Bugun baqlajon, brinza va pomidordan ajoyib pishiriq tayyorladik va uning retseptini hoziroq sizlarga ham taklif qilamiz.
Bunday yegulikni iliq holatida ham, yaxna holatida ham iste’mol qilish mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta baqlajon 4 ta pomidor 120 gramm brinza bir nechta rayhon yaqroqchalari 2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi ta'bga qarab tuz va murch qovurish uchun o'simlik yog'i Qadam 1
Baqlajonlarni uzunasiga yupqa qilib to'g'rab olamiz.
Tuz sepib, 10-15 daqiqa qoldiramiz. Qadam 2
Baqlajonlarni yuvib, quritamiz.
So'ng ozroq yog' solingan tovada qizartirib qovurib olamiz. Qadam 3
Brinza va pomidorni yupqa to'g'raymiz, sarimsoqpiyozni maydalab ezamiz. Qadam 4
Ikkita baqlajon bo'lagini x shaklida ustma-ust qo'yamiz, ustidan brinza va pomidor bo'laklarini qo'yib, tuz va murch sepamiz. Uchlari bilan yopib, ustiga yana bitta pomidor bo'lagini qo'yamiz. Qadam 5
Rayhon yaproqchasini qo'yib, tishkovlagich bilan birlashtiramiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|