Jeki Channing 15 yoshli qizi Etta U Chjolinning ma’lum qilishicha, taniqli aktyor va millionlar ardog‘idagi inson uning uchun oddiy bir mashhur shaxsdir. Segodnya.ua’ning qayd etishicha, butun borlig‘i bilan ishiga berilib ketgan Jeki Chan qizi haqida yiliga bir necha bor o‘ylagan, xolos. "U mening otam emas. Unga nisbatan menda hech qanday his-tuyg‘u yo‘q. U mening biologik otam, lekin u mening hayotimda yo‘q”, – dedi o‘smir qiz. "Men uni otam demagan bo‘lardim. Uni ko‘rsam, "O, Jeki Chan, aktyor”, deyishim mumkin”, – dedi Etta.
Ettaning onasi – Elan Chjolin 1998-yili Gongkongning "Go‘zallik qirolichasi” deb tan olingandi. O‘sha yili u Jeki bilan tanishgan. Ular o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar ikki oydan ortiq davom etmagan, bir yildan so‘ng esa Etta dunyoga kelgan. Shundan so‘ng ular ajrashib ketishgan.
Qayd etish joiz, Chan ajrashganidan so‘ng, Elan bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlarni "har kim ham qilishi mumkin bo‘lgan xato” deb atagan. Eslatib o‘tamiz, Jeki Channing yana bir farzandi – o‘g‘li ham bo‘lib, u yaqinda narkotik moddalar saqlash va tarqatish bilan bog‘liq janjalga aralashib qolgandi.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot http://daryo.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|