O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ichki ishlar organlari xodimlari bilan o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida ularning faoliyati odamlar e`tiroziga sabab bo`layotganligini qayd etdi.
"Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo`lsin. Lekin ayrim joylarda ularning faoliyati odamlar e`tiroziga sabab bo`lmoqda. Ayniqsa mol-mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy holatlarga to`liq chek qo`yilmagan. Qasddan tan jarohati etkazish, firibgarlik, yo`l-transport hodisalari kamaymagan”, dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoev jinoyatlarni ochish borasida ham qator kamchiliklar mavjudligini ta`kidladi. Xususan, o`g`irlik va firibgarlik bilan bog`liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmagan.
Jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar uchramoqda, ayrim joylarda huquqni muhofaza qilish idoralari o`rtasidagi hamkorlik talab darajasida emas. Qidiruvda yurgan aksariyat shaxslarning qo`lga olinmayotgani ularga jinoiy qilmishlarini davom ettirishga imkon beradi va bu g`oyat tashvishli holdir.
Prezidentimiz ta`kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib, adolatli huquqiy baho berish muhim o`rin tutadi. Lekin tergov idoralari ixtiyorida qisqa muddatda tezkor qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjud ekaniga qaramay, qo`shimcha surishtiruv yoki tergov harakatlari talab etilmaydigan materiallar bo`yicha asossiz ravishda muddatni uzaytirish, cho`zish, fuqarolarni sarson qilish kabi salbiy amaliyot hamon uchramoqda.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|