O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov 12—19-noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida o‘tkaziladigan yig‘inda ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi. Bu haqda Stadion xabar bermoqda. O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi navbatdagi yig‘inini o‘tkazish uchun 12-noyabr kuni BAAning Dubay shahriga uchib ketadi.
Rejaga ko‘ra, Shuhrat Maqsudov shogirdlari Dubayda uchta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston U-22 terma jamoasi dastlab Albaniya (14-noyabr), keyinchalik esa Bahrayn (16-noyabr) va BAA (18-noyabr) yoshlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov mazkur yig‘inda jami 23 nafar futbolchining xizmatidan foydalanadi. Ta’kidlash joiz, terma jamoa yig‘iniga jalb etilgan ikki nafar futbolchi — Sardor Sobirxo‘jayev ("Bunyodkor”) va Alisher Shog‘ulomov ("Lokomotiv”) 12-noyabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida ishtirok etishi bois Dubayga 13-noyabr kuni uchib ketadi va u yerda terma jamoa yig‘iniga qo‘shiladi.
O‘zbekiston U-22 terma jamoasining Dubaydagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilari ro‘yxati:
Darvozabonlar:
Abdumavlon Abdujalilov (1994, "Neftchi”) Akmal Tursunboyev (1993, "Paxtakor”) Abror Karimov (1994, "Olmaliq”)
Himoyachilar:
Sardor Rahmonov (1994, "Neftchi”) Muhsinjon Ubaydullayev (1994, "Paxtakor”) Kamronbey Kapadze (1994, "Bunyodkor”) Javlon Mirabdullayev (1994, "Metallurg”) Hurshid Muxtorov (1994, "Lokomotiv”) Tohir Shamsiddinov (1993, "Navbahor”) Hasan Asqarov (1994, "Bunyodkor”)
Yarim himoyachilar:
Quvondiq Ro‘ziyev (1993, "Lokomotiv”) Javohir Rasulov (1993, "Neftchi”) Jahongir Abdumo‘minov (1993, "Mash’al”) Abdulloh Olimov (1993, "Neftchi”) Jaloliddin Masharipov (1993, "Paxtakor”) Sardor Sobirxo‘jayev (1994, "Bunyodkor”) Diyorjon Turopov (1994, "Olmaliq”) Timur Hakimov (1994, "Olmaliq”) Abbos Mahstaliyev (1994, "Andijon”) Abdulla Nabiyev (1993, "Dinamo”) Axror Umarjonov (1993, "Bunyodkor”)
Hujumchilar:
Jasur Hakimov (1994, "So‘g‘diyona”) Alisher Shog‘ulomov (1994, "Lokomotiv”)
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|