Пятница, 2020-04-10, 3:27 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7919]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1234]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [127]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2747]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4661]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [51]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7358]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1156]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2032]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [200]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [259]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [112]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1934]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [237]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1676]
Восстановление данных - Программы [1]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [103]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [115]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [314]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [607]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [31]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [41]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [137]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [37]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [30]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [11]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [169]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 770
Статистика



Онлайн всего: 155
Гостей: 155
Пользователей: 0
Главная » 2020 » Март » 24 » Qotil yollagan ayol

9:58 AM
Qotil yollagan ayol
Avvalo niyat to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Maqsadga yetishish uchun sabr ham lozim. Niyati to‘g‘ri bo‘lmagan odam sabr qilolmaydi.
Munira 1995 yili oilasi bilan Samarqand shahri Beruniy ko‘chasidagi ko‘pqavatli uylardan biriga ko‘chib keldi. Bu yerda 15 yilga yaqin yashadi. Shu yillar davomida qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yga aralashib o‘ziga yarasha hurmat qozondi. Ayniqsa, Lyubov xola ismli qo‘shnisi bilan juda yaqin bo‘lib qolishdi.

Yaqin qarindoshlaridan hech kimi yo‘q Lyubov Ivanova yolg‘iz yashardi, buning ustiga ancha yoshga borib qolgan. Bunday kishilar mehrga zor, ozgina bo‘lsa-da moddiy yordamga muhtoj bo‘ladi.

Munira biror yegulikmi, kechki ovqat ko‘tarib Lyubov xolaning uyiga ko‘p kirar, ikkalasi soatlab gaplashib o‘tirishardi. Yordam kerak bo‘lib qolsa, pul-muldan yordam berardi. Shu zayl yillar o‘tdi. Lyubov xolaning uyi kimga qolishi masalasini Munira har zamonda gap orasida qistirib o‘tardi, lekin Lyubov xola e’tibor bermasdi. «Maslahatlashamiz» deb qo‘ya qolardi. Munira asta-sekin gapni jiddiylashtirib bordi:

– Siz vaqti kelib olamdan o‘tsangiz, merosxo‘ringiz bo‘lmagani uchun uy davlatga o‘tib ketadi. Keyin kimlardir foydalanib qoladi. Keling, undan ko‘ra men sizni umringiz oxirigacha parvarish qilaman, moddiy ta’minlayman, kasal bo‘lsangiz davolataman. Xullas, bir farzandday xizmat qilaman. Evaziga siz uyni menga meros qoldirsangiz, – dedi.

Lyubov xola ko‘p o‘yladi. Orada oylar, yillar o‘tdi. Bu orada Munira mehribonchilikni kuchaytirib bordi. 2009 yilda Samarqand tumanidan hovli sotib olib, oilasi bilan ko‘chib ketdi. Lekin aloqani uzmadi, tez-tez bozor-o‘char qilib, xabar olib turdi.

Xullas, Lyubov xola unga ishondi. 2016 yilda Lyubov Ivanova uyini vafotidan keyin Muniraga meros qoldirish to‘g‘risida vasiyatnomani notarius orqali rasmiylashtirdi.

Munira niyatiga yetgandi. Endi kampir olamdan o‘tsa bas, yana bitta uyli bo‘ladi. Faqat kampir hali-beri o‘ladigan emas. Oradan yillar o‘tdi. Munira Rossiyaga ishlagani ketdi. O‘sha yoqdan Lyubov xolaga oz-ozdan pul jo‘natib turdi. Kelganida bozorlik qilib, holidan xabar oldi. Munosabatlari o‘zgarmadi.

Vasiyatnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng ham uch yil o‘tdiki, kampir tirik. Bu asta-sekin Muniraning asabiga tega boshladi. «Bu kampir o‘ladiganga o‘xshamaydi!» derdi o‘ziga o‘zi.

Lyubov xola juda keksayib qolgan. Uyidan chiqmaydi, eshigini ham birovga ochmaydi. Faqat Munira bilan telefonda gaplashib turadi, xolos. Munira ham ko‘p pul berayotgani yo‘q, oyiga o‘rtacha 100 000 so‘mdan jo‘natib turardi.

Munira Rossiyadan bu galgi kelishida yana Lyubov xolani ko‘rgani bordi. Uyni ko‘zdan kechirdi, usta chaqirib, ta’mirlatmoqchi bo‘ldi:
– Biznikida birga yashab turasiz, uyni kapital ta’mirlaymiz. Keyin maza qilib yashayverasiz, – dedi.

Lyubov xola ko‘nmadi.
– Meni bezovta qilma, mendan keyin xohlaganday ta’mirlaysan, – dedi.
Shundan keyin Muniraning kayfiyati buzildi.

«O‘zi chumchuqning joniday joni bo‘lsa, o‘ldirtirib yuborsam-chi?» degan mash’um o‘y xayolini chulg‘ab oldi. Avvaliga qo‘rqinchli tuyulgan bu fikr asta-sekin qat’iylashib bordi. Xuddi boshqa chorasi yo‘qdek, shunday qilmasa uyni ololmaydigandek bezovta bo‘laverdi.

Nihoyat qat’iy qarorga kelgach, odam o‘ldirish qo‘lidan keladigan yollanma qotil izlay boshladi. Bu gapni hammaga aytib bo‘lmaydi, hamma ham odam o‘ldirishga rozi bo‘lavermaydi. Rosa o‘yladi, nihoyat Rossiyada qamoq jazosini o‘tab qaytgan bir kishi yodiga tushdi. Rossiya qamoqxonasini ko‘rgan odam pul uchun hech narsadan qaytmaydigan vahshiy bo‘ladi deb tasavvur qildi.

Shuhrat aka Rossiyada tasodifan bir janjalga aralashib qolib, bir yilga qamalgan. Jazoni o‘tab kelgach, mashinasida yuk tashib, tinchgina tirikchilik qilayotgan edi. Munira uni izlab topdi:
– Shuhrat aka, sizga bir jiddiy taklif bor, – dedi Munira salom-alikdan so‘ng.

– Qo‘ldan kelsa xizmatdamiz, – dedi Shuhrat aka mashinasiga bir qarab qo‘­yib.
– Sizning qo‘lingizdan keladi, – dedi Munira ishonch bilan. – Bir keksa kampirni o‘ldirish kerak.

– Nima?! O‘ylab gapirayapsizmi?! – Shuhrat aka bir sapchib tushdi. Ko‘ziga qamoqxonaning panjaralari ko‘rinib ketdi. – Odam o‘ldirish ham katta gunoh, ham katta jinoyat. Bu fikrni kallangizdan chiqarib tashlang. Menga bu gapni aytmadingiz, men eshitmadim.

– Shuhrat aka, yoshligingizdan juda chapani edingiz. Sizning qo‘lingizdan keladi, – Munira ko‘ndirishga harakat qila boshladi. – Ming dollar beraman.
– Men bunaqa ishlarga aralashmayman, aqlimni yeganim yo‘q, siz ham bu gapni esdan chiqaring. Bu yaxshilikka olib kelmaydi.

Munira ko‘p yalindi, Shuhrat aka ko‘nmay ketib qoldi. Munira keyinchalik ham ikki-uch marta uni ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, narxni ham 2000 dollarga chiqarib ko‘rdi, foydasi bo‘lmadi.

Munira boshqa odam izlay boshladi. Singlisi oilasidan ajrashgan kishi bilan turmush qurgandi. O‘sha odamning avvalgi turmushidan Farhod ismli o‘g‘li bo‘lib, u ham Rossiyada jinoyat sodir qilib, jazo o‘tab kelgan edi. Munira Farhodni izlab topdi.

– Farhod, nima ish qilayapsiz?
– Hozircha bekorman, – dedi Farhod. – Lekin ish izlayapman.

Muniraga shu gap kerak edi:
– Men sizga ish topib beraman. «Volga» olib beraman, yuk tashib pul topib yurasiz. Faqat oldin mening bir iltimosimni bajarishingiz kerak.

– Xo‘sh?.. – qiziqib qoldi Farhod.
– Bir kampirni o‘ldirish kerak. Oldindan 500 dollar beraman. Ishni bajarganingizdan keyin yana 600 dollar beraman.

Farhod o‘ylab ko‘rishini aytib ketdi. Keyin yana bir-ikki marta telefonda gaplashishdi. Keyingi uchrashganlarida Munira Farhodga 200 dollar avans berdi. Manzilni tushuntirdi.

– Kampir begonaga eshikni ochmaydi. Siz shahar gaz idorasidanman deb boring, – dedi Munira.
Farhod Munira ortimdan odam qo‘­yib kuzatayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladi va manzilga bordi. Eshikni taqillatdi. Lyubov xola eshikni ochmadi.

Farhod bu haqda Muniraga aytdi. U yangi hiyla topdi:
– Men kampirga bir odamdan pul berib yuborayapman deyman. 200 dollarni maydalab, 500 ming tayyorlab qo‘ying, olib borasiz, – dedi.

Munira Lyubov xolaga telefon qilib, «Bir kishidan pul berib yuborayap­man» degandi, u rozi bo‘lmadi, «o‘zing olib kel» dedi.

Farhod boshidanoq bu masala bo‘yicha xulosa chiqargan, bu haqda yangasiga aytgandi:
– Munira xola menga bir rus kampirni o‘ldirishga buyurtma berdi. Lekin uni o‘ldirmayman. Men o‘ldirmasam, u boshqa birovni topib kampirni o‘ldirtirishi mumkin. Shuning uchun Munirani organga ushlab beraman.

Farhod shu fikrda edi. Faqat Muniraning harakatlari jiddiymikin deb kuzatib yurgandi. Vaziyat jiddiylashib, Munira uni tezlayvergach, Samarqand shahar IIBga borib ariza berdi. Darhol tadbir uyushtirildi.
– Men eshikning qulfini ochadigan usta topdim, – dedi u Muniraga qo‘ng‘iroq qilib, – faqat unga ham 100 dollar berish kerak.

Munira kelishilgan joyga yetib keldi, yana biroz muhokama qilishdi. Munira Farhodga 100 dollar berib:
– Bugundan qolmasin, – dedi. Shu payt huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uni qo‘lga olishdi.

Tergov-surishtiruv jarayonida barcha holatlarga aniqlik kiritildi, Muniraning aybi to‘liq isbotlandi. Lyubov Ivanova darhol vasiyatnomani bekor qildi.
Sud hukmi bilan Munira 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Loading...
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 57 | | Теги: #news, #habarlar, #Yangilik, #ahborot, #Yangiliklar, #newsuz, #uznews, #новости, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Munisa Rizaeva va Yamin Band - Armon (Video KLIP va MP3)

Ohun Hasan - Вапши маладец / Vapshi malades

Yusufxon Nurmatov - Muhabbat (feat Otabek Mirzaxolov)

Yulduz Usmonova - Omon bo'ling

Milena Madmusaeva - Oson emas

Zahida - Плакала (cover KAZKA)

Manzura va Anora - Assalamu alaykum

Yodgor Mirzajonov - Voy-voy

Yulduz Usmonova - L'amour

Ozodbek Nazarbekov va Maxset O'temuratov - Opa


FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Uzstars.BiZ
  • www.24soat.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2020