Четверг, 2024-03-28, 9:04 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 29
Гостей: 29
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2015 » Апрель » 26 » Qora ari

9:58 PM
Qora ari
Saraton. Bozorning qoq o’rtasida g’ala-g’ovur changi ko’tarilgan. Burqib borayotgan ko’mir tutini issiq havoga qo’shilib nafas bo’g’adigan choyxona yuzida Salima ona ikki sumka bozorlig’i bilan turardi.

Qo’lida yolpig’ich raqs tushardi. Bugun qizi Maxfiratni tug’ilgan kuni. Ul-bul olib bormasa, qo’ni-qo’shni, qarindosh urug’, qolaversa Maxfiratni dugonalari kelib qolishi bor.

Qo’lni iyakka tirovich qilib turaveramiz. Yo’q, pul o’lsin, obro’ ketmasin. Shunday nishonlab berayki, hammasining ko’zi shokasaday, og’zi tandirnikiday ochilib qolsin.

Salima opaning xayollaridan shular o’tdi.

- O’o’o’-lll… dedi tok urgandek bo’lib. Avtobus hozir jo’naydi-ku, tezroq borish kerak. Qo’llariga ikkita zildek sumkasini olib jo’nadi.

… Salima opaning yangi xarid qilgan rezina shippagi juda oyoqni terlatadigan chiqdi. Barmoqlarini qiyib yubogudek og’ir bozorlig’i bilan tez-tez yurarkan, shippak ichida oyoqlari ter suviga sirpanib-sirpanib ketardi. Har sirg’anganida bir to’xtab olardi.

Bekatga yaqinlashayotganida nafas rostlagan bo’lib sumkalarini yo’lakcha chetiga bir-biriga achomlatib qo’ydi. So’ng manglayiga qo’lini tirab, soyabon qildi. Bekat tomonni kuzatdi. Uzoqda avtobuslarning tutun aralash quyuq havoning issiq pari g’ira-shira jilva qilishidan ko’zi tindi.

- Birpas dam olay, o’lsin. Avtobusdan qolsam engil mashinalar bor.

Bozordan shundoq chiqaverishdagi bekat tomonga yo’nalgan yo’lakchaning chap yuzida bir tup sada bo’y cho’zgan. Jon saqlasa bo’ladi. Salima opa xuddi shu sada ostida rohat qilib o’tirardi.

- Hamma narsani obmanmi o’zi? Olma, olxo’ri, sharbatlar. Ha... ha… bor… U bozorliq ro’yxatini tekshira boshladi.

- Ha, es-es! Qurib ketgur es-a. Moy olmabman-ku. Avtobuschiga birpas to’xtab turing deyman. Shu yaqin o’rtada moy sotishadi deb eshitganman, degan xayol bilan vakzalga qarab yurdi. Yo’lakning so’l tomoniga qarab ketaverishda bir to’da xotin-xalaj g’uju-g’uju qilib turishibdi. O’tgan, ketgan ularga bir qarab o’tishadi. Yo’lovchi to’xtaydi. Xotinlar bir nimalar ko’rsatishadi. Yo’lovchilar yana o’tib ketaverishadi.

Xotinlarga yaqin kelganda ularning biri Salima opani biqinidan sekin turtdi.

- Moy oling, opajon oling, tozasi. Saryog’day.

- Ko’ring, juvoznikimas, zovodniki, - dedi yana bir xotin.

- Moy? Salima opa ularga ajablanarli qaradi.

- Ha, necha litr? Sekingina o’g’rimushukka o’xshab so’radi. Ko’zlarini atrofga alang-jalang qilib. Salima opaga jon kirdi.

- Voy, moy olishim kerak edi-ya, yaxshi bo’ldi. Yo’limdan chiqdi. Gaplarining orasiga maqol ham qistirib o’tdi. Beraman desa qo’liga chiqarib qo’yar yo’liga. Moy sotuvchi xotinlar Salima opaga aridek yopishib ketishdi.

- Mendan oling, sifati yaxshi. Salima opa qaysisidan olishni bilmay boshi garang edi. Shoshdi. Chetroqda qarachagina yuzi puchuq «nurlikkina» bir ayol turardi. Qulog’idagi tuyatish tilla sirg’asi kir bosib qoraygan, qizil ko’zchasigina yaltirab ko’rinardi. Salima opa erib ketdi. Rahmi keldi. Dehqon bo’lsa kerak. Kel shundan ola qolay. Dexqonga dexqondan boshqasini rahmi kelmaydi, o’zi. Savdogarlar bir kunini qiladi-da deb o’yladi. O’zimizga o’xshagan odam shekilli. Salima opa unga qarab bordi.

- Yog’, oling, opa – dedi Salima opaning ko’ziga nurlikkina ko’ringan ayol.

- Qancha singlim, ko’zimga issiq ko’rinyapsiz?!

- Yo’g’e… Xixxi-xi, betlikmasman…. 1500…

- Ha… Bo’larkan-ku, yog’ni narxini tushursa ham. Qolgan gapini ichida aytdi. Do’konda ikki ming. Farqi do’konniki qadoqlangan, yaltiroq qog’ozi bor, xolos. Cho’ntakkayam foyda, sevinib qo’ydi.

- Uch litr.

- Mana, to’rt yarim ming so’m… Rahmat

- Osh bo’sin, kep turing opa!

Salima opa shoshilgancha ketdi. Avtobus endigina jo’nay deb turgan ekan. U zildek sumkalari bilan avtobus zinasiga bir oyog’ini qo’yib ikkinchi oyog’ini qo’yish uchun ko’targanida avtobus og’ir yo’taladigan kishidek «dur-durlab», silkinib yurdi. Bir amallab joylashdi. Hali nafas rostlab ulgurmasdan yonidagi sherigi:

- Yog’ qancha bo’ldi? – deb so’radi. Sumkadan chiqib turgan moy to’la idishlarga qarab.

- Bir yarimdan, uch litr oldim to’rt yarimga …

- Yaxshi, arzon ekan. Zavodmi?

- Zavvod…

Salima opa dadilgina bo’lib, sherigiga o’tkir nigohini qadadi.

- Magazindan olmabsiz-da. Qo’lakilarni hammasiyam yaxshimas. Bir xilidan sovunni xidi keladi. Yana bir xili bor, qozonda ko’pirib ketadi. Ko’pik… og’zini chekkasini artdi orqa o’rindiqdagi ayol, Salima opani ensasi qotdi.

- E, hamma moy birda: Arzon bo’lsa, magazinniki qimmat, bildingizmi. Farqi yo’q. Bari bir moyda. Magaziningizniki yaltiroq qog’oz bilan chiqadi. Bu o’zimizga o’xshagan prastoy. Salima opa ishonch bilan gapirdi.

- Shunaqa deng…

Orqa o’rindiqda o’tirgan ayol beparvogina bosh irg’adi. Avtobus ularni tebratib borardi. Yo’l haqi yig’uvchi bola Salima opa bilan sherigini uyg’otdi.

- Mana… Salima opa yo’l haqini uzata turib ichida. Moy arzonga tushdi. Yo’l kirani ko’tardi. Birov berganday bo’ldi.

… Qishloq ko’chalaridan chang ko’tarib avtobus kirib bordi. Uyiga zo’rg’agina etib kelgan Salima opa bozorlig’ini bo’la boshladi.

Gugurtdan salgina katta qutichadagi holvani olgan nevarasi xursandligidan uyda charxday aylana boshladi. Xali buni, hali uni bir titib ko’radi.

– Qo’y, u onangga – deydi, Salima opa qayg’uruvchi ohangda.

- O’tirib e! – dedi holvani «qars» etib tishlab kovshangan onasi. Bola aylanib buvisining qo’yniga o’tirib irg’ishlay boshladi.

Maxfirat o’zi uchun olingan sirg’ani taqib chiqqani narigi xonaga kirib ketdi. Kelin Eltifotxon esa o’ziga tegishli piyoz, quruq choy, guruch shunga o’xshashlarni olib oshxonaga chiqib ketdi.

Salima opa toliqqandan quyilgan choyini ichmay mudrab qoldi. Bir mahal sichqonning «qitir-qitir»idan uyg’onib chap ko’zini ochib, o’ng ko’zini qini bilan soatga qaradi. Hali zamon mehmonlar kelib qolishi mumkin. U tezda o’rnidan turib kelinini chaqirdi-da osh masallig’larini olib kelishini buyurdi.

- Siz qozonni osavering! - bu yog’ini o’zim qotiraman.

- Xo’p. Hozir. Eltifot qaynonasining oldiga aytilgan osh masalliqlarini keltirgach zira topish kerakligi esiga tushdi.

- Mohi. Kelinoyisi uni erkalash ohangida chaqirdi.

- Ha, nima deysiz? – dedi dasturxon tuzayotgan Mohi.

- Qozonni o’choqqa ildim. Hozir qiziydi. Yog’ni solib habar olib turing, zira topib kelay. – Bo’pti. Bo’pti… Mohi qozonga moy quyib kirib ketdi. Ziraga

ketgan kelin shoshgancha kelib qozonga ko’z tashladi. Qozon bo’m bo’sh, ammo tubida nimadir «chsirlab» yo’qolardi.

Hayron bo’ldi.

- Mohi yog’ solmadimikan degan gumon bilan uni chaqirdi.

- Mohi

- Ha-a-a…

- Yog’ solmadingizmi?

- Soluvdim.

- A-a, qozon bo’m-bo’sh-u?!

- Ie… Nega? O’nday bo’ladi?- deb, shoshilgancha yugurib keldi.

- Bilmasam. Kelin idishdagi moydan ikki cho’mich o’lchab qozonga quydi. Qozonga tushgan moy bir pasda qaynab, vaqirlab, par chiqarardi.

Eltifot xayratlanganidan idish ichidagi «antiqa» moydan qoshiqqa ozroq qo’yib, ichib ko’rdi. Mohiyam ichdi. Aynigan qora choyning ta’mi. Shu on qaynona so’roqqa chaqirilib tergov boshlandi.

- Qiziq, deya boshini ushladi Salima opa.

- Aldashdimikan-a? Hayoliga birinchi kelgan fikr shu bo’ldi. Labarotoriya natijalariga ko’ra uchala idishda moy emas, qora choy ekanligi aniqlandi.Olovga moy sepgandek qo’shnisi Bibigul opa:

- Tanishdan olish kerak-da… dedi - angrayib. Qo’shnisini ko’nglini ko’tarmoqchi bo’lgan Bibigul opa:

- Issiqda o’zi choy kerak-da – xox-xa-xa. Moy chanqoq bosarmidi. – Eltifot biznikiga chiqing, meni ayting, moy bersin. U o’zini yaqin tutib mehribonchilik qilishini bildirdi.

Salima opa tutaqib moychi ayolni bir maydon qarg’ab u go’rdan olib bu go’rga ko’mdi. Tug’ilgan kun matomga aylanmasin deb o’zini zo’rg’a bosdi. Ammo ertaga tishini doktorga ko’rsatish baxona «Nurlikkina» ayolni – dabdala qilib kelishini kun rejasida birinchiga yozib qo’ydi.



* * *

Vogzal yaqinidagi uyi buzilgan arilar yana g’uvillab o’tgan ketganni talar edilar. Hovluqqancha yugurib kelgan Salima opa o’pkasini qo’ltiqlagancha g’uvillayotgan arilardan kechagi «nurlikkina» , «Qora ari»ni surishtira ketdi.

- Nima? U kecha chiqdi xalosmi?

- Ha, opa. Uni biz tanimaymiz. Nima gap? Tinchlikmi? Yo moy kerakmi?

- Moy o’lsin, moy o’lsin-a. U manjalaqi meni aldabdi. – dedi Salima opa qizishib. Hozir «qora ari» bo’lganida so’zlari bilan baravar qaltirayotgan qo’llarida bo’g’izlab o’ldirgisi kelardi.

- Aldabdi?

- Kecha uch litr olgandim. Hammasida qora choy ekan. O’zi bo’lganda boshiga otardim. U uying kuygurni.

- Choy... deyishdi arilar g’uvillashidan to’xtab.

- Ko’ringlar. Salima opa hammani ishontirishga tirishib. Arilar elka qisishdi.

- Top dardingga davo. Salima opa o’zini koyigan bo’ldi.

Arilardan biri gap boshlab qo’ydi, hamma arilar uni tinglashga tushdi.

- Shu ayolning yog’i hammamiznikidan arzon. Kechaginda hayron bo’lib, bir ko’ray yog’ingizni desam – deng, hech unayvermadi. Keyin sekingina oldimda xidlab ko’rdim. Moyga o’xshaydi qo’limni botirsam. Ammo deng, tagi su-u-uyuq. So’rasam shosha-pisha qo’limdan yulqib oldi. Yana hech narsa bo’lmaganday fartugiga solib qo’ydi. Odamning olasi ichida bo’larkan, opa. Demak gap bu yoqda ekanda deb ichidan achinganday bo’lib xo’rsinib qo’ydi. G’uvillashdan ancha burun to’xtagan arilar g’uvillashini davom ettirishdi.

- Bizdan oling opa. Kuymaysiz. Bizniki ishonarli.

– Manzilimizni aytaman keb olib ketaverasiz – dedi yana biri ishonchga kirish uchun g’uvillab. Salima opa ichida o’ylaganini sirtiga chiqarib baralla xitob qildi:

- Oyligimni yarmiga moy olsamam do’kondan olaman. Arzonni sho’rvasi tatimas deb shunga aytsalar kerak. Qalbaki, arzon, sifatsiz «Qora yuvindi»ni olmanglar deb hammaga jar solaman dedi-yu, tezda jo’nab ketdi.


* * *

Arilar Salima opani chaqmoqchi bo’lishdi. «- Achchig’idan aytdi-ku!» deyishib bir-birlarini yupatishdi


Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 2113 | Добавил: хикоя, HAYOTIY HIKOYALAR, Hikoya, хикоялар, ХАЙОТИЙ ХИКОЯЛАР, bo'lgan voqealar, хадислар, Hikoyalar, булган вокеалар, xadislar | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Апрель 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя