Ozish uchun aslida oddiy narsalar bizni katta natijaga olib kelar ekan.
Kuniga kamida 2 litr suv ichish; Alkogol ichimliklardan faqat qizil vino iste'mol qilish; Tongda 1 stakan suvga 1 choy qoshiq limon sharbati bilan 1 choy qoshiq asal solib ichish. Nonushtani 20 daqiqadan so'ng qilish; Har bir ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 stakan suv ichib olish. Ovqatlanish jarayonida suv ichmaslik va ovqatlanib bo'lgandan 40 daqiqa o'tgandan so'ng suv ichish; Kuniga 4-5 mahal ovqatlanish; Oxirgi nonushtani uxlashdan 3 soat oldin amalga oshirish. Bu oraliqda faqat suv, qatiq va ko'k choy iste'mol qilsa bo'ladi; Choyni shakarsiz ichish. Shakar o'rniga asal ishlatish. Kofeni qaymoq va shakar qo'shmasdan iste'mol qilish; Kartoshkani haftasiga ko'pi bilan 2 marta iste'mol qilish; Uzum va bananlarni ozayotgan payti iste'mol qilmaslik; Haftada bir marta ochlik kunini o'tkazish. Bunda faqat suyuqliklar, yengil sabzavotli salatlar va yo'gsiz qatiq iste'mol qilinadi; Kuniga kamida 30 daqiqa davomida jismoniy mashg'ulotlar qilish. Jismoniy mashg'ulotlar uchun ideal vaqt 17:00 dan 20:00 gacha. Ertalab albatta nonushta qilish; Mevalarni kunning brinchi yarmida iste'mol qilish; Tushlikda salat, sho'rva, bulyon, yog'siz go'shtlarni iste'mol qilish; Kechki ovqatga qatiq, yogurt, tvorog, dimlangan sabzavotlarni iste'mol qilish; Salatlarni qatiq, smetana yoki o'simlik yog'ida qorishtirish; Mayonez, shirinliklar, kremlar, gamburger, chipslardan umuman voz kechish; Har ovqatlanishda oz-oz(200-300 gramm)dan yeyish.
Ushbu maslahatlarga amal qilinsa, birinchi 7 kun qiyin bo'ladi, lekin keyin organizm o'rganib asta-sekin vazn yoqota boshlaydi.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot http://www.uzbaby.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|