Uch noma`lum shaxs Toshkent viloyati Parkent shahrida yashovchi fuqaroning uyiga ochiq qolgan eshik orqali bostirib kirib, uy bekasi 63 yoshli ayolni pichoq bilan qo`rqitib, qo`l oyoqlarini bog`lab, urib tan jarohati etkazib, 500 ming so`m puli, 2 dona "Nokia" mobil telefonini va "Brendi" nomli spirtli ichimligini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Parkent shahrida yashovchi ikki nafar 29-32 yoshli va Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 43 yoshli fuqarolar sodir etganligi aniqlanib, gumonlanuvchilar "issiq izida” qo`lga olindi.
Ularga nisbatan hozirda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi IIV matbuot xizmati.