Пятница, 2024-03-29, 10:54 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2017 » Февраль » 4 » ​“Okorochka” ortidagi jinoyat

9:26 AM
​“Okorochka” ortidagi jinoyat
Bir umr qishloq maktabida o`qituvchilik qilib, nafaqaga chiqqan Abdubakir ota kechadan beri iztirobda. Ko`pchilikning izzat-hurmatiga o`rganib ketgan otaxonni mahalla faollari yig`iniga chaqirishmadi. Avvaliga "Menga xabar etib kelmagandir-da”, degan xayolga bordi. Biroq uning ko`nglidagi taskinlar sekin-asta shubhaga aylandi. "Yo`q! Bu erda bir gap borga o`xshaydi”, dedi u o`ziga-o`zi ichini it timdalab. Lekin o`sha "bir gap” nimaligini bilmay, boshi garang.

Abdubakir ota (ism-familiyalar o`zgartirilgan) savollariga bugun javob topolmasa, tuni bilan mijja qoqmasligini tushunib, ko`chaga chiqdi. Hovlilar orasidan o`tgan ilon izi so`qmoqdan yurib ketdi. Ota shu tobda mahalla oqsoqoli tasodifan yo`lidan chiqib qolishini, yig`ilishga chaqirish yodidan ko`tarilganini aytib, uzr so`rashini juda-juda istardi.

Biroz yurgach, sal narida yashaydigan Fatxulla mol do`xtirining darvozasi yonida uyilgan shag`alni ko`rsatib, nimanidir uy egasiga tushuntirayotgan mahalla oqsoqolini ko`rdi-yu, qadamini sekinlatdi. Nihoyat, qarama-qarshi tomondan kelayotgan mahalla oqsoqoli Abdubakir otaning ro`parasida to`xtab, unga qo`l uzatib so`rashdi.

— Tinchlikmi, Baxtiyor o`g`lim? — samimiy ohangda so`radi ota. — Ishlar bilan charchamayapsizmi?

Xuddi shuni kutib turganday, Baxtiyor ham ko`nglidagini to`kib soldi.

— E, otaxon, ishdan-ku charchamayman, — dedi u hamon hayajonini bosolmasdan. — Shu Fatxulla akaga o`xshagan odamlarning ikkitasi bilan gaplashsam, tamom, hafsalam pir bo`ladi, Shunday chiroyli ko`chani buzib, shag`al to`kib qo`yganini ko`rmaysizmi? Ko`cha qurilish materiallari ombori emas-ku, nega tushunmaydi?

— Fatxulla o`sha otaning bolasi-da, — dedi gap butkul boshqa tomonga og`ib ketganidan quvongan otaxon. — Rahmatli Norbo`ta saranjom ham "hovli iflos bo`ladi" deb, moliga xashakni ko`chaga to`kardi.

— Afsuski, ba`zi yaxshi odamlarning farzandlari otasiga tortmaydi, chamasi...

Mahalla oqsoqolining bu ilmoqli gapidan so`ng Abdubakir ota boyagi xavotiri behuda emasligiga ishonch hosil qildi.

— Kecha faollar yig`ilishi bo`lganmish, — dedi so`ng.

— Odob-axloq mavzuida ayrim yig`ilib qolgan muammolarni gaplashib oldik, — deya erga qaradi mahalla oqsoqoli. — Uzr, ustoz, hokimiyatga shoshib turgandim.

Abdubakir ota Fatxullanikiga ham kirmasdan, shartta ortiga qaytdi.

"Sobiq quda” bilan hamkor o`g`il

Katta o`g`li To`xtaboy biror ishkal chiqargani endi kunday ravshan edi. Muyulishda aksiga olib, mahallada "so`nggi axborot” degan laqab olgan piyonista Norchaga ro`baro` keldi. Bundan 5-6 yil muqaddam qizini o`g`liga olib berish uchun non sindirib, keyin fikridan qaytgani bois, Norcha "sobiq quda”sidan ancha paytgacha xafa bo`lib yurgandi. Hozir ham shirakayf Norcha birinchi bo`lib gap boshladi:

— Namuncha qovog`ingizdan qor yog`adi, domla? O`g`lingiz To`xtaboy qizimga uylanmagan bo`lsa ham, hamkorlik qilyapmiz. U siz kabi mirquruq, emas, haqiqiy boy bo`ldi.

