26 fevral kuni "Oskar”ning 89-chi taqdimot marosimi bo`lib o`tadi, deb xabar beradi "Onedio.ru” nashri.
Bu tadbir qaysidir aktyor uchun quvonchga to`la, ulkan bayramga aylansa, kim uchundir tushkunlik kuni bo`ladi.
1. Skarlett Yoxansson
Skarlett Yoxansson
Qizil yo`lakchaning yorqin yulduzi bo`lgan Skarlett Yoxanssonning nomzodi biror marta "Oskar”ga qo`yilmagan.
2. Xelena Bonem Karter
Xelena Bonem Karter
"Oltin globus”ga 7 marta, "Oskar”ga 2 marotaba nomzodi qo`yilgan Xelenaning hali omadi kelmadi. U g`alaba sari uzoq yo`l bosdi, biz uning g`alabaga erishishida omad tilaymiz!
3. Sheron Stoun
Sheron Stoun
Sheron Stounning ko`rkam ayolligi "Oskar” mukofotini qo`lga kiritishi uchun kamlik qildi.
4. Mishel Pfayffer
Mishel Pfayffer
58 yoshli Mishel haykalchaga ega bo`lish uchun uch marta harakat qildi, ammo orzusiga erisholmadi.
5. Emi Adams
Emi Adams
Kinoda 18 yildan beri faoliyat yuritishiga, 5 marotaba nomzodi qo`yilganiga qaramay, Emi "Oskar”ga loyiq ko`rilmadi.
6. Glenn Klouz
Glenn Klouz
6 marotaba nomzodi qo`yilgan Glennga ming afsuski, "Oskar” armon bo`lib qoldi.
7. Jessika Chesteyn
Djessika Chesteyn
39 yoshli Jessikaning "Oskar” mukofotini qo`lga kiritishiga hali imkoni borligiga umid qilamiz!
8. Merilin Monro
Merilin Monro
Merilinga "Oskar” mukofoti kerak emas. U barcha mukofotlardan yuqori turadi!
9. Naomi Uotts
Naomi Uotts
Naomi mukofotga haqli bo`lgan aktrisalardan biri, ammo unga erishish uchun aktrisaning sabri etarmikan?
10. Kemeron Diaz
Kemeron Diaz
44 yoshli Kemeron dunyoga mashhur aktrisalardan biri bo`lishiga qaramay, "Oskar” mukofotiga nomzodi qo`yilmagan...
11. Rita Xeyvort
Rita Xeyvort
Afsonaviy Gollivud aktrisasi Rita Xeyvort suratga tushgan filmlarni sanash uchun anchagina vaqtingiz ketsa-da, u biror marta mukofotga loyiq ko`rilmagan.
12. Kira Naytli
Kira Naytli
Kira Naytli bir qancha mukofotlarga sazovor bo`lgan bo`lsa-da, "Oskar” haykalchasini qo`lga ushlash baxtiga erisholmagan.
13. Viola Devis
Viola Devis
Viola uchun bu uchinchi urinishdir. Uchinchi marotaba degani o`ninchi marta degani emas. Ammo uning iqtidorini ilgariroq sezish kerak edi!
14. Mishel Uilyams
Mishel Uilyams
36 yoshli Mishel bu yil to`rtinchi marotaba mukofot uchun kurashadi. Unga muvaffaqiyat tilaymiz!
15. Meg Rayan
Meg Rayan
Meg 55 yoshga kirganiga qaramay, haligacha shu kichkina haykalchani qo`lga olish baxtiga muyassar bo`lolmadi. Jyurilarning shu paytgacha qayoqqa qaraganiga hayron bo`lasan, odam...