Bugun bizlar sizning xonadoningizga sedanali, yupqa va qarsildoq pechenye bilan tashrif buyurdik.
Unda kalsiyga juda boy bo’lgan sedana miqdori juda ham ko’pdir.
Maslahat: pishirish jaryonida pechenyelar yoyilib ketadi, shu sabab ham ular orasida yetarlicha ochiq joy qoldirish kerak.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar: 160 gramm oq rangli sedana 120 gramm shakar 70 gramm un 60 gramm yumshatilgan sariyog' 1 ta tuxum bir chimdim tuz 1 choy qoshiq qabartma 1 choy qoshiq vanil Qadam 1
Un, qabartma va tuzni elab olamiz. Qadam 2
Yumshagan sariyog'ga vanilin va shakarni solib, mikserda aralashtirib olamiz. Ustidan tuxumni solib, oqarguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Qadam 3
Elab olingan unni aralashma ustidan solib aralashtiramiz va oq sedanani gam solamiz. Qoshiq yordamida yaxshilab aralashtirib olamiz. Qadam 4
Patnisga pwrgament qog'ozdan to'shab, xamirdan bir qoshiqdan solib chiqamiz. Bunda ularning orasida 5 sm dan joy qolishi kerak, chunki pishish jarayonida pechenyelar yoyilib ketadi. Qadam 5
Qo'limizni namlab, pechenyelarga shakl beramiz. Xohishgs qarab, ustiga yana sedansdan sepish ham mumkin. Qadam 6
Pechenyelarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 7-9 daqiqs davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|