Bugun sizlarga tayyorlash jarayoni bir necha daqiqani iluvchi karam va pomidordan ajoyib salat tayyorlashni tavsiya qilamiz.
Bunday salatni tushlikka yoki kechki ovqatga tayyorlang va isteʼmol qiling.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 5 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm karam
200 gramm bodring
300 gramm pomidor
yarim bogʻ shivit
1 choy qoshiq shakar
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
2 choy qoshiq olma sirkasi
2 ish qoshiq zaytun moyi
Qadam 1
Karamni yupqa somoncha qilib toʻgʻrab olamiz. Ustidan tuz va shakarni sepib, yaxshilab ishqalaymiz.
Qadam 2
Pomidor va bodringni qayroqcha shaklida toʻgʻraymiz. Shivitni mayda toʻgʻraymiz.q
Qadam 3
Karam ustidan pomidir, bodring, shivit, maydalangan sarimsoqpiyoz bir solamiz, tuz va murch sepamiz, olma sirkasi va zaytun moyini solib aralashtirib olamiz. Tayyor salatni dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!