Четверг, 2024-03-28, 7:53 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Август » 3 » QAMOQXONADA KO'RGAN-KEChIRGANLARIM… (5-qism)

10:08 AM
QAMOQXONADA KO'RGAN-KEChIRGANLARIM… (5-qism)
Ikki kun ichida it bilan do'stlashib qoldik. Men unga «Sharik» deb laqab qo'ydim. Hamrohim sira yonimdan jilmas, olis-olislardan shubhali tovush qulog'iga chalindimi, tamom, darhol tashqariga chopib chiqib vovillay boshlardi.
Kun peshindan oqqanda ko'zim ilingan ekan. To'satdan uyg'onib ketdim-u, chap yonimga o'girildim. Negadir it ko'rinmasdi. Tashqarida bo'lsa kerak, degan xayol bilan birpas jim yotdim. Ammo Sharikning tovushi kelmadi.

Bezovtalanib jonholatda tashqariga otildim. Afsuski, u yo'q edi.

— Sharik!.. Qaerdasan, Sharik?.. — pastroq ovozda uni chaqirarkanman, uycha atrofini aylanib chopar, yuragim qo'rquvdan dir-dir titrardi.

Shu ko'yi oradan yarim soatcha vaqt o'tdi. Men tasodifiy hamrohimdan butkul umidimni uzdim.

"Ha, o'zi shunaqa, — o'ylardim alam bilan labimni tishlab. — Itlar ham odamlarga o'xsharkan-da! Qorni to'ydi, sovuqdan o'lmadi. Endi haqiqiy egasini qidirib ketgandir-da!..”

Boshimni eggancha ichkariga kirdim. Bir chetda yumalab yotgan konservaga boqdim. Yo'q, hech narsa yeyishni xohlamasdim. Xo'rligim kelib, to'yib-to'yib yig'lasam derdim…

 

* * *

 

Bir mahal… Tashqaridan Sharikning vovillagani qulog'imga chalinganday bo'ldi.

Hovliqib tashqariga chiqdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, qadrdonim ikki-uch metr narida turar, oldida kattakon bir qush dumalab yotardi.

Sharik meni ko'rdi-yu, yugurgancha kelib oyog'imdan tishlab tortqilay boshladi.

— Obbo sen-ey! — kulib yubordim uning yunglarini siypalab. — Qush ovlab kelibsan-da!.. Men bo'lsam, sendan ayrilib qoldimmi deb o'tiribman.

Itning xohishiga bo'ysunib qushni qo'limga oldim. Ha, bunday qushlarni ilgari ham ko'rganman. Mana shunday go'shtdor bo'lishadi. Agar sho'rva qaynatilsa, juda mazali bo'lsa kerak.

Shosha-pisha uychaga kirib pichoq olib chiqdim va qushning boshini kesib, hash-pash deguncha patlarini yulib oldim.

— Ie, bu nima?.. — qushning tanisini ikki bo'lakka ajratayotib, ichidan mayda-mayda, yaltiroq toshchasimon qattiq buyumlarga ko'zim tushdi. — Qiziq, sap-sariq, yaltiroq… To'xta, bu tilla emasmi? Boshqa toshlar sariq bo'lmaydi. Ha, tillaga o'xshaydi… Adashmasam, avvallari kimdandir eshitganman. Aynan shu qushlar Priobi, Nijniy Tagil taraflardagi kichik daryolar sohillarini kezib tilla zarralarini yutisharkan. Bu yer qaysi joy? Nijniy Tagilmi, Priobimi?.. Nahotki, daryo yaqin bo'lsa?..

— Sharik, — dedim itning boshini silab. — Ikkalamiz hoziroq ovga chiqishimiz lozim. Agar shu qushlardan o'n-o'n beshtasini tuta olsak, omadimiz keldi deyaver. Boyib ketamiz. Bir hovuch tillamiz bo'lsa, bilasanmi, nima qilamiz? Uy quramiz, mashina sotib olamiz… Ketdik!

It ham go'yo meni tushungandek, ortimdan ergashdi.

 

* * *

 

O'rmon ham go'zal, ham qo'rqinchli edi. Men umrimda ko'rmagan botqoqliklardan kechib o'tishga mahkum edim. Yaxshiki, Sharik oldinda borar, men faqat uning izidan yurardim.

Yo'l-yo'lakay mayda-mayda, qip-qizil o'rmon mevalaridan, kedr yong'oqchalaridan to'yguncha yedim. Botqoqlik ustida o'sib, butun o'rmonga ko'rk bag'ishlab turgan gullarga boqib ko'zim yashnadi.

Shu ko'yi biz o'n chaqirimcha yo'l bosib, nihoyat kichik bir daryo bo'yidan chiqdik.

Sharik sohilga yetganimizdanoq, uyoqdan buyoqqa chopib sohilda kezib yurgan qushlarni quvlashga tushdi.

U quvlaganda ham juda ehtiyotkorlik bilan, haqiqiy ovchilarga xos harakatlarni sodir etardi. Qaysi qushni mo'ljalga olsa, avval emaklab unga yaqinlashar, paytini topdimi, kutilmaganda tashlanib, tappa bosardi.

"Ha, oddiy jaydari itlar bu ishni bir umr uringanda ham qila olishmaydi! — ko'nglimdan o'tkazdim men. — Buni boqib olgan odam erinmay ovga o'rgatgan ekan-da!.. Qara, har bir harakati hisob-kitobli!.. Men shu ikki metr bo'yim, bilagim to'la kuch bilan ham bu qadar ov qila olmayman…”

Ko'z ochib yumguncha u qushlarning oltitasini chalajon holatda oyoqlarim ostiga keltirib tashladi. Men ham qarab o'tirmay, qushlarning boshini kesib uychadan topgan xaltachaga joylab qo'ydim.

Bu kecha biz Sharik bilan rostakamiga ziyofat uyushtirdik. Qushlarning hammasini qozonga bosib dimlama pishirdik.

— Endi, tilsiz do'stim, shu atrofdan biror kimsani topsak yomon bo'lmasdi. — dedim tashqariga chiqib uchqunlay boshlagan qorni kuzatarkanman. — Bu ketishda so'zlashishni unutib yuborish ham hech gapmas. Sen yonimda ekansan, mushkulim oson bo'lishiga aminman. Mayli, hozir yotib uxlaylik! Erta tongda yo'lga tushamiz.

 

***

 

Erta tongda — hali yerga yorug' tushib-tushmasdan men Sharikni yonimga olib yo'lga tushdim. Tag'in botqoqliklar, chakalakzorlardan o'tishga to'g'ri keldi. Daryoga yetgach, o'ngga qarab yurdik. To'g'ri, chor atrof qalin o'rmon, biror uy yoxud chayla ko'zga tashlanmasdi. Ammo sezardim. Daryo oqib o'tibdimi, demak, bizni odamlar yashaydigan joylarga olib borishi tayin.

"Ehtiyot bo'lishim zarur, — o'ylardim o'zimcha. — Nima bo'lgandayam turmadan qochganman. Yomonlarga duch kelsam, sotib qo'yishi mumkin. Shunday ekan, men basharti kimnidir uchratgan taqdirimda ham oldin yaxshilab tekshirib olishim lozim…”

Biz Sharik bilan taxminan o'n chaqirimcha yo'l bosdik. Oxiri charchab oppoq qor ustiga yonboshladim. Qornim tatalab, ortiq yo'l bosishga holim yetmasdi.

— Kel, manavi qushlarni pishirib tamaddi qilaylik! — dedim ro'paramga kelib cho'nqaygan Sharikka qarab. — O'zingniyam tiling osilib qolibdi. Yaxshilab ovqatlansak, yo'l yurish oson kechadi.

Oltita qush ichidan chiqqan tillalarning vazni sezilarli darajada edi. Ularni yig'ib lattaga o'radim-da, cho'ntakka joyladim. Shundan so'ng olov yoqib, cho'g'ida novdaga bo'lak-bo'lak holda terib chiqilgan qushlarni pishira boshladim.

 

* * *

 

Shu payt qaerdandir miltiqning gumburlagan ovozi qulog'imga chalinib, hushyor tortdim va qo'limdagi go'shtni bir chetga qo'ydim-da, qulog'imni ding qildim.

Miltiq tovushi o'rmon ichkarisidan kelayotgandi.

— Yur, odam borga o'xshaydi o'rmonda! — Sharikni turtkilab turishga undadim men. — Balki, shu odam jonimizga oro kirar? Bu ahvolda ikkimiz adoyi tamom bo'lamiz!..

Sharik oldinda chopib, go'yoki menga to'g'ri yo'lni ko'rsatib borar, har miltiq gumburlaganda vovillab qo'yardi.

Biz botqoqlikni aylanib o'tib, so'qmoq bo'ylab boraverdik. Miltiq ovozi ham ancha yaqindan eshitila boshladi.

Botqoqlik tugab, chakalakzorlar boshlanganda ikkimiz ham to'xtadik. Chunki, bizdan ellik-oltmish qadam narida — oq qayin daraxti ostida semizdan kelgan, sersoqol, boshiga jundor telpakni bostirib olgan bir qariya o'tirar, qo'lidagi miltiqni daraxt tepasida chug'urlashib uchayotgan qushlarga to'g'rilash bilan ovora edi.

U bizni ko'rdi-yu, dast o'rnidan turib, miltig'ini to'g'riladi.

— To'xta, otaman! — baqirdi qariya tobora ortga chekinib. — To'xta dedim!

Men yurishdan to'xtab, unga qo'l siltadim.

— Otaxon, unday qilmang! Biz adashib qoldik! Bizga yordam bering!

Qariya shu gapimdan so'ng miltig'ini yerga tashladi.

— Yaqinroq kel! — buyurdi u soqolini tutamlab. — Agar ko'nglingda yomonlik bo'lsa, o'zingdan ko'r! Sendaylarning ko'pini ko'rganman!

Men Sharikni yetaklagancha qariyaga yaqin borib so'rashish uchun qo'l cho'zdim.

— Qaerdan kelyapsanlar? — so'radi u sovuqqonlik bilan.

— Ota, adashib qoldik. — yolg'ondan tushuntira boshladim unga. — Necha kundan beri yo'l topolmay halakmiz. Iltimos, yordam bering!

— Qaysi turmadan qochgansan? — kutilmagan savolni eshitib, rangim o'zgardi va asta o'rnimdan qo'zg'alishga tutindim.

— Qo'rqma, — dedi qariya miyig'ida kulimsirab. — Sotmayman. Rostini aytaver!

— Turmadan qochganimni qaerdan bildingiz? — so'radim undan cho'chiyotganimni sezdirmaslikka urinib.

— Ie, meni go'l deb o'ylaganmiding? Ana, egningdagi kiyim turmaniki-ku!

Men egnimga razm soldim. haqiqatan, qalin kostyum ichidan turma kiyimi aniq-tiniq ko'rinib turardi.

Nima qilishni bilmay, aybdorona bosh egdim.

— E, bolam, shu ishni bekor qilibsan. — dedi qariya Sharikka zimdan razm solib. — Ie, buni qaerdan topding?

— Itnimi?

— Ha-da! Bu Zinaida rahmatlining ovchi iti-ku!..

— Bilmadim… — javob qildim yelka qisib. — O'zi meni topdi.

— Eh, Zinaida, Zinaida!.. — qariya og'ir xo'rsinib Sharikka qo'l cho'zdi. Biroq it irillab o'ziga qo'l tekkazishga qo'ymadi. — Qara-ya, bir oy ko'rmaganiga darrov begonasirayapti.

— Egasini yaxshi tanirmidingiz? — so'radim yonimga kelib suykala boshlagan Sharikni mahkam quchib.

— Ha, tanirdim. Bechorani o'rmonda ayiq g'ajib tashlabdi.

— Ayiq? Q-qanaqasiga?..

— O'g'lim, buni Tayga deb qo'yibdi. Yirtqich to'lib-toshib yotibdi. Zinaida ham ichkilik desa o'zini tomdan tashlardi. Kayfda uxlab yotgan ayiqni uyg'otib yuboribdi. Ayiq… Ularni uyg'otib bo'lmaydi. Uyg'otdingmi, o'ldim deyaver!..

— It-chi? Bunga tegmabdimi?

— Qochib qolgandir-da! Harqalay, buyam o'zimizga o'xshagan. Yashashni istaydi. Jon shirin.

— Juda aqlli it ekan. — dedim Sharikka havas bilan boqib. — Meni ochlikdan qutqarib qoldi. Tezda do'stlashib ham ketdik.

— Bo'pti, qani, endi tanishaylik. Oting nima?

— Murod.

— Meniki Saveliy.

— Ota, iltimos, yordam bering! — dedim qariyaga umidvor tikilib. — Rostini aytsam, o'rmonda yurish juda og'ir kechyapti.

— Millating nima? — so'radi qariya menga shubha aralash boqib. — Kavkazliklardanmisan?

— Yo'q, o'zbekman.

— O'zbek?.. Yaxshi, kim bo'lganingdayam menga baribir. Faqat… Yomonlik qilishni xayolingga keltira ko'rma! Aks holda o'zingga jabr bo'ladi.

— Men yaxshilikni unutadiganlardan emasman, ota!

— Xo'p, ishondim. Endi bunday qilamiz… — Saveliy amaki atrofni kuzatgan bo'ldi-da, bazo'r egilib qo'liga miltig'ini oldi. — Senlarni chaylamda qoldirib turaman. Qiladigan ishlarim bor.

— Balki, mening yordamim kerakdir?

— Yo'q, kerakmas. O'zim amallayman. Qani, ketdik! Vaqtni bekorga o'tkazish yaramaydi!

Sharik ikkalamiz Saveliy amakiga ergashdik.

 

* * *

 

Saveliy amakining uyiga juda tez yetib bordik. Yo'g'on qayin daraxtidan qurilgan bu uy men yashagan uychaga nisbatan tartibliroq edi. O'rtaga xontaxta, xontaxta ustiga non, qovurilgan go'sht qo'yilgan.

— Qorning ham ochgandir? — so'radi qariya bir chetga indamaygina kelib yotib olgan Sharikka tabassum bilan qarab qo'yarkan.

— Yo'q, — bosh chayqadim men. — Biz yo'l-yo'lakay tamaddi qilgandik.

— Nima tamaddi qilding? Nonmi?

— It menga qush ovlab berdi. — maqtanib qo'ydim. — Ikkovlashib pishirdik.

— Shunaqami? Oltin ham topgandirsan unda?

— Oltin? Qaerdan?

— Qushlarni daryo bo'yidan ovlagan bo'lsang, demak, oltin ham topgansan.

— Siz buni qaerdan bilasiz?

— Eh, sen!.. Axir, men bu o'rmonni ellik yildan beri deyarli har kuni kezaman!.. Oltining bo'lsa, ehtiyot qil demoqchiman.

— Tushundim…

Biz Saveliy amaki bilan yarim tunga qadar gaplashib o'tirdik. Undan o'rmonning ko'plab sir-sinoatlarini bilib oldim. Ajablanarlisi, miltiq otishining sababini eshitganimda hayratdan qotib qoldim. Aytishicha, o'sha Zinaida deganlarini yoqtirarkan. Aniqrog'i, tez-tez unikiga tashrif buyurib, birgalikda qo'lbola aroq ichib turarkan. O'limidan so'ng har kuni o'rmon kezib qotil ayiqni qidiradigan bo'libdi. Shuning uchun miltiq otib o'rmonni aylanarkan. Lekin hamon ayiqni uchrata olmabdi.

— Bo'pti, endi yotib uxlaylik! — dedi hikoyasini yakunlab qariya. — Ertaga senga bir gap aytaman.

— Xo'p bo'ladi!..

Men Sharikka bir qarab oldim-da, uxlayotganiga amin bo'lgach, ko'zlarimni yumdim.

 

***

 

— Bugun qor qalin bo'ladi. — dedi Saveliy amaki ertalab bulutli osmonga tikilib. — Payqadingmi, havo iliq tus olibdi?!.

— Ha, payqadim. — javob qildim men. — Lekin…

— Endi gaplarimga yaxshilab quloq sol, qahramon. — Saveliy amaki yelkamdan tutib meni ichkariga boshladi. — Mana, sen bilan gaplashdim, kimligingni anglab yetdim. U qadar yomon yigitga o'xshamaysan. Ha endi… Turmagayam faqat yomonlar tushavermaydi-ku!.. Xullas, sen bola menga yoqding. Shuning evaziga seni bugun bir ayol bilan tanishtirib qo'yaman. Nima deysan?

— Qanaqa ayol? Tushunmadim…

— Yengiltabiat ayol bor. Ismi Tanya. Yoshi… Xotiram pand bermayotgan bo'lsa, qirqlar atrofida. Yolg'iz yashaydi. O'shaning yonida bo'lsang, har holda picha nafas rostlaysan. Ungacha senga yangi pasport to'g'rilab beraman o'zim.

— Pasport? Nega?..

— Obbo, ezib yubording-ku o'zing ham! — qo'l siltadi qariya. — Hujjating yo'q-ku yoningda! Qolaversa, qidiruvdasan. Buyog'ini o'yladingmi?

— Ha-ya, — bosh qashib oldim men. — Buyog'ini o'ylamabman.

— Yoshsan-da, yigit, yoshsan! Yaxshiki, menga ro'para bo'lding. Biror battolga duch kelsang bormi, allaqachon turmada o'tirgan bo'larding.

— Xudo asrasin. — ichimga tuflab-tuflab qariyaga savol nazari bilan boqdim. — Siz aytgan… Ayol-chi? Sotib qo'ymasmikan?

— Go'rga sotarmidi? Erkakka zor bo'lib o'tiribdi-ku!.. Sotish deysan-a!.. Seni odambashara qilib qo'yadi. Yangi kiyimlar beradi, kirlaringni yuvadi, mazali ovqatlar pishirib beradi. Qayg'urma, men hujjatni bir haftada tayyorlab tashlayman. Faqat… Yoningdagi oltinni berishing kerakka o'xshaydi. Harqalay, pasportni tekinga tutqazib qo'yishmasa kerak.

— Mayli, beraman. — dedim shunday mehribon odamga yo'liqqinim uchun ich-ichimdan quvonib. — Mana, oling, ota!..

— Xo'p, endi yo'lga tushaylik!

— Uzoq yuramizmi?

— Yo'q, taxminan yarim soatlarda yetamiz.

— Kechirasiz, ota, bir narsa so'ramoqchiydim. — dedim sal ikkilanibroq.

— Nimani so'raysan yana?

— Bu yerlar qaer o'zi? Sira aniqlay olmayapman.

— Bu yerlarmi? Nijniy Tagil deyiladi. Eshitganmisan shunaqa joyni?

— H-ha… Eshitgandayman.

— Unda oldimga tush! Qor uchqunlagisi kelyapti. Tezroq yetib olaylik!..

 

* * *

 

Biz ancha yo'l bosdik. Navbatdagi botqoqlikka yetgach, qariya birdan to'xtadi.

— Yo'q, bu botqoqni aylanib o'tishimiz kerak. — dedi u botqoqlik o'rtasiga ishora qilib. — Mana shu yerda har yili uch-to'rt kishi cho'kib ketadi.

— Bilib turib oyoq bosishadimi? — qiziqsinib so'radim men. — Ko'rinib turibdi-ku hammasi!

— E, bahorda balchiq ustidan ko'm-ko'k maysalar o'sib chiqadi. Qani, ostida chuqur botqoqlik borligini bir aniqlab ko'r-chi!..

— To'g'ri aytasiz, — dedim Saveliy amakining so'zini ma'qullab. — Bilmagan odamga qiyin-da! Masalan, men ham bilmasdim…

Qariya negadir birpas o'ylanib qoldi. So'ngra qovog'ini uygan ko'yi menga tik boqdi.

— Sen bola oltinni qachon berasan?

— Beraman-da! Namuncha qo'rqasiz? — dedim negadir g'ashim kelib. — Qochib ketayotganim yo'q-ku!

— Yo'q, ayolnikiga borgandan keyin oldi-berdi qilib o'tirsak ahmoqlik bo'ladid. Kel, hozir beraqol! Meniyam ko'nglim tinchib seni uyoqda qoldirgandan keyin ishga kirishaman.

— Qo'ymas ekansiz-da! — norozi ohangda g'udrandim men. — Berardim. Qochib ketmasdim… Mayli, faqat kutib turing, men hozir kelaman!..

Qiyinchiliklar, ko'rguliklar odamni baribir hushyor torttirib qo'yarkan.

Saveliy amakiga cho'ntagimdagi oltinlarni ko'z-ko'z qilgim kelmadi.

Chakalaklar orasiga kirdim-da, oltinning bir qisminigina ajratib olib, qolganini qaytadan cho'ntakka urdim.

"Aytaveradi-da!.. Shuning o'zi bitta pasportga yetib ortadi. — o'yladim o'zimcha. — Hali hujjat bo'ladimi-yo'qmi, Xudo biladi. Ayol uyiga kiritmay, tag'in ko'chada qolsam-chi? Nima bo'lgandayam yonimda picha oltinim bo'lsa, ziyon qilmaydi…

Men xotirjam qiyofada qariyaning yoniga chiqib qo'liga oltinni tutqazdim.

— Shu xolosmi? — yelka qisib so'radi u. — Namuncha kam? Oltinim bor deb ko'ksingga urganingga arzimaydi-ku!

— Bori-da! — dedim sovuqqonlik bilan. — Yo'g'ini qaerdan yo'ndiraman?..

— Bo'pti, nimayam derdim? Bori bo'lsa bori-da!.. Shunisigayam shukr!.. Ana endi hujjatim tezlashadi deb hisoblayversang bo'ladi. To'g'rimi?.. Xo'p, qani, yigit, ketdik!..

 

* * *

 

Chamasi bir soatlar yo'l bosgach, o'rmonning qaysidir chetiga chiqib qoldik. Ro'paramizda tashlandiq, eski uylar qatorlashib turardi.

— Buni xalqda «storojka»deyishadi. — menga tushuntira boshladi qariya.

— Bu nima degani? Tushunmadim.

— Nimasini tushunmaysan? Ilgarilari qishloq odamlarga to'la edi. Ammo hammalari shaharga ko'chib ketib qolishgan. Hozir adashmasam, bu yerda sen tanishishing kerak bo'lgan ayol-u, yana narigi chetda qandaydir piyonista erkak turishadi. Shunday joylarni «storojka» deyiladi. Aniqroq aytadigan bo'lsam, qadimiy qishloqlar xuddi kampirga o'xshatiladi. Bu «starushka» so'zidan olingan ekan.

— Qiziq, — dedim hayratim oshib. — Boshqa hech kim yo'qmi bu qadimiy qishloqda? Qarang, juda go'zal joylar ekan.

— Tirikchilikning mazasi bo'lmagandan keyin kim ham qolardi bu yerda?.. Qolmaydi-da!..

— O'zi… Siz aytgan ayolning ismi nima? Yoshi nechada? Bilishim kerak-ku!..

Qariya Sharikka bir nazar tashlab olgach, yelka qisdi.

— Ismi Mariya. Deyarli sen tengi. Bo'ldimi?..

— Ana endi bilib oldim. — men engashdim-da, itni erkalagan bo'ldim. — Qani, boshlang unda!..

Saveliy amaki qishloq boshidagi uylardan biri tomon yurdi. Uy eshigi deyarli buzib tashlangan, hovlida o'rta bo'yli, malla sochlari chiroyli turmaklangan, bug'doyrang ayol dorga kir yoyish bilan band edi.

Biz ketma-ket ichkariga qadam qo'ydik.

Ayol qariyani ko'rdi-yu, qo'lidagi kirlarni tog'oraga tashladi.

— Senlarga kim kerak?

Nigohlari sovuqqon, zaxil yuzli, to'ladan kelgan bu ayolning muomalasini eshitib, hayron qolgandim. Saveliy amaki esa bu muomalaga javoban miyig'ida kulib qo'ydi-da, ayolga yaqin bordi.

— Haliyam dag'alliging qolmabdi, Mariya! — dedi qariya. — Avval salomlashsang bo'larmidi… Harqalay, mehmon olib keldim uyingga!

— Ko'zim uchib turgani yo'q mehmonga. — uy bekasi meni boshdan oyoq kuzatgan bo'ldi va negadir birdan muloyimlashdi. — Kim o'zi bu? Nega menikiga olib kelding?

— Ana endi o'zingga kelding. — deya qariya menga yuzlandi. — Bu yigit juda ajoyib ekan. Adashib qolibdi o'rmonda. Musofir. Boradigan joyi yo'q. Qolaversa, sening boshingda bir erkak bo'lsa, ziyon qilmas, deb o'yladim.

— Qachondan beri menga mehribonlik qiladigan bo'lib qolding, qariya? — deya qo'l siltadi Mariya. — Uyimdan sumka to'la aroqni o'marib ketganing esingdan chiqdimi?

— Qo'y endi mehmonning oldida odamni xijolat qilma! O'tgan ishga salovat. Undan ko'ra, ichkariga taklif qil. Mehmon juda charchadi yo'l yuraverib!

— Bo'pti, kira qolinglar! — Mariya sal yumshab bizni ichkariga taklif qildi.

Xona deyarli bo'm-bo'sh edi. Burchakka ikki kishilik karavot qo'yilgan. Deraza qarshisiga yog'ochdan yasalgan baland stol qo'yilib, ustiga idish-tovoqlar taxlanibdi.

Ayol bizni ayvonga olib chiqdi. Biz yog'och kursilarga o'tirdik.

— Hech narsaga ovora bo'lma! — dedi Saveliy amaki. — Senga asosiy gaplarni aytaman-u, ketaman.

— Nima gap? — Mariya ikki qo'lini beliga tiragancha tepamizda qaddini g'oz tutib turardi.

Saveliya amaki bir-ikki tomoq qirib olgan bo'ldi-da, menga yer ostidan ko'z tashladi.

— Bu yigitning bir xislati menga juda yoqib tushdi. — shoshilmasdan gap boshladi u. — Oltin topishga usta ekan. Sen buni uyingda olib qolaver. Hali kuningga yaraydi. Balki, boy ham qilib yuborar.

— Turmadan qochganmi? — kutilmaganda berilgan savolni eshitgan qariya og'ir xo'rsindi.

— Shunaqaroq. — dedi menga bilinar-bilinmas ko'z qisib. — Lekin o'zi yomon yigit emas. Mana ko'rasan, uyaltirmaydi.

— Buni hali ko'ramiz. — Mariya ro'paradagi kursiga cho'kib menga yuzlandi. — Xo'sh, nega qamalgansan?

Men javob berishga shoshilmadim. Yelka qisib olgach, o'zimni sal orqaga tashladim.

— Nega indamaysan? — so'radi Mariya toqatsizlanib. — Qo'rqma, men ham farishta emasman.

— Odam o'ldirganman.

— Qancha?

— Hozircha ikkita.

— O', zo'rsan-ku!.. Nega qochding?

— Qochdim-da!

— Mayli, buning ahamiyati yo'q. Ammo aytib qo'yay, yomon niyatda kelgan bo'lsang, adabingni yeysan. Sherkelbatliginggayam qarab o'tirmayman.

— Bu nima deganing? — o'rnidan turib ketdi Saveliy amaki. — Aytdim-ku, zo'r yigit deb!

— Xo'p, sen ketaverishing mumkin. Negadir seni ko'rsam, asabim buzilyapti…

— Xo'p! Xo'p dedim-ku!..

Qariya bu gapdan so'ng kula-kula tashqariga yo'naldi.

Ostonaga yetganda, birdan to'xtab orqasiga o'girildi.

— Yigit, men bilan yur! Gaplashadigan gap chiqib qoldi!

Men o'rnimdan turib uy egasidan uzr so'ragan bo'ldim-da, Saveliy amakiga ergashdim.

 

* * *

 

Saveliy amaki yolg'izoyoq so'qmoqqa chiqib olib miltig'ini qo'ltiqlagancha jadal ketib borardi.

Hayratim oshib men ham Sharikni ergashtirgan ko'yi ketidan boraverdim.

Qalin butazorlar orasiga kirib boraverishda it negadir g'ingshiy boshladi. Men uni tinchlantirish ilinjida to'xtab boshini bir-ikki siladim. Biroq u nuqul bezovtalanar, jadal ketib borayotgan qariya tomon tikilib, irillardi.

Bir mahal Saveliy amaki taqqa to'xtadi va orqasiga o'girildi-da, miltig'ini bizga to'g'riladi.

— Otaxon, bu nima qilganingiz? — qariyaning kutilmagan harakatini ko'rib qotib qolgandim.

Shu so'zlarni zo'rg'a tilimga chiqara oldim. Mendan-da avvalroq xavfni sezib ulgurgan it esa hura boshladi.

— Tillalarning qolganiniyam chiqar! — buyurdi qariya baland ovozda. — Nega qaqqayib turibsan? Chiqar dedim! Aks holda itday o'lib ketasan!

— T-tillalarni? Nega? — men ehtiyotkorlik bilan u tomon yura boshladim.

— To'xta! Joyingdan jilma! — baqirdi qariya. — Tag'in bir qadam tashlasang, otaman!

— Xo'p, mana, to'xtadim! — dedim o'zimni bosishga urinib.

— Itingniyam mahkam ushla!

Men oldinga intila boshlagan itni mahkam quchib oldim.

— Qani, chiqar tillalarni!

— Qanaqa tilla? Otaxon, hazilni bas qilsangiz-chi! Yo meni tekshirib ko'rmoqchimisiz?

— Vey, kelgindi, sening nimangni tekshiraman? Menga tilla kerak, tilla! Ber hammasini! Yosh joningga jabr qilma! Yoshsan, hali bunaqa tillalarning ko'pini topasan.

— Shunaqami? Xo'p, cho'ntagimdan chiqarib olishga qo'ying unda!

— Faqat tezroq bo'l!

Tillalar ichki cho'ntagimda edi. Engashib cho'ntakka qo'l solishga tutina boshladim.

Shunda yerda yotgan kattakon toshga ko'zim tushib hushyor tortdim va itni panalab turib toshni qo'limga oldim.

Hoynahon, qariya payqamadi chog'i, indamadim.

Men juda epchillik bilan o'rnimdan turdim-da, toshni Saveliy amakiga qarata otdim.

Mo'ljaldan adashmagandim. Tosh uning yelkasiga tegib yerga qulatdi.

Yuariya yelkasini changallagancha bukchayib qoldi.

Fursatni qo'ldan bermasligim shart edi.

Jonholatda o'zimni qariyaning ustiga otdim va bir qo'lim bilan bo'ynidan mahkam bo'g'ib, ikkinchi qo'limni miltiqqa uzatdim.

U taslim bo'lishni istamas, harsilab meni itqitib tashlashga urinardi.

Yo'q, taxminan bir yarim daqiqalar o'tgach, qariya qo'llarini ikki yoniga tashlab, jim bo'ldi.

Oldiniga u hushdan ketdi deb o'ylagan edim. Lekin yuz-ko'zlari tobora ko'karib borayotganini ko'rdim-u, qo'rqib ketdim.

"Nahotki o'ldirib qo'ygan bo'lsam?”

Shu xayol miyamga urilib, nima qilishni bilmay qotib qoldim. Aksiga olgandek, it ham beixtiyor uvillay boshladi.

Qalbimning bir chetida «O'lmagandir, hushini yo'qotgan bo'lsa kerak», degan umid uchqunlab, qo'l-oyoqlarim dag'-dag' titragancha qariyaning tomirlarini ushlab ko'rdim. Afsus… U allaqachon jon bergandi.

O'rnimdan sakrab turdim-u, xuddi meni kimdir ta'qib qilayotgandek telbalarcha Mariyanikiga chopdim.

— Men o'ldirib qo'ydim! Odam o'ldirdim! — yo'l-yo'lakay miyamda faqat shu so'zlargina aylanar, ortimdan chopib kelayotgan Sharikni ham his etmasdim.

— Mariya! Mariyaxon!.. — xonada oyoqlarini chalishtirgan ko'yi sigaret chekayotgan uy bekasiga yig'lagudek umidvor tikildim men. U ahvolimni ko'rdi-yu, qo'lidagi sigaretni kuldonga irg'itib o'rnidan turdi.

— Nima bo'ldi? Nega it quvgan soqovday halloslab qolibsan? Tinchlikmi?

— Men… Uni o'ldirib qo'ydim! — shivirladim titrab.

— O'ldirib qo'ydim? Kimni?

— Q-qariyani. — dedim zo'rg'a.

— Voy, nega? Nimaga o'ldirasan?

— U… Meni otib tashlamoqchiydi… Oltinlarimni tortib olmoqchi bo'lgandi.

— E, shunaqami? O'lsa o'libdi-da!.. — Mariya meni koyib tashladi. — Shunga shuncha vahima qilyapsanmi? Yo ikkitasini tinchitganing yolg'onmidi? Meni laqillatganmiding?

Bu savol meni hushyor torttirdi.

Endi o'zimni bosib olmasam, xotirjam tortmasam bo'lmasdi. Aks holda mana shu jizzaki ayol qarshisida bir tiyin bo'laman.

— Kechir, sohibjamol! — dedim vujudimdagi titroqni majburan bosib. — Men… Biroz shoshdim shekilli… hammasi yaxshi… Joyida…

— Menga qara, — dedi Mariya labini tishlab. — Tez murdani yo'q qilish kerak. Bilib bo'lmaydi. Bu yerlarga adashib kelib qoladiganlar ko'p.

— Xo'p, xo'p! Lekin… Qanday qilib?..

— Yur, senga yordamlashaman. Faqat anavi yerdagi belkurakni olvol! Go'r kovlaysan!

Mariya har ehtimolga qarshi Sharikni uy ichida qoldirishni buyurdi. It ham nimalar bo'layotganini tushungan kabi ortiqcha tovushlarsiz ostonada bizni kuzatib qoldi.

Men Saveliy amakining murdasini o'rmonning ancha ichkarisiga ko'tarib bordim. So'ngra Mariya ko'rsatgan joydan go'r kovladim.

Qariyani ko'mishdan oldin cho'ntagidagi o'zim bergan oltinni oldim. Yana katmonida bir dasta pul ham bor ekan. Pullarni Mariyaga tutqazdim.

Jasad go'rga joylanib, ustidan tuproq tashlangach, yuzimga fotiha tortdim-u, g'ussaga botgancha ayolning ketidan yurdim.

(davomi bor)

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 712 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя