishlaganman. Yulduz Usmonova, Izzat Ibragimov, Tohir Sodiqov kabi xonandalarga kliplar suratga olganmiz, shou biznesning "bosh”ida o`zim bo`lganman (kuladi). Keyin rejissyor Bahrom Yoqubovning "Sarvinoz”, "Fotima-Zuhra” film­larida ham ikkinchi rejissyor bo`lib ishladim. Qarasam, xususiy film­lar asosiy urg`uni mablag`ga qaratib, sayozlasha boshladi. Shu bois 2003 yil yana "O`zbekfilm”ga ishga qaytib bordim. Rejissyor Muzrob Boymuhamedovning "Qonli olishuv” filmi suratga olish ishlari o`tayotgan Andijon shahriga borganimda, qarorim yanada qat`iylashgan. Professionallar bilan ishlashning gashti baribir boshqacha-da! 2009 yilgacha tanaffussiz ishladim, keyin o`zbek kinosi sayozlasha boshladi, shuning uchun butunlay Chirchiqqa ko`chib ketdim. Undan avval Qoraqalpog`istonga gastrolga borganimizda ziyoratgohga olib borishgandi, o`sha erda "Qiz farzandli bo`lay!” deb niyat qilgandim. Niyatim xolis ekan, qizim Oysha tug`ildi, hozir 6 yosh. Keyin turmush o`rtog`imning ishi yuzasidan Gruziyaga ketdik. 2013 yil shifokor kuyovim qo`ng`iroq qilib, "Toshkentga kelmasangiz bo`lmaydi, dadamning ahvoli og`ir”, deb qoldi. Kelib, shifokor bilan gaplashib, otam saraton xastaligiga chalinganini bilgach, dunyo ko`zimga qorong`u bo`lib ketdi. Eng og`iri, natijani bila turib, otamda yashashga umid uyg`otardim. Hamma ishimni chetga surib, to`rt oy otamning oldida o`tirib, qo`limdan kelgan barcha ishni qildim. Odatda o`lim haqligini unutib, o`zimiz bilan o`zimiz ovora bo`lib qolamiz. Otam bilan o`tkazgan kunlarim umrimning oxirigacha katta dars bo`ldi. U kishidan keyin bir yil ruhan sinib qoldim, o`zimga kelib, san`atga qaytishim ham qiyin bo`ldi...

Irodali bo`lishim kerakligini ang­lab, Toshkentni aylanib kelay, deya to`g`ri "O`zbekfilm”ga bordim. Darrov ish taklif qilishdi. Umid Hamdamovning "Shunqorlar”, Farhod Xudoyberdievning "Barakasini bersin”ida ishladim. Atrofga razm solsam, "O`zbekfilm”da hamma guruh-guruh bo`lib bo`linib olishibdi. Men ishlagan vaqt­dagi ijobiy muhitdan asar ham qolmagan, qisqasi bunday holatga ko`nikolmay, ishdan ketdim.

Kunlarning birida rejissyor Farhod Xudoyberdiev qo`ng`iroq qilib, rejissyor Sayfiddin Meliev­ "To`maris” spektaklini sahnalashtirayotganini aytdi. Sayfiddin To`maris rolini berganida, rozi bo`lmadim, ochiqchasiga "tishim o`tmaydi”, dedim. Lekin Sayfiddin amallab ko`ndirdi, ijro etdim, yomon bo`lmadi. Kutilmaganda "E`tirof-2016”da mukofotlashdi, e`tibordan xursand bo`ldim! Ishonsangiz, birinchi sinfda o`qitgan ustozim ham raqamimni topib, qo`ng`iroq qilib tabrikladi, opa-singillarim xursandchilikdan yig`lashdi. Bilasizmi, bu mukofot — mas`uliyat, bundan buyon ijoddan to`xtashga haqqim yo`q. Hayotdan anglagan haqiqatim: berilgan sinovlarni enga olsang, mashaqqatlarga bo`y bermasang, hayot seni yanada kuchliroq va yanada aqlli qiladi, sindira olmaydi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 1311 | Добавил: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Апрель 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя