Пятница, 2024-03-29, 7:00 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 35
Гостей: 35
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Январь » 7 » Ovsinlar bilan ahil bo‘lish sirlari

10:55 AM
Ovsinlar bilan ahil bo‘lish sirlari
Odatda, ovsinlar o‘rtasida raqobat bo‘ladi. Bu tabiiy hol. Chunki ovsinlar qaynsingil yoki qaynukadan farqli o‘laroq, qaynotayu qaynona oldida teng huquq va mavqega ega AYoLlardir. Ha-ha, aynan AYoLlar! Ular shunday bir hilqatki, har yerda, har jabhada beqiyos va yagona bo‘lishni istashadi. Shundanmi, kundosh kundoshga paxta, ovsin ovsinga tosh otadi, degan maqol xalq orasida ko‘p tilga olinadi. Modomiki, shunday ekan, bu raqobatning dushmanlikka aylanib ketmasligi, aksincha, oila yakdilligi va hamjihatligini, turmush totuvligini ta’minlaydigan kuchga aylanishi uchun nima qilmoq kerak?

1. Ovsin – opa yoki singil emas! Bilib qo‘ygan yaxshi: ovsin — qarindosh. U opa yoki singil emas! Tabiiyki, dushman, deb ham bo‘lmaydi. Shu bois unga yovqarash ham, o‘ta yaqinlashib ketish ham noto‘g‘ri. Ovsin dugona bo‘lolmasligi mumkin, biroq qiyin vaziyatlarda yoningizda turib beradi. O‘zingiz ham bilasizki, kichkinangiz dunyoga kelganida kattangizga qarab turgan, eringizning issiq-sovug‘idan xabar olgan, tug‘ruqxonadan chiqadigan kuningiz yugurib-yelib kutib olgan ovsiningizdir.

2. Siringizni boy bermang Tilga ehtiyot bo‘lish kerak. Ovsiningiz sizga ko‘nglini ochib, dardini aytsa, hamdard bo‘ling, ammo evaziga siz ham dardingizni dasturxon qilmang. Negaki, u o‘zining aytganlarini batamom unutib, faqat sizning aytganlaringizni yodda saqlab qolishi va bir kuni uni sizga qarshi qurol sifatida qo‘llashi ham mumkin.

3. O‘chakishib nima ham topardingiz? Ba’zi ovsinlar ochiq-oshkor raqobat qilishmasa-da, zimdan bir-birlariga qarshi bo‘lishadi. Ovsinning qozoniga bildirmay tuz solib qo‘yish, dorga yoyib qo‘ygan kirlariga qo‘l artib ketish kabi "hazil”lar shular jumlasidandir. Siz esa bunday pastkashlikka aslo qo‘l urmang. Sabr qiling yoki taktikani o‘zgartiring, ya’ni ovsiningizni tarbiyalashning boshqa o‘ziga xos yo‘lini o‘ylab toping. Toki, u kutilmagan yaxshi munosabatdan dovdirab, qilayotgan ishlaridan uyalib qolsin.

4. Janjalga bolalar sababchi bo‘lmasin Shunday qilingki, bolalar o‘zaro nizoni sizning aralashuvingizsiz hal qilishga o‘rganishsin. Ular kunda urishsa, siz ham kunda oraga tushib, asabingizni buzavermaysiz-ku, axir?!

5. Chaqmachaqarlikdan yomoni yo‘q!

Eringiz hamda uning qarindoshlariga ovsiningizni yomonlamang. U g‘iybat qilgan taqdirda ham, siz uni maqtab turaversangiz, kim yaxshi, siz yaxshi bo‘lasiz. Yana shunisi ham borki, qarindoshlarning ovsiningiz bilan munosabati iliq bo‘lishi mumkin. Balki qaynonangizning unga mehri bo‘lakchadir yoki eringiz sizga uylanguniga qadar qilgan yaxshiliklari uchun kelinoyisini hurmat qilar. Agar shunday bo‘lsa, siz ovsiningizni yomonlab, uning o‘rnini egallay olmaysiz.

6. G‘iybatga ne hojat? Til — suyaksiz. Birovning kamchiligini muhokama qilaturib, ortiqcha gapirib yuborish ehtimoli katta. Bunday holatda yutqazgan siz bo‘lishingiz mumkin. Tasavvur qiling, ovsiningizga qaynsinglingizning eri o‘tli-shudli emasligini shunchaki gap orasida qistirib o‘tdingiz. Oradan uch kun o‘tmay, qaynsinglingiz: «Nega erimni yomonlading?», deb boshingizga kelishi hech gap emas.

7. Har kimning o‘z daxlsiz hududi bor Sarhadlaringizni yaxshilab qo‘riqlagan holda ovsiningizning hududiga ham daxl qilmang. Masalan, bir hovlida turadigan ovsinlarning alohida-alohida supurgisiyu chang artadigan lattasi bo‘lgani ma’qul. Maishiy texnika ham bitta qo‘lni yaxshi ko‘radi. Kir yuvish mashinasi, gaz plitasi yoki mikroto‘lqinli pech umumiy bo‘lishi mumkin, ammo, changyutkich, fen, dazmol va televizor har kimning o‘ziniki bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ovsiningizning ro‘zg‘ori bo‘lak bo‘lsa, sizdan uzoqda yashasa, uyiga boradigan bo‘lsangiz, mehmonligingizni unutmang. Uning javonlari, oshxonasi yoki muzlatkichiga zinhor burun suqmang.

8. Qaynog‘a — og‘a emas! Ayrim kelinlar qaynisi yoki qaynog‘asi bilan haddan ortiq yaqin bo‘lgani, ya’ni ularni akasi yo ukasidek ko‘rgani xotinlariga yoqmaydi. Chunki har bir ayol erining hayotida muhim o‘rin tutadigan shaxs bo‘lishni istaydi. Turmush o‘rtog‘iga yaqin bo‘lgan har bir ayolni dushmandek qabul qiladi. Bu tabiiy hol. Tasavvur qiling, siz eringizning ayni damda qayerdaligini bilmaysiz, ovsiningiz esa biladi. Sizga og‘ir botadimi? Demak, pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa birovga, deganlaridek, qayningiz yo qaynog‘angiz haqida ovsiningizdan ortiqroq biror ma’lumot bilsangiz, ichingizda saqlang. Unutmang, uning xotini bor, siz esa shunchaki qarindoshsiz. Tanganing boshqa tomoni ham bor. Agar qayningiz yoki qaynog‘angiz bilan munosabatingiz yomon bo‘lsa, ovsiningiz orqali uni yaxshilashga harakat qiling. Ot qayoqqa yo‘rg‘alasa, arava ham shu tomon yo‘l oladi.

9. Vazminlik — bebaho xususiyat

Bir kun kelib, baribir, nizo chiqadi. Olaylik, u sizning qaysidir gapingizni noto‘g‘ri tushundi yoki qaynonangiz ovsiningizni hadeb maqtayvergani g‘ashingizga tegib, uning ko‘ngliga qattiq botadigan biror gap aytib yubordingiz. Siz ikkitani aytasiz, u ham uchtani deydi. Qarabsizki, kechagina chaqchaqlashib, norin to‘g‘rashib o‘tirgan ovsinlar bugun bir-biriga yov. Shu bois janjal chiqmasligiga harakat qiling. Mabodo, munosabatlar murakkab tus ola boshlasa, o‘zingizni bosishga va ortiqcha so‘zu xatti-harakatlardan tiyilishga intiling. Chunki jahl kelganida aql ketadi, ertaga aytganlaringizu qilganlaringizdan uyalib qolmang.

10. Nima eksang, shuni o‘rasan! Ovsiningiz sizga qanday munosabatda bo‘lishini istasangiz, avvalo, o‘zingiz ham unga nisbatan shunday bo‘ling. Ovsinlar munosabatini oynadagi aksga mengzash mumkin. Zero, nimaiki qilsangiz, o‘zingizga qaytadi. Bordi-yu, yaxshiliklaringiz o‘rniga yomonlik qaytayotgandek tuyulsa, ovsiningizning yaxshi tomonlarini, sizga qilgan yordamlarini eslang. Agar ovsiningiz chindan ham yaxshilikni bilmaydigan nonko‘r bo‘lsa, kunda jiqillashavermay, qaynota-qaynonangiz, eringiz, umuman uyning kattalari bilan maslahatlashib, sizlarni bir-biringizdan uzoqroq tutishlarini so‘rang (masalan, biringizni alohida uyga chiqarib yuborishlarini). Kunda janjallaringizdan bezor bo‘lgan kattalarning o‘zi ham shunday qarorga kelishlari mumkin. Unutmang, eng yaxshi ovsin – olisdagi ovsin. Ammo bo‘lak chiqib ketaman, deb ataydan ovsiningiz bilan urishavermang. O‘zingizning asablaringiz tamom bo‘ladi, eringiz uydan bezadi, bolalaringiz jonsarak bo‘lib qoladi...

Ovsinlar – taqdirdosh. Ular qanchalik inoq bo‘lsa, aka-ukalar bir-biriga shunchalik yaqin bo‘ladi, oiladagi o‘zaro rishtalar mustahkamlanadi. Bunday uyg‘un munosabatlar esa farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etishi, shubhasiz. Xullas, ahillikda gap ko‘p!

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot ayol.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР | Просмотров: 1243 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя