Пятница, 2024-03-29, 7:00 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 15
Гостей: 15
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Август » 10 » QURBONLIK FAZILATI VA UNGA OID MASALALAR

11:15 AM
QURBONLIK FAZILATI VA UNGA OID MASALALAR
Har yili zulhijja oyi kirib kelar ekan o‘ziga to‘q kishilar Allohga qurbat hosil qilish maqsadida va U ato etgan behisob ne’matlarga shukronalik hissining bir ramzi o‘laroq qurbonlik so‘yib, qon chiqarish uchun sog‘lom va baquvvat chorva hayvonlarini xarid qilib, to qurbon hayiti kuniga qadar boqib qo‘yadilar.
    Alloh taolo uchun jonliq so‘yish dini Islomning go‘zal an’analaridan va shariatimiz buyurgan buyuk ishlardan hisoblanadi. Uning hikmat va fazilatlari beqiyosdir. Avvalo bu ish bandani Allohga yaqinlashtiradi. Shu bois ham qurbonlikni sof niyat bilan, Allohga qurbat hosil qilay, Uning roziligini topay, degan pokiza maqsadlarda amalga oshirish lozim.
    Alloh taolo O‘zining cheksiz marhamati tufayli biz gunohkor bandalarni O‘ziga yaqinlashtiradigan ko‘plab sabab va vasilalarni yaratib bergan. Bu dunyoni oxiratning ekinzori qilib qo‘ygan. Dunyoda odamlar bilan muoamalada shunday holatlar bo‘ladiki, bir inson boshqa bir o‘zi hurmat qiladigan obro‘li, ziyoli yoxud badavlat insonga yaqinlashmoqchi bo‘ladi. Buning uchun turli-tuman vositalarni ishga solib ko‘radi. Unga yaxshi muoamala qiladi, iltifot ko‘rsatadi, hadiyalar beradi. Lekin, narigi odam uni umuman o‘ziga yaqinlashtirmasligi, barcha vositalar yo‘lini yopib qo‘yishi mumkin. Bu narsa hayotda ko‘p kuzatiladi. Ammo, mehribon va oliyjanob Alloh unday emas. U bizga harqancha gunoh qilsak ham, harqancha yovuz ishlarni amalga oshirgan bo‘lsak-da tavba eshigini mudom ochiq qoldiradi, O‘ziga yaqinlashtiruvchi yo‘llarni yopib qo‘ymaydi. Balki, bunday amallardan bir emas birnecha o‘nlab turini ko‘rsatib beradi. Hatto turli vosita va vasilalarni ishga solgan holda O‘ziga qurbat hosil qilishga chaqiradi. "Ey iymon keltirganlar, Allohdan qo‘rqingiz va Unga yaqin bo‘lish yo‘llarini istangiz!” (Moida surasi, 35-oyat). Oyati karimada "Unga yaqin bo‘lish yo‘llari” "vasila” so‘zi bilan ifoda qilingan. Bu dunyoda Alloh taolo bandalarini O‘ziga yaqinlashtiradigan, jannatga kiritadigan yo‘l va vasilalarni ko‘paytirib qo‘ygan. Harbir inson o‘z imkoniyati doirasida o‘zini Alloh roziligiga olib boradigan mazkur ishlarni amalga oshirishga haris bo‘lmog‘i lozim. Ota-onaga yaxshilik qilish vasila, toat-ibodatda bardavom bo‘lish vasila, sabr vasila, shukr vasila, duo vasila, istig‘for vasila, odamlarga ezgulik ulashish vasila, xayr-sadaqotlar vasila, mahzun dillarga shodlik olib kirish vasila va shularning qatorida Alloh rizosi uchun jonliq so‘yish ham bir vasiladir. Qur’oni karimda Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni va U kishi orqali butun musulmon ummatini shu ishga buyurgan: "Bas, Rabbing uchun namoz o‘qi va jonliq so‘y!” (Kavsar surasi, 2-oyat). Mashhur tobeinlardan Qatoda, Ato va Ikrima rahmatullohi alayhimlar oyatdagi "namoz o‘qi” iborasini "hayit namozini o‘qi” deya izohlaganlar. Shunga ko‘ra, hojilar va boshqa qurbonlik qiluvchilar hayit namozi o‘talgandan so‘ng jonliqlarini so‘yadilar.

 

Qurbonlikning ayrim hikmat va fazilatlari

 

       Qurbonlikning hikmati va fazilatlari haqida qancha gapiriladigan bo‘lsa, shuncha oz.

1. Qurbonlik – "qurbat”, ya’ni yaqinlashish so‘zi bilan o‘zakdoshdir. Bu bilan birinchi o‘rinda Allohning rahmatiga noil bo‘lish, uning marhamatiga yaqin bo‘lish maqsad qilinadi.
      Alloh taolo uchun huzuridagi eng yaxshi narsani qurbon qilish inson qalbiga o‘zgacha huzur-halovat baxsh etadi. Uning orqasidan qo‘lga kiritiladigan ulkan ajru mukofot umidi kishining fikru zikrini ma’lum muddatga bo‘lsa-da, foniy dunyoning foniy moddalaridan uzib, boqiy olamning boqiy boyliklariga ko‘z tikishga undaydi. Qalbni baxillik illatidan tozalaydi.

2. Bu – Allohning shiorlarini, U joriy etgan diniy marosimlarni ulug‘lash, hurmatlash demakdir. «(Ish) shudir! Kimki Allohning marosimlarini ulug‘lar (hurmatlar)ekan, bas, albatta bu (hurmat) qalblardagi taqvo tufaylidandir» (Haj surasi, 32-oyat). Demak, qurbonlik qilish qalblardagi taqvo alomati ekan. Zotan, qurbonlikning go‘shtidan ham, qonidan ham Allohga biron-bir foyda yo‘q. Balki, bu o‘zimiz uchun foydadir.

3. Bayram kunida qurbonlik so‘yish xursandchilik ustiga yana bir xursandchilikdir. Bu insonning o‘ziga va ahli oilasiga kengchilik yaratishi uchun vasiladir. Qo‘ni-qo‘shni, heshu aqrabo va yoru birodarlarga ikrom qilish, faqiru miskinlarning, shikasta dil odamlarning ko‘ngillariga shodlik olib kirish uchun eng yaxshi fursatdir.

4. Taqvoga erishish. Alloh taolo aytadi: «Uning (qurbonlikning) na go‘shti va na qoni Allohga yetib borur! Balki(shu ish orqali) sizlardan paydo bo‘lgan taqvogina Unga yetur» (Haj surasi, 37-oyat).

5. Qurbonlik Alloh taologa U Zot ato etgan hisobsiz ne’matlari uchun shukr qilishning bir ko‘rinishidir. Darhaqiqat, Alloh taolo bani basharga sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan darajada beadad ne’matlar ato etdi. Unga hayot berdi, xilqatini chiroyli qildi, sihat-salomatlik berdi, his-tuyg‘ularini bayon etishi uchun til, yorug‘ dunyoni ko‘rishi uchun ikki ko‘z, oqni qoradan ajratishi uchun aql berdi. Boylik, molu davlat berdi. Iymonu islom ne’matiga muyassar etdi. Bularning bari shukr qilishni vojib qiluvchi buyuk ne’matlardir. Qurbonlik ana shu ne’matlarning ojizona bir shukronasi o‘laroq banda tomonidan amalga oshiriladigan ishdir.

6. Quyidagi hadis ham Alloh taolo uchun qurbonlik so‘yishning nechog‘lik fazilatli ekaniga dalolat qiladi. Oisha onamiz raziyallohu anhodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib dedilar: «Odam bolasi Nahr kunida qon chiqarishdan ham ko‘ra Allohga mahbubroq bo‘lgan biron amalni qilmaydi.(Alloh taolo uchun so‘yilgan) jonliq qiyomat kunida shoxlari, yunglari va tuyoqlari bilan keladi. Qasamki, uning qoni hali yerga to‘kilmasdan burun Alloh huzuridagi yuksak maqomga tushadi (ya’ni hali uning qoni yerga tushmasdan bu amalning savobi Alloh huzurida yuksak o‘ringa yozib qo‘yiladi, vallohu a’lam). Bas, qilayotgan qurbonligingiz bilan shodlaning. Dimog‘ingiz chog‘ bo‘lsin!» (Termiziy rivoyati).

 

Qurbonlikning ta’rifi

 


      Fuqaholar qurbonlikni bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha xil ta’riflar bilan tanishtirganlar. Jumladan:

1. "Maxsus jonivorni maxsus vaqtda so‘ymoq, u vaqt esa azho kunidir” ("al-’inoya sharhu-l-hidoya”: 9/505).

2. "(qurbonlik) shar’an: maxsus hayvonni maxsus vaqtda qurbat niyati bilan so‘ymoqdir” (Haskafiy: "ad-durr al-muxtor”).

 

Qurbonlikning hukmi

 

     Hanafiy mazhabiga ko‘ra moli nisobga yetgan, muqim (ya’ni safarda bo‘lmagan), musulmon odam uchun qurbonlik qilish vojib hisoblanadi. Qurbonlikning vojibligiga Qur’oni karimdan yuqorida zikr qilingan Kavsar surasining 2-oyati dalil bo‘ladi. Hadisi shariflardan esa Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadis dalildir. "Kimki, imkoni bo‘laturib qurbonlik qilmasa, bas, bizning namozgohimizga yaqinlashmasin” (Imom Ahmad, Ibn Moja va Hokim rivoyatlari).

Qanday hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin? 

 

      Qurbonlik uchun chorva hayvonlari so‘yiladi. Ular: tuya, sigir va qo‘ydir. Bunda ularning erkak va urg‘ochi jinslari tushuniladi. Qo‘y deganda echkilar ham nazarda tutiladi. Demak, tuya, sigir, qo‘y va echkilar qurbonlikka yaroqli hayvonlar hisoblanadi. 

 

 

Qurbonlik qilinadigan hayvonning shartlari


     Qurbonlik qilinadigan jonliq ma’lum shartlarga javob berishi kerak. Aks holda qurbonlik durust bo‘lmaydi. Quyida ana shular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

 

1. Jonliqning yoshi


    Qurbonlik uchun so‘yiladigan jonivor qurbonlik yoshiga yetgan bo‘lishi shart. Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Faqat musinnani so‘yinglar. Illo, agar bu ish sizlarga qiyin kelsa, qo‘ydan jaza’ bo‘lganini so‘ysangiz ham bo‘laveradi» (Muslim rivoyatlari). «Musinna» deb tuya, mol, qo‘y va echkilardan «saniy» yoshiga to‘lganlariga aytiladi. «Saniy» umrining ikkinchi bosqichiga o‘tgan – o‘rta yoshli degani bo‘lib, u «jaza’» yoshidan keyingi bosqichdir.
    Tilshunos olimlarning ta’kidlashlaricha, bo‘taloq besh yoshga to‘lib, oltiga ketganda "saniyya” deb ataluvchi old tishlari to‘kilar ekan. Ana shunda "saniy” bo‘lar ekan. Yuqoridagi hadisga binoan, tuya, sigir va echkidan faqat "saniy" va undan yuqori yoshda bo‘lganlarigina qurbonlikka yaroqli hisoblanadi. Qo‘ydan esa "jaza’" va undan yuqorisi qurbonlikka o‘tadi. Demak, tuyaning "saniy"si deb tug‘ilganiga besh yil to‘lgani aytiladi. Sigir va buqaning "saniy"si esa tug‘ilganiga ikki yil to‘lgani bo‘ladi. Qo‘y va echki esa bir yilda «saniy» bo‘ladi. Qo‘ydan "jaza’" bo‘lgani tug‘ilganiga olti oy to‘lib, yettinchi oy ketganidir.

 

2. Jonliq qurbonlikning durust bo‘lishiga mone’lik qiluvchi ayblardan salomat bo‘lishi kerak.

 

    Modomiki, qurbonlik Alloh taologa yaqinlik hosil qilish maqsadida amalga oshiriladigan ish deb e’tibor qilinar ekan, bu ish uchun eng yaxshi, eng sara, semiz, sog‘lom va aybu nuqsonlardan xoli bo‘lgan jonivorni tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, qurbonlik uchun so‘yiladigan jonivor albatta halolu pokiza moldan bo‘lishi kerak. Zero, Alloh taolo xush va pokizadir, faqat xush va pokiza narsalarnigina qabul qilgay.
    Baro ibn Ozib raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "To‘rt xil jonivor qurbonlikka yaramaydi: 1. Shapko‘rligi bilinib turgan darajadagi shapko‘r jonivor. 2. Kasalligi bilinib turadigan darajadagi kasal jonivor. 3. Oqsoqligi bilinib turadigan darajadagi oqsoq jonivor. 4. Oyoqda turolmaydigan darajadagi behol-madorsiz jonivor" (Sunan sohiblari rivoyat qilishgan). Ushbu hadis qurbonlikka putur yetkazuvchi ayb-nuqsonlarni bilishda asos kabidir. Yuqoridagi hadisga binoan va qiyosan ulamolar quyidagi sifatga ega bo‘lgan jonivorlarning qurbonlikka yaramasligini aytadilar.

1. Shapko‘r jonivor.
2. Ko‘zi ko‘r jonivor.
3. Oqsoqligi bilinib turadigan darajada oqsoq jonivor.
4. Bir oyog‘i kesilgan jonivor.
5. Kasalligi ko‘rinib turgan kasal jonivor. Qo‘tir bo‘lgan yoki badaniga yara toshgan jonivor ham shu jumladandir. Chunki, bunday kasalliklar jonivorning xilqatiga ta’sir qiladi, semirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
6. Oyoqda turolmaydigan darajada qiltomoq bo‘lib qolgan, majolsiz jonivor.
7. Qulog‘ining hammasi yoki bir qismi kesilgan jonivor.
8. Qulog‘i teshilgan yoki quloq suprasi o‘rtasidan kesilib, yoriq paydo qilingan jonivor.
9. Belgi uchun qulog‘i teshib qo‘yilgan jonivor.
10. Shohi kesib yoki sug‘urib olingan jonivor. Ammo o‘zi shohsiz tug‘ilgan bo‘lsa, qurbonlikka yaraydi.
11. Burni kesib olingan jonivor.
12. Dumi kesib tashlangan jonivor. Ammo o‘zi dumsiz yaratilgan bo‘lsa, uni qurbonlik qilish joiz, garchi ayrim ulamolar buni nojoiz sanagan bo‘lsalar ham.
13. Dumbasi kesib olingan jonivor.



    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qurbonlikka so‘yiladigan jonivor o‘ziga ozor yetkazadigan, semirib yog‘ boylashiga mone’lik qiladigan va bahosini tushiradigan barcha ayb-nuqson va kasalliklardan xoli bo‘lishi kerak. Salafi solihlardan naql qilinganki, ular qurbonlikka so‘yiladigan jonivorning har qanday kattayu-kichik ayblardan xoli bo‘lganini tanlar edilar. Agar jonivorda bironta arzimas ayb topilsa ham, uni qurbonlik qilishni karih ko‘rardilar.

 

Qurbonlik vaqti

     Qurbonlik so‘yishning birinchi vaqti hayit namozi bilan xutba o‘qilgandan so‘ng boshlanadi va hayitning uchinchi kuni quyosh botganda tugaydi. Boshqacharoq ibora bilan aytilsa, qurbonlik uch kun davomida so‘yiladi: qurbon hayiti kuni va uning keyinidan keluvchi tashriq kunlarining ilk ikki kunida. Biroq eng afzali qurbonlikning hayit namozi o‘qib bo‘linishi bilan amalga oshirilishidir.
     Hayit namozidan avval yoki qurbonlikning oxirgi vaqtidan keyin so‘yilgan jonliq shar’iy qurbonlikka o‘tmaydi. Bunga yuqorida aytib o‘tilgan mana bu hadis dalolat qiladi.
    Baro raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik kuni hayit namozidan so‘ng bizlarga va’z qila turib shunday dedilar:«Bugungi kunimizda birinchi bo‘lib qiladigan amalimiz(hayit) namozni o‘qishimiz, so‘ngra (uyga) qaytib jonliq so‘yishimizdir. Kimki shunday qilsa, uning ishi sunnatga muvofiq kelibdi. Kimki namozdan avval so‘ygan bo‘lsa, u bor-yo‘g‘i oilasiga taqdim qilgan go‘shtdir, xolos. Bu kunning marosimidan (ya’ni qurbonlikdan) emas».
     Imom Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)ning fikrlariga ko‘ra qurbonlik vaqti hayit namozi o‘qilmaydigan chekka va qishloq joylar aholisi uchun quyosh chiqqandan keyin kiradi. (Ya’ni, ular bomdoddan so‘ng bir muddat o‘tib, quyosh chiqqandan keyin so‘yaversalar bo‘ladi). Ammo, hayit namozi o‘qiladigan shahar joylarda esa hayit namozi va xutbasi o‘qilgandan keyingina qurbonlik vaqti kiradi. Ungacha so‘yilgan jonliq qurbonlikka o‘tmaydi.

 

Qurbonlikka oid ayrim masalalar


1. Qurbonlik qilishda ishtirok etish

Tuya va sigirni qurbonlik qilishda yetti kishi ishtirok etishi joiz. Ya’ni, masalan, yetti kishi teng pul tashlab tuya yoki sigir sotib olishadi va uni o‘z nomlaridan so‘yishadi. Shunda hammalari qurbonlik qilgan bo‘ladilar. Jobir raziyallohu anhudan rivoyat: «Biz Hudaybiya yilida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birgalikda qurbonlik qildik. Shunda tuyani yetti kishidan, sigirni ham yetti kishidan qurbonlik qildik» (Imom Muslim rivoyati).
Huzayfa raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hajjatul-vadodagi qurbonlikda sigirga yetti kishini sherik qilib so‘ydirdilar» (Imom Ahmad rivoyati). Ammo qo‘y va echkilarda esa sherikchilik mumkin emas. Bitta qo‘yni faqat bir kishi so‘yishi mumkin.

2. Qurbonlik qilishga qodir odam jonliq so‘ygani afzalmi yoki uning bahosini sadaqa qilgani afzalmi?

Hanafiy mazhabi ulamolari pulini sadaqa qilgandan ko‘ra qurbonlik qilish afzalligini ta’kidlaydilar. Bu masalada ko‘pchilik ahli ilmlar mazhabimizdagi qavlga qo‘shiladilar.

3. Qurbonlikdan foydalanish va uning taqsimoti

Inson o‘zi amalga oshirgan qurbonligidan yeyishi joiz. Hanafiy (shuningdek hanbaliy) mazhabi ulamolarning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlikning go‘shti uch qismga bo‘linadi. Uchdan biridan uning sohibi yeydi, yana uchdan birini faqir-miskinlarga sadaqa sifatida ulashadi, qolgan uchdan birini esa qarindosh-urug‘, yor-birodarlarga hadya qiladi. Biroq, agar qurbonlik egasi qurbonlikning uchdan biridan ko‘proq miqdorda iste’mol qilsa, bu ham joizdir.

4. Qurbonlikni birovga so‘ydirish

Qurbonlik toat bo‘lganligi uchun uni insonning o‘zi so‘ymog‘i afzal hisoblanadi. Lekin, birovni o‘zidan vakil qilib, so‘ydirishi mumkin. Bu holatda hech bo‘lmaganda o‘sha qurbonligi so‘yilayotgan mahalda uning tepasida turib, guvoh bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li
Toshkent shahar Shoyxontohur tuman bosh imom - xatibi, "Shayx Zayniddin" jome’ masjidi imom-xatibi

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ | Просмотров: 782 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя