Понедельник, 2018-12-10, 2:52 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [5545]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [565]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [94]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [16]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2199]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3594]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [5760]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [808]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1997]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [138]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [220]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [108]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1547]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [219]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1131]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [357]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [26]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [27]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [60]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [255]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [26]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [20]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [34]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [16]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 655
Статистика



Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Февраль » 17 » Munajjimlar Bashorati Qanchalik Haqiqatga Yaqin?!


6:23 PM
Munajjimlar Bashorati Qanchalik Haqiqatga Yaqin?!
"Kiyimlarning ochiq va tarangini tanlang. Sevgi mojarolari bilan band bo’lishingiz mumkin”. Bu radio orqali berilayotgan "munajjimlar bashorati”dan parcha. Muhtaram munajjimlar mazkur so’zlari bilan nimani targ’ib qilayotganlari tahlilini biroz keyinga qo’yib turaylik-da, avvalo, hozirda alohida ilm sifatida e’tirof etilayotgan bu sohaning aslida qanchalik to’gri yoki noto’g’ri ekaniga e’tibor qarataylik.

Bugun munajjimlar bashoratini chop etmaydigan gazetani topish qiyin. Uni o’qimaydigan odam ham kam topiladi. Hozir oramizda munajimlar bashorati deya atalayotgan, taqdirlarni oldindan aytib berish vazifasi bo’lgan bir "ilm” paydo bo’lgan. Uning hayotimizda qanchalik chuqur ildiz otib ulgurgani yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdi.

Munajjimlar bashoratini kundalik hayotida yo’riqnomaga aylantirib olganlar ham yo’q emas. Men shundaylardan birini bilaman. O’zi oliy o’quv dargohida ishlaydigan ayol. Ziyolilardan desak ham bo’ladi. Bir kuni u, gazetalardagi yulduzlar ta’biri har doim hayotimda aytilganidek ro’y beradi, deb qoldi. Achinarlisi, u o’zini ziyoli deb biladi. Kasbi o’qituvchilik…

Nahotki, g’aybdan fol ochish, yolg’iz Allohdan o’zgasiga noayon bo’lgan taqdir ishiga daxl qiish bandasining yumushiga aylanib qolgan bo’lsa?

Bugungi kunda gazetalarimizning so’nggi sahifalarini bosib ketgan "munajimlar bashorati” qanchalik haqiqatga yaqin? Uni kimlar tuzadi? Bu ta’birlarning shunchalik omma e’tiboriga tushishining sababi nimada? Balki, ularda rostdan ham haqiqat mavjuddir.

Ana shunday savollarga javob topish maqsadida o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar goroskoplarda taqdirni oldindan aytib berish qobiliyati yo’q ekanini ko’rsatmoqda. G’arbda chiqayotgan imiy maqolalarda nafaqat goroskop, umuman, ilmi nujum – astrologiyaning chinligi butkul shubha ostiga olinayotir.

Ma’lumki, ilmi nujum, qadimgi Rimda juda mashhur bo’lgan. Kopernik tomonidan dunyoning geliosentrik sistema (quyoshning markaz bo’lib, barcha sayyoralar uning atrofida aylanishi) nazariyasi kashf etilgach, bu sohaga qiziqish hiyla susaygan. Lekin insoniyatning astrologiyaga qiziqishi XX asrning 2-yarmidan boshlab yana ortib bordi. Bugungi kunda goroskop – jadval tuzib biznes qilish butun dunyoga keng tarqalgan.

So’rovnomalarning ko’rsatishicha, britaniyaliklarning qariyb 90 foizi munajjimlar va folbinlarning bashoratlariga muayyan darajada ishonar ekan (50 yil oldin bu ko’rsatkich 13 foiz bo’lgan). Tumanli Albionning 80 foiz aholisi o’z goroskopini muttasil o’qib boradi. 60 foizi esa unga amal qiladi.

Yurtimizda ham munajjimlarning muxlislari talaygina. Har uch odamning bittasi, qo’liga gazeta oldi, deguncha, o’z burjini o’qishga tutinadi. Ayniqsa, bu holat ayollar orasida yuqori.

