Пятница, 2024-03-29, 5:58 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Август » 14 » QAMOQXONADA KO'RGAN-KEChIRGANLARIM… (14-seriya)

2:10 PM
QAMOQXONADA KO'RGAN-KEChIRGANLARIM… (14-seriya)
— Ana, o'ziga kelyapti! Ko'zini ochyapti!..
Kimlarningdir g'o'ng'ir-g'o'ng'ir tovushlari qulog'imga kirib bazo'r ko'zimni ochdim-da, atrofga alangladim. Yo'q, men stakanda emas, kichik bir xonada, karavotda yotardim. Tepamda oq xalatli, og'zini doka bilan yopib olgan keksaroq bir ayol, uning yonida o'zim bilgan mayor turardi.

— Xo'sh, qalaysan, yigit? — so'radi ayol peshonamdagi terlarni sochiqda arta-arta. — Xayriyat, o'tkiriga yo'liqmabsan! Omading bor ekan! Xudo xohlasa, tez orada tuzalib ketasan!

Gapirgim, nimalarnidir so'ragim kelardi. Ammo tilim so'zga aylanmas, og'zimni ochdim deguncha yo'tal tuta boshlardi.

— Urinmasdan jim yot! — menga dalda bergan bo'ldi ayol. — Hozircha issig'ing tushmadi. Senga qimirlash ham mumkin emas. Jim bo'l!..

— Hali biz sen bilan ko'p ishlar qilishimiz kerak, Murod! — deya menga achinish bilan boqdi mayor. — Sen o'lmasliging kerak! Tatyana Gennadevna, bu aristonni nima qilib bo'lmasin tuzatishingiz shart! Tuzatmaslikka haqqingiz yo'q, bildingizmi?!..

— Men qo'limdan kelgan hamma ishni qilaman! Men…

Keyingi gap-so'zlarni anglay olmadim. Tag'in yo'tal tutdi. Besh-olti marta jonim chiqib ketgudek qattiq yo'talganimdan so'ng ko'z oldim qorong'ilashayotgani, xona chir aylana boshlaganini his etdim va qo'rqqanimdan ko'zlarimni yumib oldim…

Yo'q, hali o'lishga erta! O'zimni qo'lga olishim, chidashim lozim. Shu kungacha bundan battar kunlarni ko'rgan odamga kasal nima bo'pti? Chidayman. Nafas olib tursam bas, bardosh beraman! Shunda bosh aylanishim to'xtadi. Ammo ko'nglim aynishi bosilmadi. Uch-to'rt o'qchidim…

— Tag'in hushidan ketyapti! Hushidan ketyapti! — degan tovushlarni eshitdim.

Ajablanarlisi, hammasi qulog'im ostida jaranglardi-yu, hech narsani idrok etmasdim.

 

* * *

 

Roppa rosa bir oy deganda vrachlar meni deyarli avvalgi holimga qaytarishdi. Endi hadeganda yo'talavermaydigan bo'ldim. Ko'ngil aynishi, o'qchishlar barham topib oz-ozdan ovqat yeydigan bo'ldim. Kunlarning birida palataga Anatoliy kirib keldi.

U meni aylanib boshdan-oyoq kuzatgach, qo'ltig'imdan olib karavotga o'tqazdi.

— Xayriyat, o'limga so'z bermabsan, Burgut! — dedi u yelkamga qoqib.

Hayron bo'ldim. Nega meni Burgut deb atadi? Ismimni bilardi-ku! Yo birov bilan adashtiryaptimi?

— Tushunmadim, — tilga kirdim uning ko'zlariga tik boqib, — Nega meni bunday atayapsan? Yo ismimni unutib qo'ydingmi?

Anatoliy kulib yubordi.

— Seni unutib bo'larkanmi? — dedi kulgidan o'zini to'xtata olmay. — Bratvalar senga allaqachon yangi ism qo'yib bo'lishgan. Endi sen faqat qarindosh-urug'laring uchun Murodsan, biz uchun esa Burgut, hech qachon mag'rurligini tashlamaydigan Burgutsan! Bu nom senga boshqa turmalarga tushib qolganingdayam asqotadi. Nomingga bundan keyin ham munosib bo'lishga harakat qil, bizlarni uyaltirib qo'yma, tushundingmi, yigit!

— Burgut! — yangi nomimni qayta-qayta takrorlab jilmaydim. — Yaxshi ism ekan! Rahmat senga, Tolyan, rahmat!

— Mayli, gapni cho'zmaylik. Hali zamon ketadigan vaqtim bo'lib qoladi. Endi gap bunday!.. Tezroq bu yerdan chiqib Jenya masalasini hal qilmasang bo'lmaydi.

— Jenya? Unga nima bo'ldi?

— Seni faqat kasalga chalingan desam toming ham ketib qolganmi, deyman? Birga mentlar bilan qimor o'ynaganlaring yodingdan chiqdimi?

— Ha-a!

Haqiqatan bu voqea umuman xayolimdan chiqib ketgan ekan. Esladim-u, ichimga muz yugurgandek bo'ldi.

— Men iltimos qilib turib olgani uchun borganman, — dedim sovuqqonlik bilan. — Yolg'iz o'zi borishga qo'rqqandi.

— Hammasidan xabarim bor. Yonidaliging chatoq bo'pti. Bir o'zi borib mentlarning qo'lida o'lib ketishi kerak edi.

— Endi uni nima qilmoqchisizlar?.. — so'radim o'g'riboshidan.

— To'xta! — deya kutilmaganda o'rnidan turib ketdi Anatoliy. — Jenyani qo'yib turaylik, shundog'am adabini yeb yuribdi. Sen-chi, tezroq bu yerdan chiqib boshqa ish bilan shug'ullanasan.

— Qanaqa ish? g'altismi?

— Qaltisi bo'lmasa senga aytarmidim?

— Gap yo'q, Tolyan! — dedim yelka qisib. — Doimo yaxshi insonlarning xizmatiga tayyorman!..

— Qoyilman senga! — dedi Anatoliy mamnunligini yashira olmay. Keyin meni mahkam quchoqlab oldi. — Shunaqangi dangalchiliging uchun senga haykal qo'ysam arziydi. Endi quloq sol. Gapning indallosi shuki, uch-to'rt kundan keyin bir ilojini qilib seni sanchastga o'tkazib yuboraman. U yerda tanishlarim bor. O'shalar orqali pul, hujjat, mayda-chuydalar bilan ham ta'minlayman. Bir-ikki kunga ozodlikka chiqib kelishingga to'g'ri keladi. Do'stimning qasosini olish vaqti yetdi. Xo'sh, nima deysan?

— Ozodlikka dedingmi? — shu birgina so'z quloqlarim ostida jarangladi-yu, ko'z oldimda yana Yelenaning siymosi gavdalanib, yuragim hapqirdi va «Elenamni bir ko'rsaydim!» deya oh tortdim.

— Yelena? Kim u? — so'radi Tolya hech narsaga tushunmay. — Tanishingmi?

— Ha, tanishdanam azizroq. SIZOda ishlab ketgan.

— Yomonsa-an Burgut! — ko'rsatkich barmog'ini siltadi suhbatdoshim. — SIZOdayam tinch yurmabsan-da!

Shu tobda turmamiz nazoratchilaridan biri ichkariga mo'ralab, yo'talib qo'ydi-da, dedi:

— Tolyan, ketmasak bo'lmaydi! Halizamon boshliqlar obxodga chiqib qolishsa gap tegishi mumkin!

— Mayli, qarindosh, — Tolyan o'rnidan turib yelkamga qoqdi. — Tezroq tuzal! Qolganini xatada gaplashamiz!

Nihoyat, butkul tuzalib qadrdon kameramga qaytdim.

Kameraga butkul begona aristonlarni joylashtirishibdi. Jenya negadir ko'rinmadi.

Barchalari bilan bir-bir tanishib chiqqach, o'zim uchun ajratilgan birinchi qavatdagi karavotga cho'kdim. Shu ondayoq kimdir eski gazeta to'shab dasturxon soldi. Ko'z ochib yumguncha dasturxon usti yegulikka to'lib ketdi. Hatto kimdir ko'rpasi ostini kovlashtirib bir shisha aroq ham chiqardi. Menga qarama-qarshi tomondagi karavotda o'tirgan Mishiqi laqabli ariston esa yugura kelib oyog'imdagi poyabzalni yechib oldi.

«Ha, Tolyanning gapida jon bor, — xayolimdan o'tkazdim yelib-yugurib xizmat qilayotgan aristonlarni kuzatarkanman. — Rostakamiga obro'm oshgan ko'rinadi. Shunday bo'lishi kerak edi. Bu darajaga yetish uchun ozmuncha azob chekdimmi…»

Qo'lim bilan imlab past bo'yli, yoshi o'ttizlardan oshgan aristonni yonimga chorlab, so'radim:

— Jenya qaysi kamerada?

Bu so'rog'imni eshitgan boshqa aristonlar ham harakatdan to'xtab, tepamda hozir bo'lishdi.

— U yo'qolib qoldi, — javob qildi Mishiqi.

— Qaerga yo'qoladi? Ignamidi yo'qolib qoladigan?

— Bilmadim, karserda deyishgandi. Ammo u yerda yo'q, men surishtirib ko'rdim. Aytishlaricha, uni turma mashinasida qaergadir olib ketishibdi. Shundan beri yo'q…

Hali u gapini tugatib ulgurmay kamera tuynugi ochilib, nazoratchining ovozi keldi.

— Sharipov, tez elliginchi kameraga borarmishsan! Seni kutishyapti!

Nazoratchining gapini eshitdim-u, negadir ko'z o'ngimda malla sochlarini yoyib olgancha Yelena hozir bo'ldi. Xayolga toldim. Qarashlari g'amgin, yig'laganmi, yuzlarida yosh tomchilari yiltillardi. U bir zum menga tikilib turib, asta bag'riga oldi. Yelena meni qattiq quchar, «O'zimning baxtsizim! Omadsizim! Daydiginam!» deya alqardi.

— Yo'q, sen bevafo, shafqatsiz ayolsan! — to'satdan uni o'zimdan itarib tashladim. — Qoch! Ket! Turma boshlig'ining tizzasida erkalanib-erkalanib, endi mening oldimga chopib keldingmi? Nima, xotini sezib qoldimi? Yo aytgan narsangni olib bermadimi? Balki boshqasini topvolib, seni haydab solgandir?..

Bu gapim Yelenaga qattiq botgani silkina-silkina yig'layotganidan ma'lum edi.

Yo'q, yaqin o'tmish yodimga tushgandan beri unga nisbatan qalbimda zarracha shafqat hissi qolmagandi. Hayotda ayol yig'isiga toqat qila olmaydigan odam hozir qilt etmasdim. Bo'shab qolgan qo'llarim oldinga cho'zilmas, tilim go'yo tanglayimga yopishib qolgan kabi sukut saqlar, faqat asabiy titrardim.

— Men sen o'ylaganingdek buzuq ayol emasman! — o'rtadagi jimlikni buzib yig'i aralash dedi Yelena. — Sen qattiq adashyapsan! Kelib-kelib seni aldaymanmi, tentakkinam? Seni-ya? Ko'r bo'lib qolmaymanmi shu ondayoq? Axir sen meni deb shuncha azoblarga giriftor bo'lib yuribsan-ku!..

— Uzr, seni sanchastga joylashtirishning iloji bo'lmadi! — dedi Tolyan hali kursiga o'tirib ulgurmasimdan. — Bunga hojat yo'q emish.

— To'g'ri aytishibdi, — dedim pinagimni buzmay, — Men soppa-sog'man. Sanchastda pishirib qo'yibdimi endi. Xo'sh, qanday topshiriq haqida gapirganding, Tolyan?

— Ha, seni bir ozodlikka chiqarib, picha dam bermoqchi edim.

— Bu ishing uchun senga qancha minnatdorchilik bildirsam arziydi, Tolyan!

— Lekin biroz qaltis ishga qo'l urishing zarur bo'ladi.

— E, bu nima deganing? Men uchun qaltis ish qolibdimi bu dunyoda? Aytaver, do'stim, aytaver! Nima bo'lgandayam, senga yo'q demayman.

— Bilasanmi… — Tolyan biroz o'ylab turgach, davom etdi. — Bir savdogar xotin bor. O'sha yaramas menga ulush berib turadigan universal do'konni taftishchilarga chaqibdi. Taftishchilar hisob-kitob ishlarini ag'dar-to'ntar qilib, do'kon direktoriga qo'shib, ikki sotuvchini ham qamab qo'yibdi. Shu taftish bahona menga o'lpon beradigan boshqa do'konlarni ham muhrlab ketishibdi ablahlar! Xullas, o'sha qanjiq men bilan raqobatlashmoqchi bo'libdi.

— Uni tanirmiding?

— Albatta, taniyman. Ishonsang, bir paytlar oddiy bozorchi edi. Eski-tuski kiyim-kechak sotib kun ko'rardi. Qachon qarama, mendan qarz so'ragani so'ragan edi… Endi bo'lsa, yaxshilikni bilmagan megajinning ishini ko'rsang-chi!

— Shunaqa degin? U holda bu ishni shunday qoldirib bo'lmaydi, ayol kishiligiga ham qaramasdan uni jazolash kerak!

— Faqat ehtiyot bo'lgin, Burgut! — uqtirdi Tolyan. — Bratvalarning aytishlaricha, u mansabdor mentlardan birining jazmani emish. Bilasan-ku, undaylardan har baloni kutsa bo'ladi.

— Tashvishlanma! — dedim ishonch bilan. — Shunday qilamanki, tug'ilganiga pushaymon bo'ladi.

— Barakalla!.. Nasib bo'lsa, Burgut sen bilan hali buyuk ishlarni qilamiz. Bexavotir ishlayver, yaqinda seni turma bo'yicha mas'ul etib tayinlayman.

— Nima? Meni?..

Bunday gapni kutmaganim uchunmi, ko'zlarimni katta-katta ochib, Tolyanga hayrat aralash tikilib qoldim.

— Jenya-chi? U…

— Unut o'sha Jenyani!.. — Tolyan aftini bujmaytirib teskari qaradi. — Uning bir-ikkita ishkali bor ekan. Adabini yeb yuribdi!

— Tolyan, unga nima bo'ldi o'zi?.. Yo'qolib qolganmishmi?..

— Ha, — Tolyan bir kerishib olib stol ustidagi konyakdan qadahlarga quydi, — Berkitib qo'yganmiz… Yaxshisi, bu haqda kamroq surishtir. Sening ishing boshqa. Jenya qilmishiga yarasha jazolanyapti. Kel, sog'ayib ketganing uchun olaylik!..

 

* * *

 

Tolyan ikki kun ichida meni yashirincha ozodlikka chiqarishga va'da berdi. Faqat qisqa muddatga. Uch kungina shaharga borib kelarkanman, xolos. O'ylab ko'rsam, bu muddat Yelenani qidirib topishim uchun ham yetarkan. Eh, koshkiydi uni atigi bir ko'rsam. Birpasgina jamolini tomosha qilib o'tirishga-da, rozi edim.

Shunday shirin o'ylar og'ushida kameraga qaytdim.

Kameradoshlar Vasya degan pakana, malla aristonni o'rab olgancha tek turishardi. Vasya kursida o'tirib, kiraverishdagi karavotda yotgan kasalmand, keksa aristonni o'tqazib qo'yib oppoq qog'ozga uning suratini chizardi.

Darvoqe, Vasya cho'ntakkesarlik qilgani uchun yetti yilga qamalgan edi. O'zi turmaga yaqindagina kelgan. Ammo tez kunda hamma bilan til topishib ketdi. Faqat mahmadonaligi menga yoqmagani sababli tez-tez kamerani tozalashga, yarim tungacha oyoqlarimni uqalashga majbur qilardim.

Men ham boshqalar qatoriga turib uning ishini kuzata boshladim. Haqiqatan Vasya suratni boplab chizar ekan. Qariyaning har bir jihati qog'ozda xuddi o'zidagidek aks etdi. Vasya ishini tugatgani hamono aristonlar baravariga qarsak chalib uni olqishlay ketishdi.

Meni yana o'tmish xotiralarim shamoli qaerlargadir olib ketdi… Ha, men ham bir vaqtlar mashhur odam bo'lishni orzu qilardim. Kim bo'lishimni fahmlay olmasdim-u, ammo hamma meni olqishlashini xohlardim. Afsus… Mashhurlik tugul biror arzirli hunarning boshini tuta olmadim. Qo'limdan mushtlashish-u, odam o'ldirishdan bo'lak hech vaqo kelmaydi. Manavi yigitcha esa odamning havasi keladigan suratlarni chiza olarkan. Qiziq, nega unda cho'ntakkesarlik qildi? Surat chizib pul topsa, tinchgina oilasi davrasida yashayversa bo'lmasmidi? Bilmadim… Bilmadim…

Yigitga qanchalar havas qilmay, tan bermay, sir boy berishga haqim yo'q, zo'rligimcha qolishga majbur edim.

— Ayt-chi, rassom, yalang'och ayolning suratini chiza olasanmi? — so'radim Vasyaning yelkasidan bosib.

— Albatta, — dedi Vasya bosh egib, — Chiza olaman.

— Unda chiz! — buyurdim unga. — Qani, hammang joy-joyingga bor! Rassomga xalal berma!..

Aristonlar itoat bilan joy-joylariga tarqalishdi. Men bo'lsam, Vasyaning ishtiyoq bilan surat chizishini kuzata boshladim.

Oradan yarim soat o'tib, nihoyat Vasya qo'limga yalang'och ayol surati tushirilgan oppoq qog'ozni tutqazdi. Ajabo!.. Bu surat ayol emas, balki bir malakning surati edi!

— Qara, — tepamga birinchi bo'lib kelgan mishiqiga suratni ko'rsatdim, — Rassom farishtaning suratini qog'ozga tushiribdi. To'g'rimi-yo'qmi?..

— H-ha… Gaping to'g'ri, Burgut! — oh tortdi Mishiqi. — Bu suratda chindan ham ilohiy go'zal qiz aks etgan!.. Vasya, o'zini taniysanmi bu qizning?

Vasya yerga boqqancha bosh chayqadi.

— Ha, taniyman… U sevgan qizim edi.

— Nima?.. Tushunmadim, — dedim Vasyaning ikki yelkasidan tutib.

— Ha, shunday, — dedi Vasya xo'rsinib. — Men uni faqat sevardim, xolos.

— Uni shunchalik sevgan ekansan, nega uylanib qo'ya qolmading?

— Istamadi… Menga o'xshagan o'g'riga tegishdan or qilarmish.

— O'zi shunaqa dedimi?

— Ha.

Bu gaplarni eshitgach, Vasyani mahkam quchib oldim.

— Sen xafa bo'lma, — dedim uning kal boshini silab, — Yaqinda o'sha sevgan qizingning vasliga yetasan. Men senga va'da beraman.

— Albatta! — baravariga qichqirishdi aristonlar.

 

* * *

 

Tolyan aytgan so'zida turdi. Oradan ikki kun o'tmay u taqdim etgan hujjat va pullarni qo'limga olib, turmaning og'ir darvozasidan katta ko'chaga chiqdim. Shubhasiz, meni kuzatib chiqqan xomsemiz nazoratchi ham ulushini olgan. Shu sababli ostona hatlab tashqariga chiqqanimdanoq u atrofni tez kuzatib oldi-da, darvozani ichkaridan yopdi.

Shu tobda xavf ta'qib etishi muqarrarligini, bu yerda uzoq turib qolish umuman mumkin emasligini bilsam-da, negadir nari ketishga shoshilmadim. Ozodlikning musaffo havosidan to'yib-to'yib nafas oldim. Tizzaga yetib qolayozgan oppoq qordan bir hovuchini olib yuz-ko'zlarimga ishqaladim. Qanday totli bu onlar! Bu hayajonmidi, quvonchmidi, idrok etmasdim! Nuqul yig'lagim, ovozim boricha dod solgim kelardi. Lekin tez orada o'zimni tutib, bir-ikki bosh silkib oldim-da, yo'l tomon ketdim.

Turmadan uncha ko'p uzoqlashmay turib qora «Volga»ga duch keldim. Bu mashina Tolyanga tegishli. U meni kutib turibdi. Kavkazlik uzun bo'yli mo'ylovdor haydovchi meni ko'rdi-yu, mashinaning orqa eshigini ochdi. O'tirdim. Tanishdik. Ismi David ekan.

— Seni, og'ayni, o'sha Nastyaning uyiga olib borib qo'yaman-u, ketaman, — dedi David. — Tolyan shunday tayinlagan. Mana buni esa olvol. Asqotib qoladi.

U qo'limga to'pponcha va yana bir qora sumka tutqazdi. Qurolni birinchi marta qo'limga olishim edi. U yoq-bu yog'ini aylantirib ko'rgan bo'ldim. Ochig'i, umrim bino bo'lib bunaqa qurolni ushlab ko'rmaganman. Hatto, qanday foydalanishni ham bilmayman.

— Ustidagini o'zingga bir tortsang, o'qlanadi, — uqtirdi David holatimni payqagandek kulimsirab. — Keyin nishonga to'g'rilab tepkini bosasan. Tamom-vassalom! Ovoz pasaytirgich sumkaning ichida.

— Ochig'ini aytsam, — dedim to'pponchani yon cho'ntagimga joylab, — Men tig' bilan tillashishga odatlanganman.

— Bu sening ishing. Aytgancha, Nastyani qay yo'l bilan jazolamoqchisan?

— Bu mening ishim, — javob qildim qaysarligim tutib.

— Ha-ya, kechir!.. Anavi… Sumkada barcha kerakli asbob-uskuna bor. Harqalay, sening ishingda ular, albatta, asqotadi.

Bilardim, David ham men bilan oldindan g'oyibona tanishtirilgan. Kimligimni, nimalarga qodirligimni yaxshi biladi. Shuning uchun o'zini kamtar tutyapti. Aks holda bu kabi o'g'ri, bosqinchilar uncha-munchasiga so'zini berib qo'yadiganlar xilidan emas…

Eldek uchib borayotgan mashina oynasidan tashqaridagi miltillagan chiroqlarga, g'iz-g'iz o'tib turgan turnaqator mashinalarga bepisand ko'z tashlab olib, boshimni orqaga tashladim. Bir zumda ko'zimni uyqu bosdi.

 

* * *

 

Nihoyat, manzilga yetib bordik. Nastya shahar chetrog'idagi tor ko'chada yasharkan. Men avval baland devorlar bilan o'ralgan hovli atrofini erinmasdan aylanib chiqdim. Ko'cha tarafdan devor oshib tushish qaltisroq tuyuldi. Yo'lga yaqinligi bois tez-tez mashinalar u yoqdan-bu yoqqa g'izillab o'tib turibdi. Mashina chirog'i shu'lasi devorni yoritganda meni kimlardir payqab qolishlari mumkin. Shu sababli hovliga tomorqa orqali kirishga qaror qildim.

Mendek bo'ydor odam uchun bu taxlit baland devorlardan oshib o'tish qiyinchilik tug'dirmaydi. Asosiysi, hovlini itlar qo'riqlashmayotgan bo'lsa bas. Bordi-yu, shunday bo'lgan taqdirda…

Shosha-pisha yelkamdagi qora sumkani ochib, ichidagilarni fonarcha yorug'ida tekshirib ko'ra boshladim.

— O', mana buni professionalcha ish desa bo'ladi!

Sumkaga lattaga o'ralgan bir necha dona kolbasa va go'sht bo'lagi solingan ekan. Axir, bekorga solinmagan, avvaldan ehtiyot choralari ko'rilgan. Demak, hech narsadan xavotirlanmasam ham bo'ladi. Sumkani qaytadan yelkamga ilib, fonarni cho'ntakka urdim va bir sakrab devordan hovliga oshib tushdim.

Xayriyat, jimjitlik ekan. Oyoq uchida yurib borib hovliga kirdim. Ikki qavatli oddiygina uy. Yuqori qavatning o'ngdagi xonasida chiroq o'chirilmagan. Ha-a, bundan chiqdi, uy egasi o'sha yerda! Faqat uni cho'chitib yubormasdan sekin harakat qilishim lozim, aks holda ish buziladi.

Ehtiyotkorlik bilan marmar zinalardan yuqoriga ko'tarilib, kerakli eshik oldida to'xtadim-da, uni sekingina itarib ko'rdim. Ichkaridan qulflangan ekan. Oyna ostidan ichkariga quloq tutdim. Sukunat.

Hammasi joyida ekaniga amin bo'lgach, sumkadan qulf buzishda ishlatiladigan asbobni olib qulfga soldim va bir-ikki pastga, yuqoriga ko'targan bo'ldim. Qulf buzildi. Cho'ntagimdagi to'pponchani qo'limga olib, sumkadagi ovoz pasaytirgichni uchiga mahkamladim-u, ostona hatlab yo'lakka o'tdim.

Ana shunda xonalarning biridan kimningdir tovushi eshitildi.

— Kim? Vitya, senmisan?..

Ko'z ochib yumguncha ro'paramda tungi yaltiroq xalatga o'rangan, kelishgan, sochlari qoraga bo'yalgan, moviy ko'z, yoshi chamasi o'ttiz beshlardagi ayol paydo bo'ldi va qo'lida to'pponcha tutgan erkakni ko'rdi-yu, jonholatda o'zini orqaga oldi.

— Qo'rqma, sohibjamol! — shivirladim tobora unga yaqinlashish asnosida. — Men sening baxtingman, eshityapsanmi? Seni puli ko'p, baquvvat jazmanga zor ekan deb eshitib, to'ppa-to'g'ri uyingga kelaverdim. So'roqsiz uyinga kirganim uchun, albatta, uzr so'rayman!..

— Ket!.. Kimsan? Ket!.. Hozir militsiya…

Epchillik bilan Nastyani quchoqlab kaftim bilan og'zini yopdim.

— O'zing ham ja… ketvorgan ekansan, — davom etdim. — Militsiyani bezovta qilishning nima zarurati bor? Kel, undan ko'ra, kayf-safo qilamiz.

— Sizga nima kerak!.. — yig'lay boshladi ayol. — P-pul kerak bo'lsa ana shkafda turibdi. Faqat menga tegmang!

— Shunaqami? Puling shunchalik ko'pmi?..

Uni ikki yelkasidan changallab xonaga sudrab kirdim-da, divanga itqitib yubordim.

— Kimsiz?! — titrashga o'tdi ayol. — Kim yubordi sizni bu yerga? Maqsadingiz nima?

To'pponchani cho'ntakka urishga shoshilmay ayolning tepasiga yaqin bordim.

— Tolyandan senga alangali salom! — dedim Nastyaning uzun kokillarini barmoqlarim bilan silab. — Seni juda sog'inibdi. Qadrdonlarni bunchalik sog'intirib qo'yish insofdan emasligini aytishimni tayinlab yubordi.

— Kim u Tolyan? Men hech qanday Tolyanni tanimayman.

— Yo'g'-e! Nahotki shunday kelishgan, ko'rinishi jon olguvchi ayolning xotirasidan shikoyati bo'lsa?

Ayol osonlikcha tilga kirmasligiga ko'zim yetib to'pponchani uning tomog'iga tiradim. Nastyani battar titroq tutdi.

— Xo'sh, esladingmi? Gapir, sohibjamol! Tezroq gapirmasang, jahlim chiqib, yomon odamga aylanib qolishim mumkin.

— Unga nima kerak ekan mendan? — nihoyat savolimga savol bilan javob qaytardi Nastya.

— Hech narsa. Faqat uning do'konlardan oladigan ikki yillik ulushini hozir berib yuborishing zarur. Qanchaligini o'zing yaxshi bilasan.

— Undan qarzim yo'q.

— E, yo'-o'q!.. — bosh chayqadim to'pponchani ayolning tomog'iga qattiqroq tirab. — Juda qarzing bor-da! Sening dastingdan Tolyanning ulushi kamayib ketgan, chunki sen uni mentlarga sotib qo'ygansan. Natijada uning odamlari hibsda yotibdi!

— Baqirmasdan to'pponchangni ol! — dedi Nastya qo'limni nari surib. — Baribir shu tobda uncha pulni topib bera olmayman.

— Topasan! — dag'dag'a qildim ayolga. — Jon kerak bo'lsa, albatta, topasan. Senga bor-yo'g'i besh daqiqa muhlat! Shu vaqt ichida Tolyanga aytgan pulni bermasang, keyin o'zingdan o'pkala! Bu ish men uchun xamirdan qil sug'urganday gap.

— Yo'q, y-yo'q!.. — Nastya to'pponcha tutgan bilagimga mahkam yopishib, yolvora boshladi. — O'ldirma, yaxshi odam, o'ldirma!

— Qaerdan olding bu gapni? — uning qo'lini mahkam siqdim. Ayol labini mahkam tishladi, ko'zlari katta-katta ochilib, menga javdiradi. Ko'rdimki, Nastya ham boshqa ojizalar kabi og'riqni, qiynoqlarni ko'tara olmaydi. Demak, har qanday shartni so'zsiz ado etadi.

— Yaxshi odam emish… — deya qulog'iga pichirladim. — Sen Tolyanning kimligini bilarding-ku!.. Bilib turib shu qandni yeb yuribsanmi?

— Men qaerdan bilibman? — yig'i aralash javob berdi Nastya. — Qamaldi, tamom, endi qaytib chiqmaydi deb xayol qilibman!..

— Men Tolyanning yaqin do'stiman. Agar hoziroq u aytgan pulni topib bermasang, o'ligingni ham izlab topa olishmaydigan qilib ketaman, — ayolni po'pisaga ola boshladim. — Shundog'am suhbatimiz cho'zilib ketdi. Xo'sh, ma'qulmi?

— Men… Men hozir buncha pulni topib bera olmayman. Nega ishonmaysan? Hamma pullarim bankda turadi. Kechasi bank ishlamaydi-ku!..

— Tez qo'ng'iroq qil! — buyurdim unga.

— Kimga?

— Buni o'zing bilasan. Lekin uzog'i bilan bir-bir yarim soat orasida pullar qo'limda bo'lishi kerak. Faqat ogohlantirib qo'yay, pul olib kelganlarni ichkariga kiritmaysan. Darvoza oldida xayrlashib qo'ya qolasan. Katta partiya mol kelib qoldi, ko'tara xarid qilmasam boshqa birovga berib yuborisharkan, deysan. Xullas, senga o'rgatishning keragi yo'q, bu yog'iga bir artistligingni ko'rsatib yuborasan, tuzukmi?

— Xo'p, xo'p!.. Aloqa qutisi bor. O'shaning ichida qoldirib ketishadi.

— Qimirla! Esingda bo'lsin, dod solsang, tamomsan! Menga farqi yo'q, chunki…

— Tushundim, aytganingizdek qilaman…

Nastya nazoratim ostida kimgadir qo'ng'iroq qilib, talab qilingan pullarni tezda olib kelishini tayinladi. Shundan so'ng divandagi choyshablar bilan ayolning qo'l-oyoqlarini isitkich quvuriga mahkam boyladim-da, biroz xotirjam tortdim.

To'g'risi, shu tobda juda-juda ochiqqan edim. Ayol qo'lbola kishandan xalos bo'la olmasligiga yana bir karra amin bo'lgach, muzlatkichdan biror yegulik topish niyatida oshxonaga o'tdim.

