Пятница, 2024-03-29, 4:42 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 14
Гостей: 14
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2014 » Октябрь » 7 » Orol dengizi havzasida atrof-muhitni himoyalashga 1,2 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratildi

7:48 PM
Orol dengizi havzasida atrof-muhitni himoyalashga 1,2 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratildi
Islom Karimov ilk bor BMT Bosh assambleyasining 1993-yil 28-sentabrda bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida jahon hamjamiyati e’tiborini Orol dengizi muammosiga qaratgan edi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tomonidan mintaqada ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi yashashi uchun qulay shart-sharoit yaratish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
"Suv resurslaridan oqilona foydalanish va Orolbo‘yi ekologiyasini yaxshilash maqsadida ko‘plab loyihalar amaliyotga joriy etildi, — dedi jamg‘arma agentligi rahbari Normuhammad Sheraliyev. — Xususan, Orolning suvi qurigan tubida qariyb 400 ming gektarga yaqin o‘rmonzorlar barpo etildi. Hozir garmselni qaytarayotgan, zararli tuzlar havoga ko‘tarilishining oldini olayotgan saksovullar bo‘yi to‘rt-besh metrgacha yetgan. Sho‘rxok qumliklar ekotizimi tiklanib, o‘t-o‘lanlar ko‘paymoqda, hayot kechirishning tabiiy sharoiti yuzaga kelayotgani tufayli yana parranda va darrandalar hududga qaytmoqda”.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa iqtisodiyot komissiyasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlar yaqindan yordam bermoqda.


O‘zbekiston keyingi o‘n yil davomida Orolbo‘yi aholisining hayot tarzini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari ochish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda Orol dengizi havzasida suv resurslari va atrof-muhitni himoyalash yo‘nalishlariga bir milliard 200 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ ajratdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-maydagi farmoyishi bilan 2013-2015-yillarga mo‘ljallangan qator loyihalar belgilab berildi. Ulardan biri "Amudaryo deltasida kichik ko‘llarni tashkil etish” loyihasidir. Bu loyiha asosida Amudaryo deltasi bo‘ylab, Orol dengizi qirg‘oqlari atrofida kichik hajmli suv havzalari barpo etiladi. Ta’kidlash joizki, mazkur loyihaning birinchi fazasi 2002—2012-yillarda amalga oshirilgan bo‘lib, natijada to‘rtta damba, oltita suv taqsimlovchi gidroinshoot ishga tushirildi. Umumiy maydoni 64 ming gektardan iborat ko‘llarda suvni saqlash holati yaxshilandi. Bu to‘qayzorlar maydoni kengayib, chorva mollari uchun ozuqabop o‘simliklar ko‘payishiga xizmat qilmoqda. Chorvachilik sohasida mollarning bosh sonini va ulardan olinadigan sut va go‘sht mahsulotlarini oshirishga hamda suv havzalarida qushlar va mo‘ynali hayvonlarning ko‘payishiga sharoit yaratildi.

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi Amudaryo deltasining markaziy zonasida kichik suv havzalari barpo etish va ulardagi suv rejimini boshqarishni takomillashtirish, ekologik muvozanatni tiklash, ish o‘rinlari yaratish va qumlarning ko‘chishini to‘xtatib, o‘simliklar va hayvonot dunyosini saqlab qolishdir. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har bir tup saksovul va cherkez uch tonna tuzli qum ko‘chishining oldini olar ekan.


Yuqorida qayd etilgan farmoyish asosida Mo‘ynoq tumanidagi Axantay va Aqqum massivlarida himoyalovchi o‘rmon o‘simliklari hamda qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli butazorlar ekish asosida dov-daraxtlar va o‘simliklarni ko‘paytirish ishlari bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar ko‘magida 20 ming gektarli saksovulzor bunyod etilib, hozirda qariyb 1000 gektar maydonga 900 ming tup saksovul ko‘chatlari o‘tqazildi.

Orol fojiasining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan loyihalardan yana biri qishloqlardagi aholi suv ta’minotini yaxshilash loyihasidir. Hozir Taxtako‘pir tumanidagi ikkita aholi punktiga artezian quduqlari qurilib, yerosti suvini tozalagan holda aholiga yetkazib berish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad mintaqadagi aholi sog‘lig‘ini muhofazalashda muhim o‘rin tutadigan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash orqali Orolbo‘yi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimovning 2014-yil 5-avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan Urganch shahrida shu yilning oktabr oyi oxirida "Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada bu boradagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama etiladi.

Bundan avvalroq, AQShning Milliy aerokosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA)ning Earth Observatory sayti tomonidan Orol dengizining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan yangi fotosuratlari e’lon qilinib, ularda Janubiy Orol dengizining sharqiy qismi to‘liq qurib qolganini ko‘rish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 3709 | Добавил: Yangilik, newsuz, uznews, xabarlar, habarlar, Новости, Yangiliklar, ahborot, Yangi, NEWS | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя