Вторник, 2020-02-25, 11:21 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [1]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7744]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1204]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [123]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2714]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4593]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [51]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7200]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1123]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2031]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [196]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [253]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [112]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1893]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [237]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1653]
Восстановление данных - Программы [1]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [103]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [104]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [48]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [300]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [589]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [31]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [41]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [132]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [36]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [29]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [10]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [146]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 759
Статистика



Онлайн всего: 115
Гостей: 115
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Февраль » 28 » ​Shohruh reper: “Istalgan janrda kuylay olaman”

8:41 PM
​Shohruh reper: “Istalgan janrda kuylay olaman”
Uning muxlislari ko`p, san`atda ham o`z yo`nalishini topgan. Har oyda bitta qo`shiq premera qilmasada, muxlislari tilida u — Shohrux repper. Hamma uni aynan rep yo`nalishida kuylagani uchun taniydi. Shohrux tez-tez intervyu bermasa-da, ijtimoiy saytlardagi shaxsiy sahifasida, o`zi bilan bog`liq barcha ma`lumotlarni yozib turishni kanda qilmaydi. Bugun muxlislarning talab va takliflarni inobatga olgan holda u bilan uchrashdik. Samimiy suhbat jarayonida esa uzoq kutilgan yakkaxon konserti, oilasi va kelajakdagi rejalari haqida bilib oldik.

Ijod

— Muxlislaringiz uzoq kutgan konsert kunlari ma`lum bo`ldi. Tayyorgarlik qanday ketyapti?

— Konsert repertuari anchadan buyon tayyorlanib, qo`shiqlar yozilib qo`yilgan. Ayni kunlarda ssenariy bilan bandman lekin u haqda batafsil gapira olmayman. Biroq tomoshabinlarning ko`ngliga ma`qul keladigan qo`shiqlar, duetlar bo`lishi kutilyapti.

— Shu kungacha konsertlaringiz jonli ijroda o`tardi. Bu gal fonogrammadan foydalanyapsiz. Nega?

— Aslida bu yilgi konsertda ham jonli ijroda kuylayman. Bannerlardagi "Fonogrammadan foydalaniladi" degan yozuvga kelsak, buning o`ziga yarasha sababi bor. Ya`ni qonun bo`yicha konsert dasturidagi musiqalarning bittasi bo`lsa-da, kompyuterda ishlansa, u fonogramma hisoblanadi va bannerda ham yoziladi. Lekin qo`shiqlarni yuz foiz jonli ijroda kuylamoqchiman.

— Siz kuylaydigan yo`nalish o`zbek estradasida yangilik bo`ldi. O`sha paytdagi muxlislaringiz bugungacha saqlanib qolganiga ishonasizmi?

— Ha, albatta! Chunki inson yoshligidagi narsalarni hech qachon yoddan chiqarmaydi. Ayniqsa, yoshligi bilan bog`liq musiqani. Shunday ekan, o`ylaymanki, qo`shiqlarimning o`z tinglovchilari bor va uni kelajakda ham eshitib yurishadi.

— Baribir rep yo`nalishi bizda uncha rivojlanib ketmadi. Buning sababi nimada deb o`ylaysiz?

— Sababi, rep yo`nalishining o`ziga yarasha qiyin tomonlari ko`p. Nokamtarlik qilmoqchi emasmanu, biroq hamma xonanda ham uni ijro etolmaydi. Shunday bo`lsa ham, rep o`qish yoshlar orasida yaxshi rivojlangan. Buni menga bo`lgan murojaatlardan bilaman. Ko`pchilik o`zini sinab ko`rayapti.

— Boshqa yo`nalishda kuylashingizni tasavvur qilish qiyin. Chunki sizga reper "tamg`a”si qo`yilgan. Agar yaxshi taklif tushsa, boshqa yo`nalishlarda ham kuylashingiz mumkinmi?

— Bu men uchun hech qanday muammo tug`dirmaydi. Agar ijodkorlardan yaxshi taklif tushsa, o`ylab ko`rishim mumkin. Istalgan janrda kuylay olishimga ishonaman.

— Musiqiy telekanallarda Shahzoda bilan kuylagan duetingizga ko`zimiz tushdi, u erda qo`shiqning siz ijro etgan joyi kesib tashlangan. Sababi nimada deb o`ylaysiz?

— Shahzoda bilan birga kuylagan "Ket” qo`shig`imiz tinglovchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Ammo savolingizga aniq javob bera olmayman, chunki negaligini o`zim ham bilmayman. Yaxshisi, bu savol bilan o`sha telekanal ijodkorlariga murojaat qilish kerak.

Farzandlar

— Keling, endi farzandlaringiz haqida gaplashsak... O`tgan yili ikkinchi bor ota bo`ldingiz...

— Islom o`g`lim tug`ilganda ota bo`lganimdan xursand bo`lib quvonchdan ettinchi osonda uchgandim. Lekin qiz bolaga ota bo`lish boshqacha ekan. Ko`nglimdan kechgan shirin tuyg`ularimni so`z bilan izohlab berolmayman. Qizim Leyla haqida to`lib-toshib gapirgim keladi. U har kuni o`zgarib, har soatda yangi qiliqlari bilan bizni xursand etayapti.

— O`g`lingiz yangi mehmonni qanday qabul qildi? Ota-onasini "rashk" qilmadimi?

— Islom endigina ikki yoshda. Hali ko`p narsani tushunmaydi. Shuning uchun bo`lsa kerak, juda "rashkchi". Agar Leyla bilan ko`proq ovora bo`lib qolsak, kattalarning e`tiborini o`ziga tortishga harakat qiladi. Lekin shunday bo`lsa ham, aka ekanini sezadi deb o`ylayman. Vaqti-vaqti bilan singlisining yoniga kelib, uni o`pib, quchoqlab ketadi.

— Islomning instagramda o`zingiz yurgizadigan shaxsiy profili bor. Qizingizning suratlarini ham ijtimoiy tarmoqqa qo`yganmisiz?

— Yo`q. Leyla uchun instagramda sahifa ochmayman. Sababi, qiz bola iloji boricha begona ko`zlardan uzoqroqda turgani yaxshi.

— O`g`lingiz qo`shiqlaringizni ting­laydimi? Kliplaringizni ko`rganda qanday holatga tushadi?

— U hali kichkina. Shu sabab undan biror bir baho kutmayman. Faqat televizorda ko`rganda "dada”, deb qo`yadi, xolos.

— U bilan ko`p vaqt o`tkazishingizni bilamiz. Ko`proq nimalar bilan shug`ullanasizlar?

— Bo`sh vaqtim bo`ldi deguncha, farzandlarim bilan gaplashishga harakat qilaman. Chunki ish hech qachon tugamaydi. Bolalarimning bolaligi esa ko`z oldimdan kinotasmadek o`tib ketishini istamayman. Ular bilan birga zavqlanaman, o`yinlarida birga bolaga aylanib o`ynayman. Qiziqishlarining har birini e`tibor bilan kuzataman. Kelajakda ham ularning har bir fikriga hurmat bilan munosabatda bo`lishni niyat qilganman.

Qiziqishlar

— Shohrux, hayotingizning qaysi davriga qaytib qolishni istardingiz?

— Inson o`tgan kunini unutmasligi kerak. Ammo men kelajakka qarab intiladigan insonman. Ayni vaqtdagi holatimdan mamnun bo`lganim uchun ham o`tgan kunimga qaytishni istamasdim.

— O`zingiz tomosha qilgan qaysi filmni boshqalarga ham tavsiya qilasiz?

— Mashhur aktyor Uill Smit bosh rolni ijro etgan "Baxt ortidan quvib" filmini tavsiya etaman. Voqealari hayotiy va tomoshabinlarni oldinga intilishga, yaxshilik umidiga chorlovchi kartina.

— Erkak birov bilan sirlashishi juda qiyin, deyishadi...

— Men ham ichimdagini birovga aytavermayman. Ayniqsa, jiddiyroq sir bo`lsa, uni o`zimdan boshqaga ishonmayman. "O`zingdan boshqa odam bilgan sir — sir emas", degan gap to`g`ri.

Blis:

— Yoshlar internetga qaram bo`lib qolmasligi uchun nima qilish kerak deb o`ylaysiz?

— Hozir texnologiya asri bo`lganligi uchun bu odatiy holga aylanib ulgurgan. Agar inson internetdan kerakli narsalar uchun foydalansa, uning yomon tomonini yo`q.

— O`zingizni boshqalarga o`rnak bo`la oladigan inson deb o`ylaysizmi?

— Aslida har bir insonda o`rnak olish mumkin bo`lgan jihatlar bo`ladi. Men o`zimning gapirgan gapimga javob bera olish odatim boshqalarda ham bo`lishini istardim.

— Bolalikda qaysi mult­filmdagi obraz siz uchun qahramon edi?

— "Qora plash" multfilmidagi o`rdak.

Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Loading...
Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 748 | | Теги: Yangilik, newsuz, uznews, xabarlar, habarlar, Новости, Yangiliklar, ahborot, news | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
$SMILES
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Shohruhxon - Ayol

Sardor Rahimxon - Balki bu sen uchun so'nggi kuningdir

Dilso'z - Mendan meni so'rama

Nilufar Usmonova - Taralli-dalli (Solo version)

Dildora Niyozova - Bahor

Nilufar Usmonova - Лейли

Hulkar Abdullayeva - Papaqi qurgay

Yusufxon Nurmatov - Dubay (cover Radius 21)

Sardor Mamadaliyev - Sen ketding (Video KLIP va MP3)

Radius 21 va Ziyoda - Unutolmadim


FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Uzstars.BiZ
  • www.24soat.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2020