Makaronlardan tayyorlanib, qiyma va xushbo’y pishloq bilan to’yintirilgan bu taom ajoyib ko’rinishi va xushta’mligi bilan ko’pchilikka yoqishi aniq.
Bu taom uchun makaron – uya (kapellini) kerak bo’ladi. Bu lapshadan tayyorlanilgan, buralgan spagetti bo’lib, poytaxtimizdagi barcha supermarketlarda sotiladi.
Masalliqlar: 8-9 ta burama makaron 250 gramm mol go'shtidan qiyma 100 gramm piyoz 50 gramm qattiq pishloq ta'bga qarab tuz va murch 30 millilitr o'simlik yog'i Qadam 1
Piyozni mayda to'g'rab olamiz va o'simlik yog'ida qovuramiz. Qadam 2
Qiymani ham piyozning ustidan solamiz. Tuz va murch sepamiz. Qadam 3
Katta tovaga makaronlarni terib chiqamiz, ustidan qiymali aralashma solib chiqamiz.
Pishloqni qirg'ichdan o'tkazib, ustidan sepamiz. Qadam 4
Makaronni ustigacha suv quyamiz, lekin suvimiz qiymaga tegmasligi kerak. Ehtiyojga qarab tuz sepamiz. Qadam 5
Taomni tortishdan oldin to'g'ralgan ko'katlar va pishloq sepib bezatamiz.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|