Четверг, 2024-03-28, 2:23 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Февраль » 21 » Navoiy nega yolg'izligi sababini sir tutgan?

9:30 AM
Navoiy nega yolg'izligi sababini sir tutgan?
Mirzo Bobur «Boburnoma»da, Husayn Boyqaro o'zining «Majolis un-ushshoq» tazkirasida, Zayniddin Mahmud Vosifiy esa «Badoe' ul-vaqoe'» esdaliklar kitobida Alisher Navoiyning shaxsiy hayoti, latif jinsga bo'lgan munosabati-yu muhabbati to'g'risida ham to'xtalib o'tishgan. Boyqaro Mir Alisherning bir malaksiymo bilan majlis qurganini yozsa, Vosifiy bir hurliqo kanizak va ulug' so'z dahosining yaqin munosabatlariga ishoralagan holda «Ko'ngil qushi oning ishqi havosida parvoz etar edi», deb ta'kidlaydi.

Navoiy bir muddat Samarqandda yashagan. U o'z xohishi bilan bu yerga kelganmi? Yo'q, Mirzo Boburning ta'kidlashicha, Mir Alisher Abusayid Mirzo tomonidan surgun qilingan. Bobur surgun tafsilotlari noma'lum deb yozsa-da, keyinchalik hammasi malika Xadichabegimni deb sodir bo'lgani yuzaga chiqadi.

Malika Xadichabegim bilan Mir Alisherni bog'lovchi rishtalar bo'lganmi?

Xadichabegimning Hirotda tavallud topgani, Sulton Abusayid Hirotni zabt etgach, olti yoshida unga hadya etilgani, 14 yoshida esa uning nikohiga kirganligi haqida ma'lumotlar bor. Hikoya qilishlaricha, Sulton Abusayid yangi tanmahrami va o'sha paytda navqiron bo'lgan Alisherbekning o'rtasida nimadir borligini sezgach, yosh shoirni Samarqandga surgun qilib yuborgan.

Xadichabegim Abusayiddan qiz farzand ko'rdi. Ammo u bilan ko'p yashamadi — Sulton Abusayid Iroqdagi qonli taloto'plarning birida 1469 yili halok bo'ldi. Hirot taxtini egallagan Husayn Boyqaro esa bag'oyat suluv Xadichabegimni tanmahramlikka oldi.

Mir Alisher va Xadichabegim oralarida iliq munosabatlar bo'lgani ma'lum. Lekin Navoiyning Xadichaga bo'lgan mayli uning qizlik davridagina, Sulton Abusayid Mirzoga turmushga chiqquniga qadar davom etdi, xolos. Voqea bunday tus olgach, sevgilisini unutish uchun kuch topa oldi. Shunga qaramay mish-mishlarga ishongan Abusayidning qahriga uchrab surgun bo'ldi. Taqdir taqozosi ila Xadichabegim bolalik do'sti, keyinchalik mamlakat podshosi Husayn Boyqaroning tanmahramiga aylangach, malikaga bo'lgan hurmat va samimiylik hissi yanada oshdi.

Lekin Alisherbek Xadichabegimning xayolida qanday bo'lsa, o'shaligicha qolaverdi. U sultonning erkatoy qallig'i — malikalar malikasi darajasigacha yetdi-yu, she'riyat mulkining sultoni — ilk sevgisini unutolmadi. Mehr-oqibatli malika uning suhbatida bo'lishni istar, vaqti-vaqti bilan g'amxo'rlik qilishga ham tirishar, shoirning yolg'izligidan xavotirga tushardi.

Xadichabegim o'zini oqila qilib ko'rsatsa-da, aslida, qahri qattiq, tannoz, ishratparast malika edi. Shunday ayol bilan Navoiydek pok xilqatning yaqin munosabatda bo'lgani aqlga sig'maydi, degan fikrni ilgari suradiganlar ham ko'p bo'lgan.

Aksincha, ba'zi olimu ijodkorlarning fikricha, Mir Alisher keyinchalik ham suyuklisi bo'lgan Xadichabegimni yashirincha sevgan, yuz bergan voqealarga qaramay, u bir umrga qalbining to'rida qolgan.

Yana Husayn Boyqaroning ishorasiga qaytsak, Mir Alisher suhbat qurgan malaksiymo kim edi?

U noma'lum…

Ammo Vosifiy «Ko'ngil qushi oning ishqi havosida parvoz etar edi», deb go'zallikda yagona bo'lgan Davlatbaxt ismli Xadichabegimning kanizagini nazarga tutgan edi.

Darhaqiqat, ulug' so'z dahosi parivash Davlatbaxtga ham ko'ngil qo'yganmidi yoki yo'q?

Bu ham ma'lum emas. Ammo Navoiy go'zal bir kanizakning o'ziga qadalgan nigohida o'tli muhabbatni ko'rgani ayni haqiqat.

Vosifiyning hikoyat qilishicha, bir kuni qorong'i tushganda Davlatbaxt Navoiyning uyiga boradi va shoir bilan suhbatlashadi. Qiz qaytishi kerak, ammo bemahal bo'lgan edi.

Mir Alisher unga bir hujra ajratdi-da: «Shu yerda yotishing mumkin», dedi. Davlatbaxtning ham niyati shu edi — shu yerda qolish!

Oradan bir pas o'tar-o'tmas, o'ziga oro bergan Davlatbaxt Alisherbek turgan uyga kirib kelarkan: «Qandaydir kuch meni bu yerga tortdi. Kanizakka inoyat nazarini solg'aysiz, shoirim?» — dedi.

Davlatbaxtning maqsad-muddaosi kirib kelishi bilanoq Navoiyga ravshan bo'lgandi. Hammasi Mir Alisherni imtihon qilmoq uchun bir nayrang emasmi? Kimningdir tuzgan tadbiri…

«Erkak zotiga xos his-tuyg'u va kuch-quvvatdan biz ham bahramandmiz, dargohiga shukr…», degan ma'noda gap boshlab, keyin «Lekin Xudodan qo'rqamiz, mundoq tama' va takliflar bekordur», deya iymoni baquvvatligiga kanizakni ishontira bildi ulug' Navoiy.

Sinash maqsadida bu hiylani tuzgan Sulton Husayn Boyqaro bilan Xadichabegimning e'tiqodi ulug' zotga nisbatan oshdi.

Ammo ko'p voqea-hodisalarni boshdan kechirib juda erta qarilik changaliga tushib qolgan Mir Alisher… uylanish bobida endi o'ylamay qo'ya qoldi. Ijodga bag'ishladi qolgan umrini. Bor muhabbati endi yagona Allohga qaratilgan edi.

Shunisi ma'lumki, Navoiyning avom sevgisi keyinchalik haqiqiy ishq — ilohiy muhabbatga aylandi. Eng sara asarlarini ham ilohiy muhabbatni tarannum etayotib dunyoga keltirdi.

Ha, hazrat Navoiy biz uchun shoir degan tushunchadan ancha balandlab ketgan edi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Просмотров: 807 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя