Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho’rva (щи) ko’pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho’rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintiradi.
Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qiladi.
Masalliqlar: 400 gramm mol go'shti 150 gramm qizil sabzi 100 gramm piyoz 200 gramm kartoshka 1 bog' ko'k piyoz 3 bog' shovul 1 bog' shivit 1 bog' petrushka 2 ta poyacha ko'k sarimsoqpiyoz ta'bga qarab tuz va murch 30 gramm o'simlik yog'i 6 dona bedana tuxumi taom bilan tortish uchun smetana Qadam 1
Piyoz va sabzini mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.
Kartoshkani o'rtacha hajmdagi to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Qadam 2
Qozonga yog'ni solib qizdiramiz.
Go'shtni to'g'rab, qozonga solamiz va qovuramiz. Qadam 3
Go'sht ustidan to'g'ralgan sabzavotlarni solamiz va o'rtacha olovda 10 daqiqa davomida dimlab olamiz. Qadam 4
Sabzavotlarning ustidan 2 - 2,5 litr suv solamiz.
Qaynab chiqqandan so'ng olovni pasaytiramiz va 20-30 daqiqa davomida pishiramiz. Qadam 5
So'ng tuz va murch solamiz. Qadam 6
Ko'katlarni hammasini yuvib to'g'raymiz va sho'rvamizga solamiz. Qadam 7
Bedana tuxumini yaxshilab qaynatamiz va tozalab, teng ikkiga bo'lamiz. Qadam 8
Sho'rvamizni idishlarga suzamiz va tuxum bo'lakchalari, smetana solib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|