Четверг, 2017-05-25, 7:07 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3285]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [314]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [73]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1770]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3043]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4762]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [657]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1987]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [119]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [162]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1063]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [123]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [752]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [228]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [88]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [13]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 522
Статистика


waplog

Онлайн всего: 133
Гостей: 132
Пользователей: 1
olgady4
Главная » 2017 » Февраль » 9 » ​Prezident Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash tizimiga bag`ishlangan videoselektor o`tkazdi

9:41 AM
​Prezident Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash tizimiga bag`ishlangan videoselektor o`tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral sog`liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazdi, deya xabar beradi O`zA.

Davlatimiz rahbari ko`rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, joylarda tibbiyot sohasidagi vaziyatni o`zgartirish ishlari talab darajasida olib borilmayotganini ta`kidladi. Buni aholidan Xalq qabulxonalari va Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan ko`plab ariza va shikoyatlar tasdiqlab turibdi.

Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo`yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.

Tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta`minlash, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo`yicha sezilarli ishlar ko`zga tashlanmayapti. Sog`liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga etarlicha e`tibor berilmayapti.

Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta`minlashning muhim omillaridan biridir. Tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi o`zgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, ma`naviyatini, mas`uliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o`zgartirish zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Qishloq vrachlik punktlari joylashuvini qayta ko`rib chiqish, samarasiz ishlayotgan punktlarni optimallashtirish, ularga sarflanayotgan mablag`larni talab yuqori bo`lgan QVPlarni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash, maqsadga muvofiqlarini poliklinikalarga aylantirish, malakali shifokorlarni rag`batlantirishga yo`naltirish zarurligi ta`kidlandi. Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlashi, vrach u erda yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga e`tibor qaratildi.

O`tgan yillarda aholini tibbiy xizmat bilan qamrab olish bo`yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Joylarda qishloq vrachlik punktlari bunyod etildi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta`minlandi. Lekin odamlar quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi. Shu bois qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarda eng yaxshi mutaxassislar ishlashi kerak. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, respublika va viloyat shifoxonalaridagi malakali vrachlar jadval asosida qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda qabullar o`tkazishi lozim, dedi Prezidentimiz. Shunda xalqimiz tibbiy xizmatdan rozi bo`ladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan markazlarning tuman tibbiyot birlashmalari, bu birlashmalarning qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalar bilan hamkorligini mustahkamlash haqida so`z yuritildi. Tibbiy xizmatning qaysi turlari bepul amalga oshirilishi va qaysilariga pul to`lanishini aniq belgilash, har bir muassasada ko`rinarli joyga yozib qo`yish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 31 oktyabrda qabul qilingan «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga muvofiq bu mahsulotlarning narxi ancha arzonlashdi. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament, tegishli vazirlik va hokimliklar vakillari ishtirokida dori-darmon vositalarining belgilangan narxlarda sotilishi nazorat qilib borilmoqda.

Prezidentimiz dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yo`l qo`ymaslik, xalq manfaatlarini ta`minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda "Ishonch telefonlari” tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berdi. Bu telefon raqamlari har bir dorixonaga osib qo`yiladi, televidenie orqali ko`rsatiladi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, sog`liqni saqlash vaziri A.Ikromov, vazirning birinchi o`rinbosari A.Hojiboev, vazir o`rinbosari E.Bositxonova, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament boshlig`i Z.Do`sanov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi M.Erniyazov, Toshkent shahri, Andijon, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Farg`ona, Buxoro, Jizzax viloyatlari hamda Bekobod, Oltiariq, Vobkent tumanlari hokimlarining axborotlari tinglandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tibbiy xizmat samaradorligini yanada oshirish, bu borada belgilangan ustuvor yo`nalish va vazifalarni bekamu-ko`st bajarish bo`yicha mutasaddilarga alohida topshiriq va ko`rsatmalar berdi. Tanqidiy tahlil ruhida o`tgan yig`ilish tibbiyot sohasini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko`tarish ishlari tizimli ravishda olib borilishi va qat`iy nazoratda ekanligini ko`rsatdi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 119 | | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017