Четверг, 2024-03-28, 5:23 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 36
Гостей: 36
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Октябрь » 15 » O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

8:46 AM
O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab
O‘tgan hafta o‘zbekzabon ijtimoiy tarmoqlarda Jumanazar ismli kishining MY5 kanaliga bergan intervyusi xayp qilindi. Kinoya va piching bilan chiqish qilmagan sayt va kanal qolmadi hisob. O‘z lafzi bilan aytishiga qaraganda, emishki, Jumanazar akani o‘zga sayyoraliklar olib ketishgan va aka ular bilan bir muddat muloqotda bo‘lgan. Ko‘zini pirpiratmay gapirishiga qaraganda Jumanazar aka o‘zi aytgan gaplarga chin dildan ishonadi chamasi. Nima ham derdik, uning tasavvuri va xayoloti o‘ziga siylov. Harholda, Ilon Mask koinotga uchaman deb milliardlab dollar sarflayotgan paytda koinotdagilarning o‘zlari kelib, bechiqim va bexavotir tarzda, Jumanazar akani kosmosga sayohat qildirib kelishibdi-ku!

Demak, koinotda biz kabi ongli mavjudotlar bor ekan-da? Turli kinoya, piching va kesatiqlarni bir chetga surib qo‘yib, masalaga ilmiy nuqtai nazardan yondashsak, koinotda, o‘zga sayyoralarda ham hayot bor bo‘lishi ehtimoli haqiqatan ham mavjud. Faqat o‘sha o‘zga sayyoradagi hayot shakli Yergacha yetib kelib, Jumanazar aka singarilar bilan muloqot qila oladigan darajada rivojlanganmi, yo‘qmi, bu boshqa masala. Zamonaviy astrofiziklarning ta’kidlashicha, hozirgi kuzatilayotgan koinot izlanishlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak hamda so‘ngi paytlarda aniqlangan minglab ekzosayyoralardan xulosa qiladigan bo‘lsak, demak, endilikda o‘zga sayyoralarda hayot mavjud bo‘lishi ehtimolini inkor etishdan ma’no yo‘q.

Muammo shundaki, uzoq yillar mobaynida, kino, multfilm va komikslar orqali odamlar tasavvurida shakllantirilgan cho‘zinchoq-uzunchoq boshli, qo‘li va oyoqlari ingichka, tanasi esa kulrang (yoki yam-yashil), ko‘zlari katta-katta bo‘lgan "o‘zga sayyoralik” qiyofasi g‘irt uydirma stereotip bo‘lib, aslida o‘zga sayyoralik mavjudot butunlay boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Ular haqiqatan ham mavjud bo‘lganda ham, hali ongli mavjudot darajasiga erishmagan yoki shunchaki hali hatto ijtimoiylashmagan eng sodda biologik organizm ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Balki o‘zga sayyoralardagi hayot shunchaki elementar bir hujayrali ko‘rinishda yoki mikroorganizmlar ko‘rinishidan nariga o‘tmagandir.

Nima bo‘lganda ham, zamonaviy ilm-fan hozirda koinotning qaysidir bir burchagida "kosmik mikrob” yoxud "kosmik chivin” o‘zining kundalik hayotiy faoliyati bilan band bo‘lib, harakat qilayotgan bo‘lishi ehtimolini inkor qila olmaydi. Bunga bir necha sabab bor. Keling, ushbu sabablardan eng asosiy o‘ntasi bilan tanishamiz:

1) Katta sonlar qonuni: bu sabab 50-yillarda Enriko Fermi tomonidan hamkasblari bilan tushlik vaqtidagi muloqotda o‘rtaga tashlangan va shu sababli ham "Fermi paradoksi” deb yuritiladigan qiziq xulosa bilan bog‘liq. O‘shandayoq koinotda olimlar milliardlab yulduzlar mavjudligini bilishar edi va shundan atigi 1 foiz miqdorida Yerga o‘xshash sharoitlarga ega sayyora mavjud bo‘lsa va shuncha sayyoradan atigi 1 foiz qismida hayot shakllanib, shundan atigi 1 foiz qismida hayot ongli mavjudotlar darajasigacha rivojlangan bo‘lsa, unda eng kamtarona hisob-kitoblarga ko‘ra ham, birgina bizning Somon yo‘li galaktikamizning o‘zida kamida 200 ta sayyorada hayot mavjud bo‘lishi kerak edi. Shunga qaramay, hozirgacha astrofizika Yerdan tashqarida hayot nishonasini topmagan. Xo‘sh, nega, qayerda ular? – aynan shu savol Fermi paradoksining mohiyatini tashkil qiladi.

So‘nggi yillarda birgina bizning galaktikamizda Quyoshga o‘xshash sayyoralardan 400 milliardtasi aniqlangan! Bizning galaktikamizga o‘xshash galaktikalar esa 400 milliardtadan ko‘p! Tasavvur qilyapsizmi, bu qanchalik katta raqam ekanligini?! Biroz dag‘al va qo‘pol misol keltiramiz: koinotdagi yulduzlar soni Yerdagi barcha qum zarralari sonidan ham ko‘p! Endi faraz qiling, shuncha yulduzlardan atigi 0,01 foiz qismining atrofida Yerga o‘xshash sharoitlarga ega va ichida hayot mavjud sayyora bo‘lishi ehtimoli bunday sayyora bo‘lmasligi ehtimolidan yuqoriroqdir. Harholda, Quyosh tizimidagi atigi sakkizta sayyoradan birida (ya’ni Yerda) hayot paydo bo‘lishi mumkin-u, lekin qolgan milliardlab sayyorada hayot shakllanmasligi mumkin emas deb qat’iy inkor qilishga asosning o‘zi yo‘q. Bunga katta sonlar qonuni imkon bermaydi;

2) Suv hamma joyda bor. Astrofiziklar muayyan osmon jismida hayot mavjud bo‘lishi uchun eng birlamchi shart sifatida suyuq holatdagi suvning mavjud bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Agar bu asosiy shart bo‘lsa, unda xursand bo‘lishga asos bor: koinotda suv deyarli hamma tarafda bor. Biroq koinot sarhadlarida suv asosan muzlagan shaklda uchraydi.

Lekin ayrim osmon jismlarida, xususan, yirik tabiiy yo‘ldoshlar qa’rida suyuq okean mavjudligi ham aniqlangan. Masalan, Saturn yo‘ldoshi Enselad sirtidagi muz qoplami ostida suyuq suvli okean mavjudligini olimlar allaqachon aniqlashgan. Bu okeanning suvlari ba’zida yo‘ldosh sirtidagi tirqishlardan ulkan fontan ko‘rinishida otilib, fazoga sochilib turadi. Boz ustiga, Enselad hamon geologik faol yo‘ldoshdir ("Abdullajon” filmidagi o‘zini "inoplatnetyanman” deydigan odamning ismi ham Yo‘ldosh edi-a?). Bu esa mazkur osmon jismida qachondir eng tuban shakldagi mikroorganizmlar darajasida bo‘lsa-da, hayot yuzaga kelishi uchun omil bo‘lishi mumkin;

3) Turlarning xilma-xilligi. O‘zga sayyoraliklarning tashqi ko‘rinishi va ulardagi hayot shakli borasida odamlar tasavvurda shakllanib qolgan stereotip haqida yuqorida ham aytib o‘tdik. Ha, negadir "o‘zga sayyoralik” deganda odamlar aynan ekran orqali ko‘rgan va qaysidir musavvirning tasavvur mahsuli bo‘lgan qiyofani ko‘z oldiga keltiradi. Astrofiziklar ham o‘zga sayyoralardan hayot nishonasini izlashganda, asosan aynan Yerdagiga o‘xshash hayot namunasini qidirishadi.

Biroq boshqa sayyoralardagi hayot shakli umuman biznikiga o‘xshamaydigan, biz tasavvur ham qila olmaydigan muhit va sharoitlarga moslashgan bo‘lishi mumkin-ku?! Nima uchun o‘zga sayyoraliklar ham aynan bizga o‘xshagan tana va fiziologiyaga ega bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz? Masalan, o‘zga sayyorada mavjudot suyuq ko‘rinishda yoxud yonayotgan olov ko‘rinishida bo‘lishi mumkin-ku! O‘zimiz tanigan hayot shaklidan boshqasini bilmaganimiz uchun bunday fikrlar bizga aqlga sig‘mas va bema’ni bo‘lib ko‘rinadi.

Xuddi shuning qarama-qarshisi bo‘lsa-chi? Ya’ni qayerdadir koinot qa’ridagi biror sayyorada suyuq shakldagi mavjudot ham o‘ylab o‘tirib, "hech jahonda tanasi qattiq moddadan iborat mavjudot ham bo‘ladimi?” – deya o‘ziga-o‘zi savol berib, "eee, bema’nilik” deb xayol qilsa-chi? Xullas, hayot shakllari borasida ham kimyoviy va ham fizik nuqtai nazardan variantlar juda ko‘p va hayot aynan Yerdagi singari ko‘rinishda bo‘lishi kerak degan cheklov-chegara qo‘yadigan tabiat qonunining o‘zi yo‘q;

4) Yerdagi hayotning juda tez taraqqiy etganligi. Koinot miqyosida qaraydigan bo‘lsak, Yerdagi hayot va, xususan, undagi ongli odamlar, ya’ni biz – kechagina paydo bo‘lgan mavjudotlarimiz. Bunday tirik organizmlarning juda qisqa vaqt ichida evolyutsion taraqqiy etishi koinotning yana qayeridadir shunga o‘xshash hodisalar ro‘y berayotgani ehtimoliga ishora qiladi. Boshqacha aytganda, aslida Yer noyob sayyora bo‘lmay, balki shu kabi sayyoralardan oddiy biri ekanligi ehtimoli katta. Ya’ni Yerga o‘xshash sayyoralarda hayot yuzaga kelishi qandaydir noyob yoki tasodifiy hodisa bo‘lmay, balki sayyora taraqqiyotining tabiiy reaksiyasi bo‘lishi mumkin;

5) Koinotda doimo o‘ta yangilar chaqnab turadi. Olimlarning ta’kidlashicha, odam organizmidagi atomlarning 97 foizgacha bo‘lgan qismi qachonlardir so‘ngan yulduz bag‘rida paydo bo‘lgan. Qanchalik pafosli va balandparvoz so‘z bo‘lib tuyulmasin, bizning hammamizning tanamizdagi har bir element avvaliga qachonlardir yulduz ichkarisida shakllangandir. Shunga ko‘ra, biz hammamiz yulduz bolalarimiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu singari taxminlar ko‘payishiga so‘ngi yillarda Yerning o‘zida topilayotgan ekstremofil mavjudotlarning xilma-xilligining ortib borayotgani ham asos bo‘lmoqda. Ekstremofil – Yerning o‘zida ham, beshafqat sharoitlarda, ko‘pchilik tirik organizmlar bardosh bera olmaydigan muhitlarda ham yashab, ko‘payib, o‘zini bemalol his qiladigan jonzotlar. Masalan, Meksika suvosti g‘orlarida mutlaqo kisloroddan nafas olmaydigan, balki oltingugurt asosida yashaydigan organizmlar aniqlangan.

Shuningdek, Sibir, Antarktida va Arktikaning abadiy muzliklarida, hatto olovli vulqonlar ichkarisida ham yashab, o‘zidan ko‘payayotgan mikroorganizm turlari mavjud. Xo‘sh, nima sababdan shunday mikroorganizmlarni Marsning qahraton sharoitida yoki Veneraning jahannam yuzasida yashay olmaydi deb ishonishimiz kerak? Shunga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklarni hanuz aniqlay olmaganimiz sabablaridan biri ularning umuman yo‘qligi emas, balki ular aslida qanday moddadan tuzilganini, tashqi ko‘rinishi qanaqa ekanini bilmasligimiz sababidan bo‘lishi mumkin. Mabodo biror boshqa sayyorada hayot bo‘lgan taqdirda ham, u biz uchun shu qadar notanish va kutilmagan bo‘lishi mumkinki, uni ko‘rgach, biz uning tirik organizm ekanligini tushuna olmasak ham ehtimoldan holi emas.

Shuningdek, ayrim astronomlar qachonlardir Marsda hayot mavjud bo‘lgan degan fikrda sobitlar. Ularning gapiga qaraganda, bir zamonlar Marsda ham zich va qalin atmosfera mavjud bo‘lgan. Shuningdek, Mars sirtida daryolar oqqan va ko‘l va dengizlarda suv mo‘l bo‘lgan. Xullas, ular Marsda hayot jo‘sh urgan deyishadi. Shunga o‘xshash fikrlar Veneraga nisbatan ham ishlatiladi. Emishki, Venerada ham bir paytlar sharqiroq suvli daryo va dengizlar bo‘lgan, lekin ro‘y bergan astronomik miqyosdagi falokat oqibatida Venerada kuchli "issiqxona effekti” yuzaga kelib, oqibatda u yashash uchun yaroqsiz kosmik jismga aylangan...

Koinotda yulduzlarning tug‘ilishi va o‘lishi siklidan iborat hayot yo‘li muttasil davom etib kelmoqda va u hozirning o‘zida, shu lahzada ham beto‘xtov davom etyapti. Ko‘plab yulduzlar hayotining eng so‘nggi bosqichida kuchli chaqnash bilan portlab, fanda "o‘ta yangi” (supernova) deb nomlanadigan ko‘rinishga kiradi. Aynan shu o‘ta yangi bag‘rida hayot uchun zarur bo‘lgan og‘ir elementlar – uglerod, azot, kislorod, temir, oltin va boshqalar shakllanadi. Olimlarning aniqlashicha, o‘ta yangilar qa’rida allaqachon organik molekulalar ham mavjud bo‘lar ekan. Ya’ni yulduz o‘limga yuz tutib, so‘nggi portlashidayoq o‘zidan keyingi qoldiradigan "merosi” ichida hayot shakllanishi uchun zarur bo‘lgan xomashyoning barchasini taxt qilib qo‘yarkan. Astrofizikadagi bugungi amalda bo‘lgan nazariyalarga ko‘ra, sayyoralar mana shu qoldiq moddadan shakllanadi.

Qolaversa, yulduzlararo uchadigan kometalar ushbu xomashyoni koinotning turli qismlari bo‘ylab tashib, sochib, tarqatib yuradi. Bu nazariya fanda panspermiya nazariyasi deyiladi. Kometalar tashib kelgan o‘sha xomashyo esa oxir-oqibat yetarli sharoitga ega biror sayyoraga yetib keladi va murakkab hayot shakllarini hosil qilib, rivojlana boshlaydi (yoki o‘sha chaqnagan o‘ta yangining o‘rnida hosil bo‘lgan sayyoralarda ham rivojlanishi mumkin). Yaqin-yaqinlargacha panspermiya, ya’ni organik molekulalarning yulduzlararo tashilishi nazariyasi faqat nazariy xayolot-fikr mahsuli deb qaralar edi. Biroq Chilidagi Atakama cho‘lida o‘rnatilgan ALMA teleskoplari tarmog‘i bizdan taxminan 400 yorug‘lik yili masofada joylashgan Ilon eltuvchi yulduz turkumidagi yosh yulduzlarni qurshab turgan yulduzlararo gaz moddalaridan organik moddalarning kimyoviy nishonlarini aniqlashidan keyin bu fikr tarafdorlari keskin ko‘paymoqda. "Ushbu aniqlangan organik molekulalar turkumi, aminokislotalar va oqsillar sintezi jarayonida qatnashadi. Bu esa bizning Yerdagi singari hayot shaklining biologik asosidir”, deya ta’kidlagan London universitet kolleji mutaxassisi Odri Kutens;

6) Koinot fonida bizni umuman payqab bo‘lmaydi;

7) Asteroidlar, meteoritlar va kometalar;

8) Hayot faqat sayyoralar bilangina chegaralanmagan;

9) O‘tmishdan mujdalar;

10) Eng qizig‘i va g‘alatisi: Jumanazar aka singari "guvohlar”ning iqrorlari.

Koinotning qayerdadir ongli mavjudotlar bo‘lgan taqdirda ham, ular bizni payqashi yoki biz ularni payqab qolishimiz ehtimoli favqulodda past (deyarli nolga teng). Sababi, koinot favqulodda o‘ta ulkan darajada katta va keng bo‘lib, uning fonida nafaqat Yer, balki Yerdan 300 marta katta bo‘lgan Yupiter singari biz uchun "yirik” bo‘lgan sayyorlarni ham ilg‘ash qiyin. Sayyoraning o‘zini ilg‘ash mushkul bo‘la turib, uning ichida bizdek mayda mavjudotlar bor-yo‘qligini bilish deyarli imkonsiz narsadir. Hozirgacha kashf qilingan ekzosayyoralarning birortasi vizual kontakt orqali aniqlanmagan, ya’ni ularning birortasini aslida hech kim hech qachon ko‘rmagan! Shunchaki, ularning borligini ushbu ekzosayyora biz bilan o‘z yulduzining orasiga tushadigan payti, ya’ni yulduzi qarshisidan tranzit o‘tayotgan paytida yulduz yorqinligining xiralashishiga asoslanib aniqlangan. Shunday ekan, qachondir biror sayyorada g‘imirlab yurgan ongli mavjudotlarni yoki shunchaki fildek kattalikdagi biror jonivorni ko‘rib qolishimiz degan xayol faqat puchdir. Hozirgi texnologiyalarimiz darajasini inobatga olsak, buning umuman imkoni yo‘q! Xuddi shunday, biror o‘zga sayyora sivilizatsiyasi ham bizni payqashi juda katta gumon ostida. Biz shunchalik mitti, kichkina zarra misolimizki, hatto mabodo, koinotning qayeridandir Yerni teleskop bilan kuzatib turgan ongli mavjudot bo‘lsa ham, u shunchaki bizni ko‘rmayotgan bo‘lishi mumkin.

Yana yuqorida qayd etilgan panspermiya nazariyasiga qaytamiz.

O‘tmishda va hozirda ham ko‘plab olimlar hayot urug‘i Yerga biror bir asteroid, meteorit yoki kometaga "mingan” holda yetib kelgan bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari suradilar. Ayniqsa XX asrning so‘nggi choragida qilingan ko‘plab kashfiyotlar ushbu nazariya foydasiga ishladi.

Xususan, Yerga koinotdan yetib kelgan meteorit bo‘laklarini sinchiklab o‘rgangan olimlar hayratlanarli xulosalarga kelgan. Masalan, 1984-yilda Antarktidada qachonlardir Mars sirtidan kelib qolgan meteorit bo‘lagi topilgan. Unga ALH84001 nomi berilgan edi. Uni tekshirgan mutaxassislar juda shov-shuvli chiqish qilishgandi. Chunki massasi taxminan 2 kilogramm keladigan ushbu tosh bo‘lagida toshqotgan mikroorganizmlar qoldiqlarini topishgan emish! Demakki, Marsda qachondir hech bo‘lmasa bir hujayrali tuban hayot shakllari mavjud bo‘lgan degan xulosani berilgan.

Endilikda bu kabi tosh qotgan mikrob qoldiqlarini Marsning o‘zidan ham topilsa, bu nazariya uzil-kesil dalillangan bo‘lar edi. Hozirda Mars sirtida ishlayotgan marsdayurarlar missiyasida ushbu vazifa ham bor. Umuman olganda, g‘oya tarafdorlari Yerga bu kabi meteoritlar turli mikroblarni tashib kelib turadi va keyinchalik bu mikroblar Yerdagi hayot shakli bilan assimilyatsiyaga kirishib, uyg‘unlashib ketadi degan fikrni ham o‘rtaga tashlaydilar.

Yerga kelib tushgan eng taniqli meteoritlardan biri, shubhasiz, 1908-yilda Sharqiy Sibir hududiga kelib urilgan Tunguska meteoriti bo‘lsa kerak. Negadir ayrim toifa olimlar o‘sha meteorit ham o‘zi bilan ancha-muncha mikrob olib kelgan degan taxminga egalar. Ular o‘sha paytdagi ilmiy-texnologik taraqqiyot hozirgichalik bo‘lganida, Tunguska meteoriti orqali katta-katta kashfiyotlar qilsa bo‘lardi, deb ta’kidlashadi.

Albatta, ko‘pchilik "o‘zga sayyoralik” deganda hayot qayerdadir ehtimoliy mavjud bo‘lsa ham u faqat sayyoralarda mavjud bo‘ladi degan fikrga tayanadi. Biroq tabiiy yo‘ldoshlarda va hatto kometalarning o‘zida ham mikroorganizmlar bilan liq to‘la hayot qaynayotgan bo‘lishi mumkin. Ayrim mutaxassislar hatto bizning Quyosh sistemasidagi ayrim yirik tabiiy yo‘ldoshlarda hozirning o‘zida mikroskopik organizmlarda iborat hayot jo‘sh urmoqda deb qat’iy gapirishadi. Ularga pul va kosmik kema bersangiz, hozir borib, o‘z qo‘llari bilan o‘sha kosmik mikroorganizmlarni tutib, sizga "mana!!!” deb ko‘rsatishga tayyorlar...

Yuqorida ham aytilganidek, haqiqatan ham, ayrim tabiiy yo‘ldoshlardagi geologik faollik va boshqa tabiiy sharoitlar, xususan, atmosferaning mavjudligi eng tuban hayot shakllarining mavjud bo‘lishi uchun kifoya qilishi kerak. Shu sababli ham hozirda Yupiter va Saturn tomon uchirilgan barcha kosmik apparatlar ularning yo‘ldoshlaridan hayot nishonalarini izlash missiyasini ham bajarmoqda. Yaqin kelajakda balki texnologiyalarimiz yanada taraqqiy etsa, xuddi shunday qidiruv missiyalari ekzosayyoralar va ularning yo‘ldoshlariga nisbatan ham qo‘llay olarmiz.

Fanda, shuningdek, paleokontakt nazariyasi ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, go‘yoki o‘zga sayyoraliklar juda qadim zamonlarda allaqachon Yerga kelib ketishgan emish. Bu haqda ba’zi qadimgi obida va osori-atiqalardagi belgilar, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan rasmlar, turli xalqlarning og‘zaki ijodidagi afsona va cho‘pchaklar ishora berarmish. Masalan, Misr ehromlarini qurilishida yoki asteklarning piramidalari barpo etilishida o‘zga sayyoraliklar ham hissa qo‘shgan emish... Nima ham derdik, yashashga haqqi bor nazariya bu ham!

Faqat to‘g‘ri tushuning, qanchalik bo‘lmag‘ur va absurd tuyulmasin, go‘yoki o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgan, ular bilan muloqot qilganlikni da’vo qilayotgan odamlarning iqrorlari ham ushbu ehtimollik ro‘yxatida hisobga o‘tadi.

Jumanazar aka singari odamlar dunyoning turli mamlakatlarida tez-tez paydo bo‘lib turadi. Ularning o‘z xayolot mahsuli bo‘lgan to‘qima gaplari odatda shov-shuv ko‘tarish uchun va auditoriyani qiziqtirish uchun matbuot tomonidan xayp qilinadi. Boshqalar uchun har qancha erish tuyulmasin, bunday odamlar gapirayotgan gaplariga qat’iy ishonishadi. Ularni uchar likopcha o‘g‘irlab ketgani yoki o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida arang qochib qolganlari haqidagi cho‘pchaklarni bunday odamlar hatto ko‘zni pirpiratmay gapirib bera olishadi. Shunga qaramay, bunday odamlar bilan odatda ularning ruhiyatiga baho beruvchi psixologlardan tashqari astronomlar ham, albatta, suhbat o‘tkazishadi. Noma’lum uchar jismga "duch kelgan” shaxsdan ko‘rsatma olish, hech bo‘lmasa, bu turkum cho‘pchaklarni yig‘ish va tizimlashtirish uchun zarur bo‘lsa kerak-da.

Ustiga ustak, go‘yoki o‘zga sayyoraliklar boshqaruvidagi noma’lum uchar jismga duch kelgan, unga chiqqan va o‘zga sayyoraliklar bilan muloqotda bo‘lgan bu kabi odamlar haqidagi gaplar yaqinda paydo bo‘lgan narsa emas. Deyarli bir necha asrdan beri o‘zga sayyoraliklar haqida siyqasi chiqqan gaplar bilan pul ishlash va mashhur bo‘lishni maqsad qilgan qalloblardan tortib bu haqida og‘iz ochsa, o‘zini va yaqinlari kulgiga qolishini yaxshi anglaydigan, mulohazali kishilar og‘zidan ham vaqti-vaqti bilan Jumanazar akaning hikoyasiga o‘xshash hikoyalar yangrab turadi. Odatda qalloblarning ko‘pchiligi oxir-oqibat bu haqda kitob yozib yoki o‘z xayolotini reklama brendiga aylantirib, pul ishlashni maqsad qiladi.

Biroq, ta’kidlash joizki, bugungi kun ilm-fani uchun quruq og‘zaki ko‘rsatmalar, iqrorlar va "ishanovring!” qabilidagi gaplar isbot o‘rnida o‘tmaydi. Og‘zaki dalillar yetarli emas. Shu sababli ham bu singari "guvohlarning ko‘rsatmalari” hech qachon jiddiy qabul qilinmaydi. Agar ulardan birortasi o‘zga sayyoraliklar mahallasidan hech bo‘lmasa biror suvenir olib kelganida edi, balki ashyoviy dalil sifatida qabul qilinardi.

Shunga qaramay, olimlar, xususan, parapsixologlar va astrofiziklar bu singari "guvohlar”ning hammasi ham qallob bo‘lishi mumkin emasligiga, ularning hammasi ham ichidan to‘qib cho‘pchak aytishga moyil "aldoqchi” emasligiga ishongilari keladi (bu ham "katta sonlar qonuni”ga o‘xshash sabab). Ulardan hech bo‘lmasa 0,001 foizi balki haqiqatan ham o‘zga sayyoraliklar bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lishi ehtimol degan taxmin o‘zga sayyoralarda hayot mavjudligiga ishonish uchun o‘nta sababning eng zaifi tariqasida bo‘lsa-da, baribir hisobga qabul qilinadi.

Xulosa o‘zingizdan...

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 789 | Добавил: #news, #новости, #habarlar, #ahborot, #xabarlar, #Yangiliklar, #newsuz, #uznews, #Yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя