Bugungi biskvitimiz tayyorlanilishi oddiy bo’lib, ko’p masalliqlarni talab qilmasada, ammo juda mazali chiqadi.
Bu pishiriq uchun kerak bo’ladigan jemni esa ta’bingizga qarab tanlashingiz mumkin.
Masalliqlar: 145 gramm un 25 gramm kraxmal 150 gramm shakar 70 gramm sariyog' 3 ta tuxum 1 choy qoshiq vanil shakari bir chimdim tuz Asosiga: murabbo yoki jem Bezatish uchun: ta'bga qarab shakar upasi Qadam 1
Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Qadam 2
Gaz pechini yoqib, qolipni yog'lab olamiz va un sepamiz. Qadam 3
Idishga tuxum, shakar, tuz va vanil shakarini solib, yaxshilab ko'pirtiramiz. Massa oppoq holatga kirishi kerak. Qadam 4
So'ng un va kraxmalni elab solamiz. Qoshiq yordamida aralashtirib olamiz. Qadam 5
So'ng eritilgan iliq sariyog'ni solib, aralashtiramiz. Darrov aralashtirib, qolipga solamiz. Qadam 6
Gaz pechiga qo'yib, 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Qadam 7
Biskvitni sovutib olamiz va teng 3 qismga bo'lamiz. Ikkita qavatiga esa murabbo yoki jemdan surtamiz. Qadam 8
Ustiga esa shakar upasi sepib bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|