— Qanaqa hamkor? — g`azab bilan unga tikildi ota. — Uni yo`ldan uradigan bo`lsang, o`zingdan ko`r!

— U tovar olib keladi, men do`konlarimga tarqataman. Buni "biznes” deydilar! — tirjaydi u.

— U Qo`yliqqa yo`lovchi tashiydigan kirakash bo`lsa... Qanaqa tovar haqida gapiryapsan? Qaerdan olib keladi uni? — taajjublanib so`radi ota. — Bugundan e`tiboran o`g`limni tinch qo`y, tushunarlimi?..

Kechadan beri bo`lib o`tayotgan voqealarning tagiga etgan ota shu erdan to`g`ri taksi-avtomashinalar to`xtash joyiga borib, o`g`lini surishtirdi. Hamkasblari To`xtaboyni ikki kundan buyon ko`rishmaganini aytishdi. Ota yo`lovchi avtomashinaga o`tirib, mahalla chekkasida yashaydigan katta o`g`lining uyiga yo`l oldi.

* * *

Abdubakir ota kelini suzib kelgan oshga qo`lini ham tekkizmadi. U tuz totmay, yarim kechagacha o`g`lini kutib o`tirdi. Nihoyat, hovlining qoq o`rtasiga kelib to`xtagan avtomashinadan tushgan To`xtaboy ulovning yukxonasini ochib, zil-zambil karton qutini oldida, ichkariga qo`yib chiqdi. Otasi kelganini xotinidan eshitgan, shekilli, u gandiraklay-gandiraklay yog`och karovat yoniga etib keldi-yu, so`rashish uchun otasiga qo`l uzatdi.

— Nopok qo`lingni tort!.. — jerkib berdi Abdubakir ota. — Yarim tundan oshganda qaerdan kelyapsan?

— Qaerdan bo`lardi, — dedi mastlik tufayli tili yaxshi aylanmayotgan o`g`il, — bo`zchining mokisidek u yoqdan bu yoqqa qatnab, oilani boqish uchun pul topib kelyapman. Nima, tirikchilikning aybi bormi? Milisiyaga o`xshab so`roq qilasiz-a, dada. Buyurtma bo`yicha bir joyga bordim. Bir xalta pul ishlab keldim.

— Demak, aylanma tuproq yo`llarda ivirsib yurganing rost ekan-da?.. Sen yuzimni erga qaratding. Qariganimda tiriklay go`rga tiqmoqchimisan, yaramas?! Agar o`zingni o`ylamasang, norasida qizlaringni — Fotima-Zuhrangni o`yla, – dakki berdi chol.

Kelinning chohga boshlagan talabi

Oysara qaynotasining gapini bo`lib, bobillab ketdi:

— E ota, shu o`g`lingizni tinch qo`yasizmi-yo`qmi? Pul topmasa, "topmadi”, topsa, "topdi” deb, urishganingiz-urishgan. Oilamizni tinch qo`ying! Xudoga shukur, hech kimdan kam emasmiz. Lekin hammadan boy bo`lishni istayman. Shu yomonmi?!

— Kelin, men pul topmagin, deyayotganim yo`q, – ovozini mayinlatdi qaynota. — Faqat qing`ir yo`l bilan emas, to`g`ri, qonuniy yo`l bilan pul topsin, deyman. Ertaga "attang”, deb qolmanglar.

Kelin endi eriga yuzlandi va shang`illadi:

— Aytsam ishonmasdingiz. Dadangiz bir kuni sizni qamatib yuborishdan ham toymaydi!..

To`xtaboy xuddi shu gapni kutib turgandek, xotiniga ergashib, ichkariga yo`l oldi. Tashqarida yolg`iz o`zi qolgan ota alamli ko`z yoshlarini tutib turolmadi...

Navbatdagi "xizmat”

Otasining nasihatlariga quloq osmagan To`xtaboy ertasi kuni shom payti kelishilgan manzilda mijozni kuta boshladi. Soch-soqoli o`sib ketgan, sovuq bo`lsa ham gaplari dadil bu kimsa undan bojxona maskanidan sal nariroqdagi aylanma yo`l yaqinidan dehqonchilik mahsulotlarini bozorga olib kelib berishda yordam so`radi. Keyin 3-4 tonna yuk sig`adigan transport vositasini topishni ham iltimos qildi. Eng muhimi, savdolashmadi ham. U To`xtaboy so`ragan pulning yarmini o`sha zahoti qo`liga tutqazdi, bir quti muzlatilgan tovuq oyoqlarini ham tortiq qildi.

Mashinasida xayol surib o`tirgan To`xtaboy orqa eshikning ochilgan ovozidan cho`chib tushdi. Orqa o`rindiqda o`tirgan kechagi kimsa uni savolga tutdi:

— Transport nima bo`ldi?

— Tanishimning tirkamali "1-28” rusumli traktorini gaplashib qo`ydim. Xabar berishim bilan aytilgan joyga etib boradi. O`zi o`sha tomonlarda yashaydi, – javob berdi To`xtaboy.

Xullas, To`xtaboy boshqarayotgan "Jiguli” tirkamali traktorning oldiga tushib olib, manzilga etguncha aylanma yo`llardan ancha vaqt yurishga to`g`ri keldi. Nihoyat, ular chegara sim-to`siqlardan sal beriroqda taxlab qo`yilgan qog`oz qutilar uyumiga duch kelishdi. Yollangan ishchilar mashina faralari yorug`ida qutilarni traktor tirkamasiga orta boshlashdi.

— Menga qarang, — dedi shoshib qolgan To`xtaboy mijoziga yuzlanib, — siz dehqonchilik mahsulotlari degandingiz-ku? Bu nimasi, nega meni aldadingiz?

— Qanaqa ishga bosh qo`shganingni hali tushunmadingmi? — o`shqirdi mijoz. — Jaraq-jaraq pulini olganingdan keyin buyurgan ishimni qilasan! Tezroq ortishga sen ham yordam ber. Chegarachilar sezib qolishsa, qulog`ingni ushlab ketasan!..

To`xtaboy kecha tunda otasi aytgan gaplarni esladi. Esladi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. Shu payt qayoqdandir paydo bo`lgan qurolli askarlarga ko`zi tushib, shart mashinasiga o`tirib, qochishga tushdi. Ayni damda qo`l telefoni tinimsiz jiringlay boshladi...

Kech ochilgan ko`z...

Ancha joygacha qochib borgan To`xtaboy uni hech kim ta`qib qilmayotganiga ishonch hosil qilgach, telefonni qo`liga oldi.

— Sho`rimiz qurib qoldi, To`xtaboy aka, — dedi xotini yig`i aralash. — Zuhra kecha siz olib kelgan tovuqdan eb, zaharlandi. Zuhrangiz o`lyapti... Qaerdasiz, tez etib keling. Biz shifoxonada, jonlantirish bo`limidamiz...

To`xtaboy bu xabardan karaxt bo`lib qolgan, hatto mashinaga yaqinlashayotgan askarlarga ham e`tiborsiz, baqrayib turardi.

— Zuhra tirik qolishi kerak, — bir necha bor takrorladi u. – Dadamdan yordam so`ra! Dadam haq ekan. Men hozir borolmayman. Faqat bolam o`lmasin... Oysara, men qo`lga tushdim, — dedi o`zi bilmagan holda To`xtaboy.

* * *

Tuman ichki ishlar bo`limida boshqa jinoiy sheriklari qatori so`roq qilingan To`xtaboy ertalab tilxat asosida qo`yib yuborildi. U shifoxonaga etib kelganida, uch yashar Zuhra operasiya qilinib, o`ziga kela boshlagandi.

To`xtaboy otasining ko`ksiga boshini qo`yib, uzoq yig`ladi.

— Hammasi yaxshi bo`ladi, o`g`lim, — farzandining boshini siladi ota, — "Suv bir loyqalanib, tinadi”, deyishadi, yomon kunlar o`tib ketgani rost bo`lsin!..

* * *

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati Pskent tuman sudi To`xtaboy Abdubakirov va uning jinoiy sheriklari ustidan adolatli hukm chiqardi. Ularning har biri – qilmishiga yarasha turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Voqea joyidan olingan 318 kg, umumiy qiymati 15.586.700 so`mlik tovuq oyoqlari yo`q qilindi. Shuningdek, jinoyat quroli sifatida e`tirof etilgan "T-28” rusumli traktor va tirkama davlat foydasiga musodara qilindi.

Ismatulla MAMANOV, Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi,

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 1635 | Добавил: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #Yangilik, #ahborot, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя