Milly kafesi o’zining juda mazali taomini bugun yana siz azizlarga taqdim etadi. Qo’y go’shtidan tayyorlaniladigan taom dasturxon atrofida yig’ilgan oila a’zolaringizni xursand qilishi aniq.
Bu taomdagi go’sht va kartoshkalar, ko’katlar va sariyog’ bilan to’yintiriladi. Zaytun mevasi va sarimsoqpiyoz esa unga o’zgacha maza baxsh etadi.
Masalliqlar: 300 gramm qo'y go'shti 50 millilitr o'simlik yog'i 40 gramm sariyog' 1 bosh piyoz 80 gramm konservalangan yashil no'xot 6 ta kartoshka 8 dona zaytun mevasi 2-3 shoxcha kashnich 2-3 shoxcha petrushka 100 millilitr qaymoq ta'bga qarab tuz va murch 4-5 ta tishcha sarimsoqpiyoz Qadam 1
Kartoshkani yarim tayyor bo'lgunicha qaynatib olamiz.
Agar sizda yangi kartoshka bo'lsa, unda uni bo'laklarga bo'lmay qaynatib oling. Qadam 2
Piyozni yarim halqa qilib to'g'rang va tillarangga kirgunicha qovurib oling.
So'ng sarimsoqpiyozni soling va ikki daqiqacha qovuring. Qadam 3
Qo'y go'shtini ham o'rtacha kattalikda kesing va suvi chiqib ketgunicha piyoz solingan tovada birga qovurib oling. Qadam 4
So'ng go'shtni ustidan qaynatilgan kartoshka va yashil no'xotni soling. Qadam 5
Zaytun mevasini ham to'g'rab, go'shtni ustidan soling.
Tuz va murchni sepib, 3-4 daqiqa davomida qovuring. Qadam 6
Mayda to'g'ralgan ko'katlar va qaymoqni solamiz va go'sht yumshaguniga qadar dimlaymiz.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|