Taqdirni oldindan bilish jozibasi azaldan insoniyatni o’ziga maftun qilib kelgan va bu qiziqish bugungi texnologik taraqqiyot rivojlangan zamonda ham aslo susaymayapti.
O’tgan asrda avstraliyalik doktor Jeffri Din (uning o’zi bir paytlar ilmi nujum bilan shug’ullangan) va kanadalik psixolog Ivan Kelli tadqiqot o’tkazib, ilmi nujum sohiblarining bashoratlari mutlaqo yolg’ondan iborat ekanini e’lon etishdi.

1958-yili bir vaqtda (orada bir necha daqiqa farq bo’lishi mumkin) tug’ilgan ikki ming chaqaloq alohida hisobga olindi. Ilmi nujum qoidalariga ko’ra, yulduzlar bu chaqaloqlarga bir-biriga o’xshash taqdirlar lozim ko’rishi kerak edi. Olimlar yillar mobaynida ana shu ikki ming go’dakning ulg’ayishi, ularning fe’l-atvori, kasb-kori, oilaviy ahvoli, asabi, matematikaga iqtidori, ijodiy qobiliyati va boshqalarni o’rganib borishdi. Biroq bu guruhdagilarning barchasiga daxldor bo’lgan biror-bir umumiy xususiyat yuz ko’rsatmadi. Fe’l-atvorlar ham, taqdiru ruhiy holat, tashqi ta’sirga moyilliklar ham turlichaligi kuzatildi.

Olimlar turli vaqtlarda har xil ilmiy muassasalar tomonidan o’tkazilgan qirqdan ortiq xolis tadqiqotlar natijalarini ham keltirishib, ilmi nujum bashoratlarini shubha ostiga qo’yishdi.
Doktor Din "Sandi Telegraf” gazetasidagi maqolasida: "Astrologlarning faoliyati aniq prinsiplardan xoli, ularda bashorat qilishning ongli ravishda qabul qilish mumkin bo’lgan mexanizmi yo’q, astrologiyaga oid kitoblarda bular haqida biror-bir so’z aytilmagan. Bu kitoblarning o’zi esa aldovga yo’g’rilgan mashqlar, xolos”, deb yozadi.

Grinvich universiteti professori Sh.Yang astrologlarning "o’jar”ligi sabablarini moddiy manfaat bilan bog’laydi. Uning talqinicha, bugungi astrologiya – juda katta xalqaro biznes, unda minglab odamlar ishtirok etadi. Gazetalar, jurnallar, veb-saytlar, odamlar bu sohadan millionlab dollar ishlamoqda.

Shuningdek, Rossiya ob-havoni o’rganish markazining sayyoralar harakati va geliogeofizikaviy tekshiruvlar laboratoriyasi mudiri Nikolay Sidorenko bunday deydi: "Ma’lumki, quyosh kuzda osmon ekvatorini kesib o’tadi va bu nuqta kuz tengkunligi deb ataladi. Astrologlar (munajjimlar) esa uni burj belgisiga ko’ra "Tarozi” deb atashgan. Lekin gap shundaki, tengkunlik belgisi, quyoshning tug’ilishi va burj belgilari bundan ikki ming bir yuz yil muqaddam astrologiya gullab yashnagan Vavilon va qadim Yunonistonda amalga kiritilgan edi. Quyoshning burj yulduzlariga nisbatan o’rni almashib turgani uchun bu yil quyosh Tarozi yulduzlar turkumiga "odatdagidan” bir oy kech kirdi. U asl o’rniga qaytib borishi uchun yana 25700 yil kerak bo’ladi. Eski munajjimlar aynan mana shu "kechikish”dan bexabar bo’lishgan. Hozirgilari buni bilsalar-da, hamon eskicha "hisob-kitob” qilgan munajjimlar bashoratidan foydalanishmoqda”.

Yana bir rossiyalik nazariyotchi-fizik, akademik, Nobel mukofoti sohibi Vitaliy Ginzburgning bu haqdagi fikri bilan tanishing. U "АРГУМЕНТЫ И ФАКТЫ” muxbiri bilan bo’lgan suhbatda shunday deydi: "Astrologiya g’irt bema’nilik, fanni shunchaki inkor etishning o’zginasidir. U nimani ta’kidlaydi? Go’yoki odamning tug’ilish paytida yulduzlar va sayyoralar uning kelajakdagi butun taqdirini belgilar emish. O’tmish ajdodlarimizning astrologiya bilan shug’ullanganlarini tushunsa bo’ladi. Ilgari odamlar sayyoralar harakatini bilishmas edi. To’rt yuz yil muqaddam ulug’ falakiyotchi Iohann Kepler goroskop tuzib, pul ishlagan. Lekin shundan buyon fan oldinga ulkan qadamlar tashlab, sayyora va yulduzlar taqdirga hech qanday ta’sir o’tkaza olmasligini allaqachon isbotlagan”.

Dinda ham taqdirni oldindan bashorat qilish qattiq qoralanadi. Folbinlik qilish, yulduzlarga qarab inson hayotini ta’bir qilish gunohi kabira hisoblanadi.

Umuman, Islom shariatida ilmi nujumni o’rganish taqiqlanmagan. Ulamolar bu ilmni ikkiga bo’lishgan. Birinchisi hisob-kitob ilmi. Binobarin, Qur’oni Karim oy va quyoshning sayr qilishi hisobli ekanidan xabar beradi. Ajdodlarimiz quruqlik va dengizda yo’l topish, namoz, ro’za, haj kabi ibodatlar vaqtini aniqlash, dehqonchilik ishlarini tashkil etish uchun yulduzlar ilmidan foydalanishgan.
Ilmi nujumning ikkinchi qismi esa, ulug’ alloma Imom G’azzoliyning fikriga ko’ra, hukmlar ilmidir. Ilmning ushbu turi shariatimizda taqiqlangan.

Umar ibn Xattob (r.a.): "Quruqlik va dengizda yo’l topadigan miqdorda yulduzlar ilmini o’rganing, so’ng qolganidan o’zingizni tiying”, deganlar.

Xullas, dinimiz ham, bugungi zamonaviy ilm ham munajjimlar bashoratining mutlaqo yolg’ondan iborat ekanini ta’kidlaydi. Bizdagi gazetalarning aksariyati "bashoratlar”ni o’zlari tuzishlari ham sir emas. Mushtariylarni hurmat qiladigan ayrim ommaviy axborot vositalari ma’lumotlarni internetdan, ruscha manbalardan tarjima qilishadi. Lekin bu ikki faoliyat orasidagi farq unchalik ham ko’p emas. Har ikkisida ham bashoratlarning yo’q joydan to’qilishi haqiqatga yaqinroq.

Endi yuqorida keltirilgan misolimizga ozgina to’xtalib o’tsak. Unda munajjim bir burj vakilasiga qanday kiyinish kerakligi haqida maslahat beryapti. E’tibor qiling:
"Kiyimlarning ochiq va tarangini tanlang. Sevgi mojarolari bilan band bo’lishingiz mumkin”.
Ta’birchi bu bashorat bilan qizlarni nimaga undayapti? Yulduzlar berayotgan "xabar” ularni axloqan tubanlik, hayosizlik sari boshlamayaptimi? Nahotki, biz inson bo’laturib, o’z aqlimizga, Xudo bergan farosatimizga ega bo’lib, qayerdagi bir jonsiz jismlarga ishonishimiz kerak? Agar yulduzlar ta’birida qandaydir ilohiylik bor deb aytadigan bo’lsak, bu da’voning ham noto’g’ri ekanligini yuqorida ko’rdik. Qolaversa, munajjimlar bashoratining anchayin qadimda, odamlarda yulduzlarga topinish haqida buzuq e’tiqod mavjud bo’lgan davrda yuzaga kelganligini ham unutmasligimiz kerak. Afsuski, necha ming yillar o’tgan bo’lsa ham bu buzuq e’tiqod hanuz odamlar ongida kezib yuribdi.
Xo’sh, Siz bunga nima deysiz? Yoki Siz ham munajjimlar bashoratiga ishonasizmi?

Manba: "Kuch – adolatda” gazetasi, 2005-yil.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 2990 | | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
$SMILES
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Uzstars.BiZ
  • www.Sherlar.info
  • www.Sherlar.org

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2018