Пятница, 2024-03-29, 5:10 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Август » 20 » NOMAHRAM… (4-qism)

10:07 AM
NOMAHRAM… (4-qism)
— Voy, dadasi-ey, qizingizning sog'inganini aytmaysizmi!.. Ketganingizdan beri ko'z yummadi. Boyagina zo'rg'a uxlatib qo'ydim. — Hamida yasama iltifotlar bilan og'u qo'shilgan bir kosa ovqatni sekin kelib Matnazarning oldiga qo'ydi. — Oling, dadasi, atayin siz uchun tayyorladim bu ovqatni. Yemasangiz, xafa bo'laman… Agar istasangiz, ovqatdan… Ukangizgayam bervoray-a?..

Matnazar yalt etib Hamidaga qaradi. Negadir uning ko'zlari bejodek edi. Ustiga ustak eri ko'zlariga boqishi bilan u darhol boshini egib oldi…

— Matnazar, hov Matnazar!.. — endigina qo'liga qoshiqni olib kosaga engashgan ham ediki, ko'cha tomonda kimdir chaqirgandek tuyuldi.

— Ha-a, hozir! Mana, ketyapman!..

— E, bemalol ovqatlanishgayam qo'yishmaydi-ya!.. — norozi to'ng'illab qo'ydi Hamida. — Qo'ying, chaqirsa o'lib ketmaydimi kim bo'lsayam!?. Ovqat sovib qoladi.

— Dadangmasmikan ishqilib? — Matnazar ehtiyotkorlik bilan o'rnidan turib ko'cha tarafga ko'z tashlagan bo'ldi. — Poylab kelgan bo'lmasin tag'in?

— Dadam keladigan bo'lsa, chaqirib o'tirmay o'zi kirib kelaveradi. Keling, ovqatga qarang!.. Bironta og'aynilaringizdandir-da!..

— To'xta, men chiqib xabar olay-chi!..

U shoshilmasdan yurib borib kesak devordan ko'chaga mo'raladi.

— E, Qulmat, senmiding? Kiravermaysanmi chaqirib o'tirmay!?. — Matnazar xo'ppa semizgina, past bo'yli, qisiq ko'z do'stini ko'rib qo'l siltadi. — Nima, begonamiding? Kelib yurgan joying-ku!..

— Sen uydamisan-yo'qmi deb o'yladim-da!.. — Matnazar eshikni ochib tashqariga qadam qo'ygani zahoti quchog'ini ochdi Qulmat. — Harqalay, hamma gapdan xabarim bor.

— To'g'risi, oshna, birrovga kelgandim. Anavi qo'ymadi yuring deyaverib…

— Menga qara, qaynotang qarzini qistab qo'ymayotganmish deb eshitib qoldim. To'g'rimi?

— Ha, ana, uyniyam buzishni boshlab yuboribdi qari tulki.

— Yo'g'-e, uyni nimaga buzadi?

— Bilmadim…

— Ja bo'shsan-da o'zingam!.. — Matnazarni koyigan bo'ldi Qulmat. — Shuncha gap-so'z o'tibdi. Bormaysanmi qimorxonaga, menga bir og'iz shipshitmaysanmi?!. O'zim kelmasam yuraverarkansan-da indamay-a?..

Matnazar indamay boshini egdi.

— Endi gap munday. — davom etdi Qulmat va qo'ynidan bir dasta pul chiqardi. — Manavi ikki yuz ming so'm. Naqd. Mana shuni olgin-da, qaynotangning qarzidan qutul!..

— E, yo'-o'q, — pullarni qaytadan Qulmatning qo'liga tutqazdi Matnazar. — Men sendan pul ololmayman…

— Boshimni qotirmasang-chi!.. Ol degandan keyin olavermaysanmi?!.

— Axir… Qanday uzaman senga bu pullarni keyin…

— Ertaga ber demadim-ku!.. Qo'lingga pul tushganda uzarsan… Aytgancha, menga qara, uylanibsan deb eshitdim… Qalay, yaxshimikan? Kelishganginamikan o'zi?.. Yomonsa-an Matnazar!.. Qachon yuvamiz endi-a?..

— Fursati kep qolar…

— Bo'pti, sen darhol qarzingdan qutul, do'stim!.. Uyingni buzdirib o'tirasanmi?!. Pulini bergin-da, yana kelib uyingga yopishsa, orqasiga tep! Kuching yetmasa, mana, meni chaqir, o'zim tepishvoraman!.. Ha, keyin-chi… Shiypondan olib ket xotiningni!.. Bilib bo'ladimi. Hozir yomon odamlar ko'p… Yaxshi qol!..

Qulmat ketgach, Matnazar ostonada bir muddat tek turib qoldi. Shu lahzalarda hech narsaga aqli yetmasdi. Axir, Qulmat bilan bir sinfda o'qigan bo'lsa-da, hech qachon oldi-berdi qilib ko'rmagan. Hatto, mundoq o'tirib ulfatchilik ham qilmagan!.. Nega endi he yo'q, be yo'q qo'liga pul tutqazib ketdi? Kim bilsin? Balki, haqiqatan ichi achishganidan shunday qilgandir?.. Qimorda qo'li kelib qolgan bo'lsa, hotamtoyligi tutgandir balki?.. Ishqilib, oxiri baxayr bo'lsin!..

U shosha-pisha uyga kirib pullarni so'rida mung'aygancha o'y surib o'tirgan Hamidaning qo'liga tutqazdi-da, dadasiga berib qo'yishini tayinlab indamasdan chiqib ketdi…

 

* * *

 

Shiypon. To'rt tarafi ochiq ayvon o'rtasiga Marhamat uvadasi chiqqan ikkita ko'rpani to'shabdi. Sal nariga o'g'li uchun ko'rpacha yozibdi. O'zi yonboshlagancha yulduzli osmonga termulgan ko'yi xayolga cho'mibdi…

Matnazar sekin kelib o'ringa yonboshladi. Birpas ikkilanib turgach esa, har ehtimolga qarshi bolakay tomon ko'z tashlab qo'ydi-da, Marhamatni bag'riga tortdi.

— To'g'risini aytsam, mana endi-endi xotin nima ekanini his etyapman. — dedi u shivirlab. — Tasavvur qilasizmi, cho'loq ayolni quchoqlash qanchalik og'ir ekanini?.. Sal qattiq tegib ketsangiz, voy-voylab qolardi. Yo atayin shunday qilamikan-a?..

— Qaydam? — yelka qisdi Marhamat Matnazarning ko'ksiga bosh qo'yib. — Cho'loq bo'lib ko'rmaganman.

— Endi menga ochig'ini ayting, rostdanam eringiz yo'qmidi?

Marhamat keskin boshini ko'tardi.

— Erim bo'lsa, shu yerlarda sizning ortingizdan ergashib yurarmidim? Yo er ustiga siz bilan nikohdan o'tarmidim?..

— Achchig'ingiz kelmasin, shunchaki so'radim-qo'ydim-da! — yupatgan bo'ldi Matnazar. — Unda… Ha mayli, asosiysi, bugun anavi iflos qaynotamning jag'ini o'chirdim. Qarzini berib keldim…

— Boplabsiz… — dedi Marhamat. — Harqalay, endi cho'log'ingiz kelib bezovta qilmas?

— Kelib ko'rsin-chi!.. Lekin baribir… Bu shiypondan boshqa joyga ko'chishimiz kerak.

— Qaerga ko'chamiz?.. Mo'ljallagan joyingiz bormi?..

— Bilmadim… Ertaga bir surishtirib ko'rishim kerak… Ha-a, esimga tushdi. Ertaga o'sha menga pul bergan Qulmatdan so'rab ko'raman. Yangi hovli quribdi deb eshitganim boridi. Balki, vaqtincha yashab turishimizga rozi bo'lar-a?..

— Bilmadim… So'rab ko'ring-chi!..

— Yangi hovlisi qishloqdan ancha narida. Qulog'imiz ham tinchirdi… Albatta surishtiraman… Harqalay, bolalar ikkita bo'ldi. Shiyponda yashab kasal-pasal qib qo'ymaylik!..

 

* * *

 

Oradan bir hafta vaqt o'tdi. Qulmat uyida yashab turishlariga negadir rozilik bildirmadi. Lekin bir yo'l ko'rsatdi.

— Oshna, bu shaloq aravangni qo'y! — dedi Matnazarga. — Ukangniyam bekorga qiynab yurma!.. Uni bolalar uyiga berish lozim. O'zing bo'lsang… Vey, menminan bir qimorga borib ko'r! Avval tomosha qilib yurasan. Cho'tal berib turaman. Ko'zing pishib, qimorning nima ekanini tushunib olganingdan keyin astagina davraga qo'shilasan. Qara, men kam bo'ldimmi?.. Mendagi pul-chi, o'sha qari qaynotangdayam yo'q, bildingmi?.. Xohlasam, do'kon-po'koni bilan sotib olaman…

Matnazar avvaliga o'ylanib qoldi. Mardonni ko'zi qiymasdi. Nima bo'lganda ham ukasi. Unga qattiq suyanib qolgan. Bolalar uyiga bersa-yu, u yerda xor bo'lib qolsa, onasining ruhi uni kechirarmikan?.. Gap-so'zga qolib ketmasmikan mahallada?..

— Sizga to'g'ri aytibdi o'rtog'ingiz. — dedi Marhamat bu gapni eshitgach. — O'zim ham shuni o'ylab yurgandim. Ikkalasiniyam beramiz. U yerda juda yaxshi qarashadi bolalarga. Keyin… Menam qaerdandir bir ish topib ishlardim. Bekorga kunni o'tkazavermayman-ku, axir!.. Nima deysiz?..

— Ukamni ko'zim qiymayapti-da!..

— Nima, mening ko'zim qiyadi deysizmi?.. Sizning ukangiz bo'lsa, Shahriyor mening tuqqan bolam. Lekin nima qilaylik? Sharoitimiz shunday bo'lib turgandan keyin…

— Buni-ku, mayli, bir nima qilarmiz. — dedi Matnazar uzoq-uzoqlarga o'ychan termulib boqarkan. — Qulmatning boshqa bir taklifiyam chiqib qoldi-da!..

— Qanaqa taklif? Ishmi?

— Ha, ish. Qimorga taklif qilyapti meni.

— Qimorga?.. Voy, sizam qimor o'ynashni bilasizmi? — kulib yubordi Marhamat. — Men bilmagandim…

— Nimaga kulasiz?.. Kim aytdi sizga meni qimorni biladi deb?.. Qulmat: «Qimorxonaga qatna, men boshlanishiga cho'tal berib turaman, ko'zing pishgandan keyin davraga qo'shilaverasan», deyapti… Shunga boshim qotdi…

— Shungayam bosh qotirib o'tiribsizmi? O'sha Qulmatingiz qarzingizdan qutultiribdi. Hammayam ikki yuz ming pulni qo'lingizga tutqazib qo'yavermaydi. Demak, o'sha odam haqiqiy do'st ekan sizga. Menga qolsa, boravering degan bo'lardim.

— Qo'rqmaysizmi?..

— Voy, nimadan?

— Qimorboz bo'lib ketishimdan.

— Otam rahmatliyam qimor o'ynagan men sizga aytsam.

— Yo'g'-e!

— Ha, o'la-o'lguncha qimor o'ynab o'tdi. Ammo biror martayam yutqazib, borini sovurganini ko'rmaganman. Qachon qarasa, changali to'la pul yurardi. Hamma qarindoshlarga yordam berardi…

— Sizga qoyilman! — Marhamatning uzun sochlarini silab erkaladi Matnazar. — Uncha-muncha xotin bunaqa maslahat bera olmaydi. Bunaqasini birinchi ko'rishim.

— Eh, dadasi, menam sizni odam bo'lsin, biri ikki bo'lsin deyman. Mana, ko'chada qolib sarson edim. Siz shu yerlarga opkelib jonimizga oro kirdingiz. Sizga yomonlik tilarmidim?!. Boravering, ajabmas, omadingiz kelib boyib ketsangiz…

— Aytganingiz kelsin!.. — o'rnidan turib ketishga shaylandi Matnazar. — Men hoziroq borib Qulmatga javobini aytaman. Ertaga bolalarni shaharga oborib, bolalar uyiga joylashtiramiz…

— Qizchangizdanam xabar olib qo'yavering! — deya maslahat berdi Marhamat. — Hamidaga yomon gapirmang!.. Er bermoq, jon bermoq degan gap bor. Ko'nglini ovlab qo'ysangiz, olam sof!..

— Bo'pti, kirib o'tarman…

 

* * *

 

Marhamatni birinchi bor ko'rganidayoq, Qulmatning ko'z qarashlari, o'zini tutishlari birdan o'zgardi. Matnazarga yanada ko'proq mehr ko'rsata boshladi. Shaharga borib-kelish xarajatlarigacha o'z bo'yniga oldi. Biroq maqsadi bitta edi. Bu qadar ko'hlik ayolni bir marta bo'lsa-da, qo'yniga solib yotish harakatiga tushib qolgandi. Ayniqsa, Marhamatning ko'ylak ostida ko'pchib turgan bo'liq siynalariga, atlas lozim ichkarisidagi lopillagan sonlariga zimdan nazar solgani sayin ehtirosi jo'sh urar, qani endi iloji bo'lsa-yu, shu lahzadayoq tappa bosgisi kelardi…

— E, oshna, — dedi Matnazarga ikki bolani shahardagi bolalar uyiga joylab, ortga qaytishayotganda. — Yo'l-yo'lakay o'ylab ko'rdim. Obdon mulohaza qip chiqdim. Baribir sizlarga shiyponda yashash to'g'ri kelmas ekan. Bilasan-ku, kun o'tib dalalar odamga to'ladi. Duch kelgan odam sizlarni masxaralab ketishi mumkin. Turli gap-so'zlar ko'payishi mumkin… Kelinglar, yaxshisi, mening yangi hovlimda yashab turinglar!.. Hozircha ko'chish niyatim yo'q. Xudo bersa, qimorda omading chopib senam bir uy qurarsan. Ajabmas, anavi cho'log'ing falokatga uchrab… Xudo asrasin, Xudo asrasin!.. Ha, endi buyam bir gap-da, oshna!.. Nima deding?..

— Senday do'stim borligidan faxrlanib ketdim, Qulmat!.. — sal qursa ko'zlariga yosh olayozdi Matnazar. — Bizdan qaytmasa, Xudodan qaytsin senga!..

— Nega endi Xudodan bo'larkan? — kuldi Qulmat. — Sen katta qimorboz bo'lganingda qaytarasan… Buyog'ini menga qo'yib beraver!.. To'g'rimi, kelin?..

Marhamat hamon yerga qaragancha jim borardi. Qulmatning bilinar-bilinmas ko'z qisganini ko'rmadi.

Shunchaki… Bosh irg'ab qo'ya qoldi…

 

* * *

 

Qulmat shu kuni kechqurunoq Matnazarni yoniga olib uch qishloq nariga jo'nadi. Katta o'yin bor ekan.

Ular yo'l-yo'lakay gaplashib kelib qizilga bo'yalgan temir darvoza ro'parasida to'xtashdi.

— Mana shu yer bizning «ishxona», — dedi Qulmat ko'z qisib. — Agar senam astoydil ixlosminan shu yerga qatnasang, albatta odam bo'lasan.

— To'xta, bu yerda men taniydigan odamlar ham bormi? — so'radi Matnazar. — Tag'in qishloq atroflaridan birontasi bo'lsa, gap tarqatib yurmasin.

— Yo'q, bu yerda har yerdan kelgan odamlar o'ynaydi. Ishonasanmi, deyarli hammasi shaharliklar. Faqat men-u, uy egasi xolos shu yerdan.

— Unda qo'rqmasayam bo'larkan. — chuqur nafas olib ostona hatladi Matnazar. — Qani, ko'ray-chi, qanday o'yin ko'rsatarkansizlar…

Hovli oddiy edi. Kengligi Matnazarning hovlisidan ham kichikroq. Aylana atrofga tok ekib tashlangan. Faqatgina bitta xonaning chirog'i yoniq. Ichkaridan kimlarningdir xandon otib kulgani eshitilib turardi…

— Assalomu alaykum!.. — Qulmat xonaga kiriboq qo'lini ko'ksiga qo'ydi. — Jamoat jam-ku!.. Mana, sizlarga mehmon opkeldim. O'zimizning odam. Tomosha qilmoqchi o'yinni.

— Ishonchlimi ishqilib? — to'rda o'tirgan baqaloq, chap yuzida bilinar-bilinmas chandig'i bor o'rta yashar erkak luqma tashladi. — Gullab yurmasmikan ko'cha-ko'yda?..

— Nima deyapsan, Qodir? — qo'l siltadi Qulmat. — Men sotqinni boshlab yurmayman — ku!..

— E, shuni gapiga quloq solib o'tiribsanmi, Qulmat? — deya o'rnidan turdi novchadan kelgan, sariq soch bir yigit. — Gapiraveradi-da bu!.. Qani, mehmon, tanishaylik!.. Murod.

— Matnazar.

— Qani, o'tiring!..

Matnazar sekin ko'rsatilgan joyga o'tirdi. Fotiha qilingach, uy egasi bo'lsa kerak, patnisga bir shisha aroq, to'rt-beshta piyola keltirdi-da, dasturxonga qo'ydi.

— O'zing bo'lasan, Nodir! — dedi unga Qulmat. — Tezroq bo'l, kutishga vaqt yo'q!..

Nodir deganlari itoatkorona qo'liga shishadagi aroqni olib ochdi va piyolalarga to'ldirib-to'ldirib quydi.

— Xo'-o'sh, avval mehmondan ko'ramiz-da-a?.. — Qodir kulimsirab birinchi piyolani Matnazarga uzatdi.

— Yo'g'-e, o'zlaring bemalol olaveringlar!.. — dedi Matnazar xijolat tortib. — Men…

— Ol, oshna! — uni turtdi Qulmat. — Qimorda avval boshi aroq ichiladi. Bo'lmasa, qo'l qaltirab oshiqni o'zing istaganday tik tushirolmaysan. Ol!..

— Men qimor o'ynamayman-ku, Qulmat!.. Kel, keyinroq ichay!..

— Olsang-chi!..

Matnazar qarshilik ko'rsatish befoydaligini sezdimi, indamay qo'liga aroq to'latilgan piyolani oldi…

 

* * *

 

— Sizlar gaplashib o'tira turinglar, men hozir yarim soatda kelaman! — Qulmat kayfi oshib, astoydil gapga tushib ketgan Matnazarga bir qarab qo'ydi-da, o'rnidan turdi. — Borib keladigan ishim boridi.

— Vey, boshlamaymizmi o'yinni? — Qodir norozi to'ng'illadi. — Odam siqilib ketdi-ku!..

— Birinchi partiyani mensiz o'ynab turaveringlar!.. Keyingisiga qo'shilaman…

— Bo'pti, faqat uzoq qolib ketma!..

Qimorbozlardan biri Qulmat chiqib ketishi bilan dasturxonni bir chetga surib, deraza tokchasidagi oshiqlarni qo'liga oldi…

Qulmat esa, mana shu lahzalarda faqat Marhamatni o'ylar, ildam-ildam qishloq tomon ketib borarkan, ikki xayoli ayolni nimadir qilib eritish-u, maqsadiga yetish edi…

Nihoyat qishloqlar ortda qolib o'zining yangi qurilgan, hali darvoza o'rnatilmagan uyiga yaqinlashdi. Bu yerning Qulmatga yoqadigan tomoni ham mahallalardan ancha uzoqligi, ikki tarafi dala, qachon qarasa, g'ir-g'ir shabada esib turishi edi. Ana, Marhamatning oldiga kirib borsayam, qaerga ketyapsan deydigan odamning o'zi yo'q…

Qulmat ehtiyot shart orqaga o'g'rincha qarab oldi. Hech zog' yo'q. Ichkari uyning chirog'i o'chmaganiga qaraganda, Marhamat uxlamaganga o'xshaydi.

U oyoq uchida yurib deraza qarshisiga bordi. Sekin mo'ralasa, Marhamat yonboshlagan ko'yi qandaydir kitobni o'qish bilan band…

Qulmat sekin darazani chertgandi, Marhamat seskanib o'rnidan turib ketdi…

— Qo'rqib ketdingizmi? — ochiq derazadan boshini suqib so'radi Qulmat. — Shunchalik ham qo'rqoq bo'ladimi odam, Marhamatxon?..

— Voy, sizmidingiz?.. Xo'jayinim qani?..

— Xo'jayiningiz ish o'rganyapti.

— Siz-chi?.. Qolmadingizmi?..

— Ichkariga kirsam maylimi?.. — ko'zlarini xiyol qisib ayolga tik boqdi Qulmat. — Harqalay, bu yerda turishim noqulay…

— Yo'q… Qo'rqaman…

— Nimadan?.. Men odam yemayman.

— Bilaman.

— Unda nimadan qo'rqasiz?

— Xo'jayin…

— E, qiziqmisiz?.. Aytdim-ku, u ish o'rganyapti deb!.. Men qaytib borsam, ruxsat bersam, ana undan keyin keladi.

— Menda biror ishingiz bormidi? — so'radi Marhamat yerdan ko'z uzmay.

— Ha, ishim bor. Maylimi kirsam?

— Hozir eshikni ochaman…

Qulmat eshik ochilishi bilan yashin tezligida ichkari kirib eshikni ichkaridan tambaladi-yu, Marhamatni bag'riga tortdi.

— Y-yo'q… Nima qilyapsiz?.. Qo'yvoring!.. — Marhamat siltanib Qulmatning quchog'idan chiqmoqchi bo'lar, ammo kuchli qo'llar asta-sekinlik bilan kiyimlarini yechishiga qarshilik ko'rsata qolmasdi…

 

* * *

 

Ko'cha ko'rgan ayoldan hamma narsani kutsa bo'larkan. Qulmat bu do'mboq ayolni yarim soatcha quchog'ida olib yotgandan so'ng shunday xulosaga keldi.

Marhamat uning bag'rida butun dunyoni unutgandek, yutoqib-yutoqib yuz-ko'zlaridan o'par, Qulmat bo'sa olishni boshlaganda esa, entikib-entikib ketardi-da, boshini orqaga tashlab ko'zlarini yumib olardi…

Shu ko'yi ikkovlari yarim soatdan mo'lroq «olishishdi…»

— Endi bugundan e'tiboran meniki bo'lding, jonidan! — deya ohista Marhamatning uzun sochlaridan tortib qo'ydi Qulmat. — Haqiqatan zo'r ekansan. Tan berdim senga. Mayli, o'sha so'takni qimorboz qilib tayyorlayman. Faqat sen uchun… Shu vaqt orasida bo'lsa, sen meni xursand qilasan…

— Ochiqcha o'zingizniki qilib olishniyam yo'li bor. — ayyorona kulib qo'ydi Marhamat.

— Qanaqa yo'l ekan?

— Qimorda meni xo'jayinimdan yutib olasiz.

— Hadeb xo'jayin deyavermasang-chi!.. — kutilmaganda jerkib tashladi Qulmat. — Nimasi xo'jayin o'shaning?..

— Nikohidaman harqalay, buniyam esdan chiqarib qo'ymang-da, aka!..

— Xo'p, men yutvoldim ham deylik. Undan keyin-chi?

— Undan keyinmi?.. — Marhamat biroz o'ylab turgach, davom etdi. — Zo'r bo'lsa, qaytarib yutib oladi.

— Mana bu fikring ja yoqdi menga. Malades. Men-chi, Matnazarni shunday boshi berk ko'chaga olib kirib qo'yamanki, o'zing turib balli deysan. Faqat bir shartim bor. Sen aralashmaysan!..

— Jinni bo'libmanmi aralashib? Erkaklarning ishimi, o'zlari hal qilaverishsin…

— Xo'p, endi men boray. Ertaga kechasi yana kelaman. Eshigingni qulflab olmagin!.. Manavi pullarni olib qo'y! Kamchiligingga ishlatarsan…

— Faqat ehtiyot bo'ling! — tayinladi Marhamat. — Tag'in kayf ustida og'zingizdan gullab qo'ymang! Nima bo'lgandayam, erkak kishi. Nafsoniyati bor…

(davomi bor)

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 671 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя