Понедельник, 2019-12-09, 1:09 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [1]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7467]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1087]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [114]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [16]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2628]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4468]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [49]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [6907]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1071]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2030]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [186]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [240]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [112]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1831]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [237]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1590]
Восстановление данных - Программы [1]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [102]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [616]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [85]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [42]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [264]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [552]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [31]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [41]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [123]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [30]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [29]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [7]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [102]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 735
Статистика



Онлайн всего: 29
Гостей: 29
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Июнь » 1 » San'atkor (hajviya)

8:28 AM
San'atkor (hajviya)
Konsert odatdagicha «navbatdagi nomerimizda… Kelganlaringga rahmat, o'rtoqlar» bilan tamom bo'ldi. Nomi chiqqan ashulachi— san'atkordan boshqa hamma xursand bo'lib tarqaldi. San'atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga san'atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqdayu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorchi qayoqdayu, ashulachi qayoqda! San'atkor uyiga ketgani izvoshga o'tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo'lmasa aytadigan ashulani o'rgan, so'zlarini to'g'ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to'g'ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas; formalizm, naturalizmlardan o'tdim— hech kim otvod bergani yo'q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og'ziga ham olmadi. Endi bir traktorchi tanqid qilar emish!..» San'atkor, izvoshchini hayron qoldirib, o'zidan-o'zi g'o'ldirab borar edi. Uyda xizmatchi ovqat qilib qo'ygan ekan, san'atkorning tomog'idan hech narsa o'tmadi— ikki piyola choy ichdi, xolos.

Unga turib-turib nash'a qilardi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo'lsa nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg'ulari kelipti… Amali traktorchi… Obbo!..»

— O'qishga bordingizmi? — dedi xizmatchiga, qovog'ini solib.

— Bordim…

— Xizmatchi ikki haftadan beri savod maktabida o'qir edi.

— Xizmatchisi savod maktabida o'qiyotgan bir kishini traktorchi savodsiz, desa alam qilmaydimi? – dedi san'atkor o'zicha bo'g'ilib, — «labingdan bo'lsa olsam, e, shakarlab», deganim u kishiga yoqmapti, «bo'lsa» emas, «bo'sa» emish! O'zi bilmaydiyu, menga o'rgatganiga kuyaman! Senga o'xshagan savodsizlar «bo'sa, bo'masa» deydi. Artist kulturniy odam — gapni adabiy qilib aytadi— «bo'lsa, bo'lmasa» deydi. Pojarni «gugurtni yerga tashlamang» dedi, rejissyorimiz esa «gugurtning yerga tashamang» dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta! Rejissyorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana shunday bo'lsa, urishsa ham xafa bo'lmaydi kishi— ikki gapning birida «ta'bir joyiz ko'rilsa» deb turadi. Bu traktorchi menga shuncha dashnom berib, ko'ngil uchun bir marta «ta'bir joyiz ko'rilsa» demadi.

Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san'atkorning oldiga qo'ydi.

— «J»ning kattasi qanday yozilardi? Domlamiz bir kuni ko'rsatgan edi, esimda qolmapti.

San'atkorning jahli chiqdi:

— Endi «J»ga keldingizmi? Barjom deganda yoziladi.

Kechagi barjom og'zi ochiq qolipti, gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat. Siz ham dunyoga kelib kulturniy bo'lsangiz-chi!.. Burningiz terladi, arting, ta'bir joyiz ko'rilsa! San'atkor o'rnidan turib yotoqqa kirib ketdi.

— Yotasizmi? — dedi xizmatchi narigi uydan.

— Nima edi?

— «J»ning kattasini ko'rsatib bermadingiz, ertaga domla so'raydigan edilar. Qanaqa yoziladi?

— Kichigini yozib qattiqroq o'qing!

San'atkor yechinib ko'rpaga kirdi. Xizmatchi chiroqni o'chirib chikdi. San'atkor ko'zini yumdi, ko'ziga g'ira-shira qorong'i zaldagi son-sanoqsiz kallalar ko'rindi. Bular ichida eng kattasi traktorchining kallasi, u iljayar edi.

— Afting qursin!- dedi san'atkor va narigi yonboshiga ag'darildi.

Xayal o'tmay uyquga ketib, xurrak otdi. Uning xurragi ham nechukdir adabiyroq edi: «Pluq-qum- prr… pluq-qum-prr…»

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 155 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
$SMILES
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Munisa Rizaeva - Kuch ber (Video klip va MP3)

Shohruhxon - Atirgullar (Video klip va MP3)

Otabek Mutalho'jaev - Kechir do'stim (Video KLIP va MP3)

Zohirshoh Jo'raev - Olib ketma (Video klip va MP3)

Dilso'z - Alla (Video klip va MP3)

Sharof Mukimov - Popuri

Zohid Rixsiyev - Lablari g'uncha

Rayhon - Alda

Otabek Mutalhujaev - Kechir do'stim

Salikh - 3:33


FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Июнь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Uzstars.BiZ
  • www.24soat.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2019