Surxondaryoda o'zining jismoniy quvvatini oshirish uchun 27 yoshli yigit, inson tanasi ichki a'zolarini iste'mol qilishni maqsad qilib, qo'shnisini 101 marta pichoqladi va uni azoblab, qiynab o'ldirdi.
Jinoyat ishiga ko'ra, hali jon taslim qilmagan B.Ch.ni oldi qorin qismi kesilib, ichki a'zolari ya'ni, yuragi, o'pkasi sug'urib olingan.
A.A. 2019 yilning 21 fevral kuni qo'shnisini sayr qilish bahonasida ko'chaga aldab chaqirib, uni fermer xo'jaligiga qarashli yer maydoniga aldab olib borgan hamda yuqorida aytib o'tganimizdek, 101 marta pichoq bilan zarba berib, azoblab, qiynab o'ldirgan.
Hali B.Ch.da hayotiylik belgilari mavjud bo'lsa-da, qilmishi fosh bo'lmasligi uchun, uni tiriklayin shu hududdan oqib o'tgan ariqdagi suvga tashlab, ustidan tosh bostirib, o'ta shafqatsizlarcha o'ldirib voqea joyidan yashiringan.
Ushbu jinoyat uzoq vaqt o'tmasdan A.A.ning uydagilari tomonidan fosh qilindi va ular IIB xodimlariga xabar berishdi. Ichki ishlar xodimlari jinoyat quroli bo'lgan pichoqni olishgan bir paytda, qotil uydagi shkaf tepasida turgan marhumning ichki a'zolarini ham o'zi ko'rsatgan.
Ushbu holat yuzasidan tezkorlik bilan jinoyat ishi ochilib, Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi "j,n” bandlari bilan ish qo'zg'atilgan.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|