Muzlatkichda bir shisha aroq, kolbasa bor ekan. Aroqdan ichib, gazagiga kolbasa kavshadim. Aroq kayfidanmi, yo boshqa sababmi, bilmadim, beixtiyor niyatim buzildi. Ko'z o'ngimda Nastyaning yarim ochiq jussasi, siynalari, qalin, bo'yoq yarashib tushgan lablari gavdalandi. Jonholatda qo'limdagi kolbasani stol ustiga tashlab o'rnimdan turdim-u, zalga chiqdim.

Eh, ayni pallada a'zoyi badanim qizib qonim junbushga kelayotgan edi. Ikki hatlab zalda hozir bo'ldim.

Nastya og'riq zarbidan bo'lsa kerak, qur-qur ihlab qo'yardi. Sutdek oppoq badan sohibasiga suq aralash boqarkanman uning ihlashi ham yoqimli tuyulib ketdi. Uni «kishan»dan xalos etish niyatida egildim. Shu tobda negadir oyoq-qo'llarim bo'shashib, qaytadan gavdamni tikladim. Xayolimda kimdir bizni kuzatayotgandek hushyor tortib, orqaga tislandim.

"Nima qilmoqchiman o'zim?.. Birovni sevib, boshqasi bilan aysh qilmoqchimanmi hali? To'g'ri, vahshiylashib bo'lganman. Birov bilan mushtlashayotgan onlarda hatto seskanib ham qo'ymayman. Ammo… Qalbim o'zimda-ku! Mana, vujudimda potirlab turibdi yuragim!.. Nega potirlayapti? Hayajonlanyaptimi? Yo'q, u isyon ko'taryapti. Yelenaning xotirasiga sodiq ekanini yana bir karra isbotlash ilinjida potirlayapti…

Ha, bunday yo'l tutishga haqim yo'q! Ikki daqiqalik oromni deb xayolimdagi farishtamning yuziga oyoq qo'yamanmi? Ertaga unga qay ko'z bilan boqaman? Nima deyman? Uni ham Nastyani erkalaganim kabi silab-siypaymanmi?..”

Niyatimni sezib har lahzada men tomon bosh burib javdirayotgan Nastyaga hissiz nigoh tashlab, indamasdan oshxonaga qaytdim-da, yana kolbasa kavshashda davom etdim. Keyin boshimni muzdek oynaga bosish maqsadida oshxona derazasiga qarab yurdim. Pardani surib, boshimni oynaga yaqinlashtirkanman, ko'cha boshiga ovozsiz kelib to'xtagan mashinaga ko'zim tushdi. Ne ko'z bilan ko'rayki, oradan hech qancha vaqt o'tmay o'n chog'li qora niqob kiyib, qo'llariga avtomat ushlagan harbiy kiyimdagi kishilar hovliga kirib, to'rt tarafni o'rab olishdi.

— Obbo qanjig'-ey! — ko'z ochib-yumguncha Nastyaning tepasida paydo bo'lib tomog'iga to'pponcha tiradim. — Hali sotganmiding? Meni, Burgutni-ya?..

— S-sen nima deb o'ylovding? — nafrat aralash boqib so'z qotdi u. — Pullarini indamasdan qo'limga tutqazib qo'yadi deb xayol qilganmiding? Endi o'zingdan ko'r!

— Tez yashirin yo'lni ayt! — garchi titrayotgan bo'lsa-da, atayin to'pponchani pisand qilmayotganini payqab, cho'ntagimdagi uzun sopli pichoq chiqardim. — Tez bo'l! So'yaman!

Albatta, ayol tugul, manaman degan erkak ham bunday manzaraga shunchaki qarab tura olmaydi. Ajali yaqin ekanini his etib, Nastya ham jazavaga tushdi.

— Pichog'ingni ol, yolvoraman! Menga tegma!

— Tez bu yerdan chiqib ketish yo'lini ayt! — bu safar ovozim har galgidan ham tahdidli yangradi.

— Yotoqdagi derazani och, yuk mashinasiga ko'zing tushadi. Yuraging betlab hatlasang, qutulib qolganing, boshqa yo'l yo'q! — dedi xirillab Nastya.

— Meni kechir, va'da berib qo'yganman, — dedim yelkamga sumkani osib, — Endi uni bajarmasam bo'lmaydi.

Bu gapni eshitib Nastyaning rangida umuman qon qolmadi. Yotoqqa qarab yo'nalishdan avval uning qulog'iga sekin pichirladim:

— Men ketyapman, lekin, albatta, qaytib kelaman. Chunki shu paytgacha so'zidan qaytgan yigit emasman. Tolyanga berishing kerak bo'lgan pulni tayyorlab qo'y, shunda senga ziyon yetmaydi.

Shu payt tashqarida shovqin kuchaydi. Vaqtdan unumli foydalanish uchun yugurgancha o'zimni yotoqqa urdim.

(davomi bor)

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 776 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя