Четверг, 2017-02-23, 2:11 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3079]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [296]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [72]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1682]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [2897]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4684]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [650]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1983]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [117]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [162]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [901]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [106]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [711]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [228]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [88]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [11]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 484
Статистика


waplog

Онлайн всего: 34
Гостей: 34
Пользователей: 0
Главная » 2016 » Март » 8 » O‘zingiz haqingizda Facebook’da oshkor qilinmaydigan 5 tafsilot

7:20 PM
O‘zingiz haqingizda Facebook’da oshkor qilinmaydigan 5 tafsilot
Facebook’da foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari juda qadrlanadi. Sayt siz haqingizda qancha ko‘p narsa bilsa, kompaniyaga siz maqsadli auditoriyasiga kiradigan reklama beruvchilar shuncha ko‘p pul to‘laydi. Lekin ayrim tafsilotlarni ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilmagan ma’qul.
Bu ma’lumotlar o‘z-o‘zidan xavfli emas, lekin ulardan ijtimoiy tarmoqlarda o‘ralashib yuradigan qalloblar foydalanishi mumkin.

"Interesno” sayti Facebook’da oshkor qilish tavsiya etilmaydigan 5 tafsilotga to‘xtalib o‘tdi.

Uy manzili

Bu ma’lumotdan foydalanib, uyingizga o‘g‘rilikka tushishlari mumkin. Agar ijtimoiy tarmoqda manzilingiz ko‘rsatilgan bo‘lsa, hali ham o‘z profilingizga kirib, "Aloqa va asosiy axborot” bo‘limining tahrirlash oynasini oching va ushbu ma’lumotni o‘chirib tashlang.

Siz ijtimoiy tarmoqda tilga olayotgan tadbirlarda ham manzilingiz ko‘rinib qoladi. Masalan, ziyofat uyushtirilishini xabar qilsangiz, Facebook avtomatik tarzda, odamlar qayerga borishni bilishlari uchun, sahifaga manzilingizni qo‘shib qo‘yishi mumkin.

Agar tadbirga do‘stlaringiz o‘z do‘stlarini taklif qilsa, unda manzilingizni bilib olgan begonalar soni yanada ko‘payadi.

Ish joyi haqida ma’lumot

Facebook’da ish joyingiz haqidagi ma’lumotlarni chop etmaslikka harakat qiling. Bir kuni hamkasblaringizdan biri sahifangizni topib olishi va o‘ziga yoqmaydigan biror ma’lumotga duch kelishi mumkin.

Xakerlar esa kompaniya haqida axborot to‘plashni xodimlarning shaxsiy ma’lumotlaridan boshlaydi. Agar ular internetda, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan bo‘lsa, bu xakerning ishini yanada osonlashtiradi.

Shuningdek, hamkasblar bilan Facebook’da do‘stlashishda ehtiyot bo‘ling. Ish o‘rningizni almashtirsangiz, eski hamkasblaringizning ko‘pchiligi bilan muloqotni davom ettirishni istamasligingiz mumkin.

Shaxsiy munosabatlar maqomi

Oilaviy ahvol haqida Facebook’da yozish ortiqcha e’tibor tortish demakdir.

Bundan tashqari, maqom o‘zgarishlari kiberstalkerlar diqqatini jalb qiladi.

To‘lov ma’lumotlari

Facebook bepul, lekin ba’zan u kredit kartangizning raqamini so‘rashi mumkin.

Moliyaviy axborot sizga saytning turli mahsulotlarini xarid qilishga yordam beradi. Lekin bu ma’lumotlarga xakerlar ham osonlikcha daxl qila oladi, ayniqsa ishxonada yoki begona kompyuterda profildan chiqishni unutsangiz.

Nafaqat begona kishi, balki oilangizning biror a’zosi ham pulingizni beruxsat ishlatib qo‘yishi mumkin.

Telefon raqami

Facebook’ning xavfsizlik sohasidagi ayrim foydali funksiyalarini qo‘llashda darhaqiqat telefon raqamingiz talab qilinadi.

Bundan tashqari, agar siz saytga mobil telefondan kirsangiz, demak, ijtimoiy tarmoq uning raqamini allaqachon biladi.

Agar qachondir profilingizda telefon raqamini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsangiz, "Aloqa va asosiy axborot” bo‘limida bu ma’lumotni kim ko‘rishi mumkinligi haqidagi qatorni "Faqat men”ga o‘zgartirib qo‘ying.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot daryo.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 185 | | Теги: Yangilik, newsuz, uznews, xabarlar, habarlar, Новости, Yangiliklar, ahborot, news | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Март 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017