Вторник, 2017-03-28, 2:07 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3179]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [306]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [72]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1728]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [2942]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4723]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [657]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1987]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [119]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [162]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [945]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [109]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [735]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [16]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [228]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [88]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [12]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 502
Статистика


waplog

Онлайн всего: 107
Гостей: 103
Пользователей: 4
Nabeboyday, Ranqdylex, Tekstil0792, norhoorce
Главная » 2017 » Февраль » 9 » ​Shahzoda Matchonova: “Shaxsiy hayotimdan ko`nglim xotirjam!”

9:41 AM
​Shahzoda Matchonova: “Shaxsiy hayotimdan ko`nglim xotirjam!”
"Darakchi” gazetasida berib boriladigan "10 qaltis savol” loyihasi qayta tiklandi. Loyiha mehmoni iste`dodli aktrisa Shahzoda MATChONOVA...
1. Shahzoda, aktrisa bo`lishni orzu qilib yurgan kezlaringizda ilk kinosinovdan muvaffaqiyatsizlikka uchragansiz. Shundan so`ng rejissyor Zebo Navro`zovaning taklifini qabul qilish qiyin bo`lmaganmi?

— To`g`ri, rejissyor Bahodir Odilovning "Yo`qolgan odam” filmining kinosinovidan o`tolmagandim. Lekin Zebo opani taklifini bajonidil qabul qilganman, rolga tasdiqlanganimdan ham xursand bo`lganman. Faqat bu haqda otamga aytolmay, ikki kun qiynalganman. Oxiri o`zimda kuch topib, kinosinovdan o`tganimni otamga aytganimda uzoq o`ylab, "Unutma, yozgi ta`tiling tugagach, bor e`tiboringni o`qishga qaratasan”, degan shart bilan ilk filmim bo`lgan — "Aprel-may”da suratga tushishga rozilik bergan.

2. Ustoz san`atkorlar mashhurlikka erishgan, biroq kino sohasida tahsil olmagan aktyor-aktrisalarga "Nega unda biz falon yil shu sohada tahsil oldik?” deya ularga nisbatan salbiy munosabat bildirishadi...

— Bunday tanqidlarga mutlaqo bee`tiborman, shu bois jahlim chiqmaydi. Sakkiz yillik ijodiy kareram mobaynida men bilgan ustoz san`atkorlar men haqimda faqat iliq fikrlarni aytishadi. Bordi-yu, O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutida tahsil olgan aktrisa bo`lganimda ham bu sohada o`qimay turib, kinoga qadam qo`yganlarga salbiy fikr bildirmasdim. Ishonch bilan ayta olaman, diplomning kamera qarshisidagi ishga mutlaqo aloqasi yo`q. To`g`ri, bilim olish foydadan xoli emas, lekin aktyorlarga diplomga ega bo`lish u qadar muhim emas. Chunki jahon tajribasidan kelib chiqsak, butun dunyoga mashhur ko`plab aktyorlar ham kino sohasida tahsil olmagan.

3. Orzuingizdagi san`at olamiga qadam qo`ydingiz, past-balandliklardan o`tdingiz. Yana qayta imkon berilsa, aktrisalik yo`lidan borarmidingiz yo hafsalangiz pir bo`lishga ulgurdimi?

— Boshqa sohada tahsil olib, kinoga qadam qo`yganimdan sira afsuslanmayman. Va hech ikkilanmay yana aktrisalikni tanlagan bo`lardim. Chunki kino, bu — hayotim!

4. Faqat jiddiy mavzudagi filmlarda ko`rinayotganingizning sababi tanlab suratga tushadigan darajaga etdingizmi yo kam gonorar taklif qilishyaptimi?

— Gonorar narxiga qarab emas, ssenariy va rol tanlab filmda suratga tushishga odatlanganman. Lekin O`zbekistonda ham aktyorlarning mehnatiga yarasha gonorar to`lashlarini istardim, albatta. Jiddiy mavzuli filmlardagi ishtirokimga kelsak, ssenariy, rol, umuman kinoga avvalgidan-da jiddiy yondashadigan bo`lganman. Boisi sevib qolgan yo muhabbatdan azoblangan qizchalarning rolini o`ynab bo`ldim va bunday takroriy rollar menga mutlaqo qiziq emas.

5. Hilol Nasimov, Yolqin To`ychiev, Rustam Sa`diev, Ayub Shahobiddinov, Mirmaqsud Oxunov, Abduvohid G`aniev, Akbar Bekturdiev. Ularni iste`dodi bo`yicha ketma-ketlikda joylab chiqing.

— Bu rejissyorlar O`z­be­kis­tondagi eng ko`zga ko`ringan, o`z "dastxat”iga ega ijodkorlar. Ularni ketma-ketlikda joylolmayman. Kimnidir xafa qilib qo`yishdan qo`rqqanim uchun emas, boisi ular bir-biridan farqli ravishdagi uslub, janrda ijod qilishadi. Ularning har biri bilan ishlash baxti nasib etgan, barchalariga hurmatim beqiyos.

6. Kinoda siz uchun ideal "turmush o`rtoq” bu – Adiz Rajabov, Farrux Soipov, Alisher Uzoqov, Abdujalil Mavlonov, Aziz Rametov…

— (Kuladi), aniq javob be­rish­ga qiynalyapman. Kinoda ideal "turmush o`rtoq” bo`l­may­di, nazarimda. Boisi qah­ra­mon­la­rimiz goh ijobiy, gohida salbiy qiyofada bo`ladi va turli ziddiyatli vaziyatlarda to`qnashamiz.

7. Ko`pchilikning fikricha, dugonangiz – xonanda Nilufar Usmonovaning "Kel ikkimiz” qo`shig`i klipidagi qahramoningizning prototipi aynan o`zingiz ekansiz?

— Bu haqda sira eshitmagan ekanman. Ishontirib aytolaman, taxminlar noto`g`ri. Boisi, klipdagi qahramonimning farzandi bor, meni turmushga chiqqanimga esa endigina ikki oy bo`ldi.


8. Turmush qurishingiz shunchalik gap-so`zlarga sabab bo`lishini hech o`ylaganmidingiz?

— Yo`q. Gap-so`z qilayotganlar menga hasad qilishyapti, xolos. Hech kimga yomonlikni ravo ko`rmagan va xafa qilmagan bo`lsam-da, turmushga chiqqanimdan so`ng negadir mish-mishlarga ko`mib tashlashdi. Ularning gaplariga endi bee`tiborman. Faqat unutishmasin, bu — qaytar dunyo! Muhimi, yaqinlarim qandayligimni bilishadi. Shaxsiy hayotimdan esa ko`nglim xotirjam.

9. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan olgan diplomingiz chang bosib turibdimi yo o`z sohangizda ham ish boshlaganmisiz?

— To`g`ri, diplomim tokchada turibdi, lekin faxrli burchagida. O`sha bilimlarim hayotimda katta rol o`ynagan. Masalan, xalqaro festivallardagi suhbatlarda qaerda tahsil olganimni so`rashganida katta mamnuniyat bilan "Jahon iqtisodiyoti va dip­lomatiya universitetida”, deyman. Va atrofimdagilar shunday nufuzli universitetni tamomlagan talaba kino sohasiga qadam qo`yganidan xursand bo`lishadi. Diplomim garchi tokchada turgan bo`lsa-da, hayot yo`limda o`z izini qoldirishga ulgurdi.

Maxsus savol! Alisher UZOQOV, aktyor: — Butun hayotingiz tushga aylanib qolishini istarmidingiz?

— Aslo. Chunki hayotimdan to`la mamnunman, o`tmishimdan ham roziman. Hech qachon hech nima uchun afsuslanmaganman.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 260 | | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017