Lola Karimova-Tillaeva otasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan uni yodga oldi.
"Hamisha, 30 yanvar kuni biz Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlashga oshiqar edik. Bugun esa o`zgacha.....Siz endi bizning oramizda yo`qsiz, aziz otajonim...Shunday bo`lsa-da, biz dildan doimo sizning borligingizni his etib turamiz....To qalblarimizdagi muhabbat abadiy yashar ekan, siz ham yuraklarimizda mangu qolajaksiz”,— deb yozdi Lola Karimova Instagram`dagi sahifasida.