Пятница, 2024-03-29, 8:34 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 26
Гостей: 26
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Март » 3 » TATAR KAMPIR…

1:14 PM
TATAR KAMPIR…
Etmishdan o'tgan, uzoq yillik bel og'rig'i qaddini egib qo'ygan Nina xolaning uch xonali kvartirasi xorij musiqasi, qichqirib sakrayotgan mast-alast erkak, ayollarning dupur-dupuridan zir titrardi. Nina xola balkonning bir chetida mung'ayib o'tirgan ko'yi o'zicha g'udranib qo'yardi.
— Iloyim yer yutsin senday kelinni!.. Bilaman, Marat o'g'limni shu niyatda qamatgansan. O'ynashlaringminan hiringlasholmasding-da bolam borida!.. Xudo jazoingni bersin iloyim!..

— Hoy kampir! — Nina xola tanish, yoqimsiz tovushni eshitdi-yu, yuragi hapriqib, jonholatda o'rnidan turishga tutindi. — Nimaga qahva damlanmagan haligacha? — semizdan kelgan, baland bo'yli, siynalarining yarmi ochiq Zina ikki qo'lini belini tiragancha kampirni so'roqqa tuta boshladi. — Nimaga ko'zingni lo'q qilib turibsan? Bor qahvalarni tayyorlab qo'y! Biz fol ochamiz!..

— B-bo'pti, kelin! — deya oldi zo'rg'a Nina xola qaltis harakat qilib qo'ydimi, og'riq turgan beliga ikki kayftini bosib. — Hozir damlab beraman!..

— Fol ochmay do'zaxga do'mbira bo'lgin! — ichkari uyga kiriboq qichqirib raqs tusha boshlagan kelinining ketidan qarg'ana-qarg'ana oshxonaga o'tdi Nina xola.

Odam qarisa, qo'llari ham titrayveradigan bo'lib qoladi shekilli. Aksiga olgandek, suv qaynayotgan choynakni tutqichidan ushlab stol tomon olmoqchi bo'lgandi, tutqich tutgan qo'llarida beixtiyor titroq turdi. Choynak polga ag'anab qaynoq suv sholcha ustiga to'kildi. Bu orada Zina vannaxonaga kirib ketayotgandi. Taraqlagan tovushni eshitib yugurgancha oshxonaga kirdi.

Nina xola nima qilishni bilmay bir chetda qotib turardi.

— Voy Xudoyi-im!.. — chapak chalib so'kina boshladi Zina. — Bu noshud kampirning dastidan qaerga qochay-y?.. Nima qilib qo'yding?.. Endi bir kamim sening orqangdan axlatingni tozalashmidi?.. Rasvo qilding-ku sholchamni, yashshamagur!.. Buyoqqa yur, qarimay o'lgur!..

Zina kutilmaganda Nina xolaga yopishib yo'lak tomon sudradi.

— Hoy, nima qilayapsan? O'ldirib qo'yasan-ku kampirni!.. — baqir-chaqirni eshitib yo'lakka chopib chiqqan erkak-ayol ulfatlar Zinani tortqilay ketishdi.

— Qo'yvorlaring meni! — Zina ularni siltab tashlab tashqari eshikni ochdi. — Yo'qol!.. Bu mening uyim!.. O'g'lingning urib-tepganlari yetadi! Endi senam o'sha yaramas bolangning yoniga borib yasha!..

* * *

Nina xola nimalar bo'layotganiga hamon tushuna olmasdi. Tashqarida qish hukmron. Shu kuni qor bo'ralab yog'ardi. U uy orqasiga o'tdi-da, kamzuliga qattiqroq o'ralib katta ko'chaga boqdi.

— Ie, bu qanjiq meni o'z uyimdan haydamoqchimi? — oradan besh-o'n daqiqa o'tib hushyor tortgan Nina xola uchinchi qavatdagi kvartirasi derazasi tomon qarab lablarini tishladi. — Nimaga? O'g'lim bechorani-ku, ming xil tuhmatlar bilan qamatdi. Bo'lmasa, mening bolam umrida birovni chertmagandi. O'zi yo'q yerdan janjal chiqardi. Ichvolib boshini devorga urib qonatdi-da, hammasini Maratimga to'nkadi… E, bo'shang bo'lmay qursin shu bolam ham!.. Milisalarning tepkisidan qo'rqqan-da! Yo'qsa, qilmagan ishini qildim deb o'zini dor ostiga tutib berarmidi… Yo'q, haydab bo'pti bu megajin!.. G'ing desin, qo'shnilarni chaqiraman… Boshqalaridan umid qilmasam ham hech bo'lmasa, chekka podyezddagi o'zbek qo'shnilar chiqib ajratib olishar!.. Musulmon-ku!..

Nina xola dadil tortib ortga qaytdi.

Sezdi. Podyezdga kirayotganda birinchi qavatda yashaydigan o'ris qo'shnilar qarab-qarab qo'yishdi…

Be, ular tomosha ko'rishni bilishadi. O'tgan yili Marat kayfi oshib qolgan xotiniga baqirgandayam bittasi qorasini ko'rsatmagan. Eshik tirqishidan quloqlarini ding qilib miriqib eshitishgan xolos…

* * *

Nina xola qo'rqa-pisa kvartirasi eshigiga yaqin bordi. Eshik lang ochiq edi. Zalning eshigi ham yopilmagan. Zina polda sonlari ochilgancha dumalab yotar, aylana atrofiga qusib tashlagandi.

Nina xola ijirg'anib og'iz-burnini kaftlari bilan yopib sekingina xonasiga kirib oldi.

— Xudoga shukr, — dedi u eshikni ichkaridan tambalashga tutinib. — mastligiyam menga yaxshi bo'ldi. Sovuqda qotib o'lmaydigan bo'ldim. O'lib ketsin qusig'iga belanib!..

Kampir sim-sim og'riyotgan belini, oyoqlarini damba-dam uqalay-uqalay karavotiga cho'zildi.

Keksa odamga bundan ortiq istirohat bormidi. Ozgina bo'lsin, yumshoq ko'rpada cho'zilib yotsa, charchog'i chiqadi, alamlarini unutadi…

* * *

Tong otganmidi, yo'qmidi, Nina xola anglay olmay qoldi. Bilgani, hali tashqari qorong'i edi.

Yoqimsiz tovushdan uyg'onib ketdi.

Ne ko'z bilan ko'rsinki, tepasida ko'zlari qizarib, og'zidan so'laklari oqqancha qo'lida oshpichoq tutgan kelini Zina chayqalib turardi.

Nina xola azbaroyi qo'rqib ketganidan dast boshini ko'tarib yostig'ini mahkam quchoqlab oldi.

— Menga qara, kampir, — deya Nina xolaga yaqinroq keldi Zina. — mayli, mastligimdan foydalanib kiribsan. Hech narsa demayman. Lekin bir shartimni bajarmasang, mana shu pichoqminan naq so'yib tashlayman! Mening yo'qotadigan hech narsam yo'q!.. Eshitdingmi-yo'qmi?..

— E-eshitdi-im… P-pichog'ingni ol nari!.. — qo'rqqanidan boshini ikki qo'li bilan berkitdi Nina xola.

— Ovozingni chiqarsang, qo'shnilarning oldida sharmanda qilsang, o'zingdan ko'r! — davom etdi Zina. — Yo… Aytasanmi-a?..

— Yo'q… Aytmayman… O'ldirma… Tegma menga!..

— Mana bu boshqa gap. — iyaklaridagi so'laklarni kirlangan kaftlari bilan arta-arta sovuq tirjaydi Zina. — Endi quloq sol. Hoziroq sening nomingdan ariza yozaman. Sen imzoingni qo'yib berasan. Xo'sh, rozimisan?..

— Q-qanaqa ariza?.. — keliniga ham hayrat, ham vahima aralash tikilib so'radi Nina xola.

— Keyin bilasan. Hozir jimgina yotib kut!..

* * *

Nina xola kelinining xohishiga qarshi hech narsa qila olmadi. Garchi, arizaning nima ekanini tushunmasa-da, qandaydir muhim hujjatligini yuragi sezdi. Ammo bosh tortishga qo'rqardi. Zinaning vajohati bunga yo'l bermasdi.

— Ana bo'ldi. — deya oppoq qog'ozni siynalari orasiga berkitdi Zina. — Manavi pulni olgin-da, quri bu uydan!..

Nina xola itoat bilan kelini tutqazgan bir dasta ikki yuztalikni qo'liga oldi.

— Nega qarab turibsan? — o'shqirdi Zina. — Bo'l tez! Hali zamon mehmonlarim kelishadi. Bilib qo'y, birovga churq etsang, joning meni qo'limda, tuzukmi?

— Indamayman, bolam, indamayman. — harsillay-harsillay chit ro'molga yengil kiyimlarini tugib Nina xola tashqariga yo'naldi. — Faqat… Urmasang bas!.. Aytgancha… Qachon kelay?.. Ko'cha…

— O'zim chiqib olib kelaman. — Zina kampirning hech narsaga tushunmaganiga to'liq amin bo'ldi chog'i, aldashga o'tdi. — Mehmonlarim ketishiminan olib kelaman. O'lmaysan birpas ko'cha aylanib tursang.

— Unda… Manavi tugunni qoldira qolay. — dedi Nina xola. — Xonamga qo'yib…

— E, yo'qot isqirtlaringni!.. — uni jerkib tashladi Zina. — Qarashga odam jirkanadi. Tez bo'l!.. Namuncha imillayverasan?..

Nina xola tayoq yeb qolmaslik uchun bukchaygan qaddini qo'llari bilan tutib pildiragancha tashqariga yo'l oldi.

* * *

— Kelin bo'lmay har narsa bo'lsin-da, shuyam! — qor uchqunlay boshlagan qorong'i kechada noma'lum manzil tomon ketib borardi Nina xola. — Shunday sovuqda meni haydab soldi-ya!.. Shunchalik ham shafqatsiz bo'ladimi?!. Endi qayga boraman? Kimning eshigini yarim kechada taqillatib kiraman? Qarindosh-urug'im bo'lmasa. Qo'shnilarga aytishga… E, yo'q, o'ldirib qo'yadi yaramas. Aytdi-ku birovga gullab qo'yma deb!.. To'xta, shu sovuqda qachongacha izg'ib yuraman o'zi? Qachon chiqadi-yu, qachon olib kirib ketadi? Umuman chiqmasa-chi? Sovuqda qotib o'lsam-chi?.. Yo'q, milisaga boraman. Ha, imi-jimida bor gapni aytaman. O'shalar meni himoya qilmasa, xarob bo'ladiganga o'xshayman. Milisalarning oldida menga qo'l ko'tara olmaydi. Eh, qaerda ekan milisasi o'zi?.. O'g'limni qamaganda qaysi yo'ldan borgandim-a?..

Nina xola negadir daraxtzorni kesib o'tmoqchi bo'lib chapga qayrildi va qadamini tezlatdi.

Shu payt o'n-o'n besh qadamcha narida kattakon itga ko'zi tushib taqqa to'xtadi. It ko'zlari yonib Nina xolaga tikilgancha irillardi.

— Ket!.. — qo'l siltab uni haydashga tutindi Nina xola. — Tur ket!..

It qimirlamadi. Aksincha qattiqroq irillay boshladi.

— Bu ketadiganga o'xshamaydi! — rangi oqarib astoydil o'tirib oldi Nina xola. — Xudoning yuborgan qarg'ishi bo'lmay o'lgur!.. Yeb qo'ymasa go'rgaydi!.. Voy-voy-ey-y!.. Endi bunisiyam bormidi menga?!. Yo… Qilgan gunohlarim uchun jazoimni berayaptimi Xudo?.. Yoshligimda qanday edim o'zi? Anavi Zina qanjiqqa o'xshagan battolmidim? Yo'q, unaqa emasdim. Birovni behuda xafa qilmasdim…

Ha-a, oyimminan dadamning oldiga Mishani yetaklab kelganim yodimda. Qurib ketsin. Yoshlik ekanmi, qahvaxonalarda o'tirib qizil vino ichishni xush ko'rardim. Ayniqsa, Misha bilan tanishganimdan keyin Xudo bergandi… Ishqilib, mana shu ichkilik tufayli ixtiyorimni unga topshirib qo'ydim. Ota-onamning ko'nglini og'ritdim. Buyam yetmaganday, ularga zarda qilib uydan chiqib ketdim. Mishani tashlab Mardonni topdim. Nima ko'rdim? Maratimni orttirdim. Er ham hech qancha erlik qilmadi. Qamaldi ketdi. Men yana zarda qildim. Uni ko'rish uchun turmaga bormadim. Qamoqdan kelgach, bolani ko'rsatmadim. Mardon ham tashlab ketdi…

Mayli, peshonamga yozilgani shu ekan. Har kim ekkanini o'radi-da!.. Hammasi o'zimdan. Yoshligimda tuzuk-quruq odam bo'lsam, shu kunlarni ko'rmas edim. Mayli, endi itdan qanday qutulay? Yashshamagur ko'zini lo'q qilib turibdi…

— Ha, qorning ochdimi? — asta-sekin o'rnidan qo'zg'alishga urindi Nina xola. — Meni yeb qo'yasanmi? Qari kampirni-ya?.. To'xta, hozir…

Nina xola nimadir yodiga tushgandek, shosha-pisha tugunini kovlashtirdi. Kiyimlar orasida bir burdagina non bor edi. Shuni olib itning oldiga tashladi.

It nonga andarmon bo'lishidan foydalanib qolish ilinjida ehtiyotkorlik bilan ortga tislana boshladi. Biroq it nonga qarab ham qo'ymadi. Nina xola tomon yurdi.

— Voy!.. Qoch!.. Daf bo'l!.. It bo'lmay o'lgur, yo'qol!..

Kampir sovuq jonidan o'ta boshlaganini-da unutib qochishga tushdi. Yigirma-o'ttiz qadam naridan anhor oqib o'tgan ekan. Pishqirib oqayotgan anhor bo'yiga kelib taqqa to'xtadi.

— To'xta dedim! — ayozdan lablari titrab qichqirdi Nina xola irillashni bas qilib dumini likillatgancha yaqinlashib kelayotgan itga. — Agar to'xtamasang, o'zimni suvga tashlayman!.. Senam, anavi Zina megajinam qutulasanlar mendan!.. To'xtaysanmi-yo'qmi?..

Jonivor nimani tushunsin. Kampirga juda-juda yaqin kelib qoldi.

— Endi o'zingdan ko'r! — suvga sakrashga chog'landi Nina xola. — Bilib qo'y, o'lsam sen aybdor bo'lasan. Hamma sendan ko'radi!.. Mana senga!..

Nina xola ko'zlarini chirt yumib o'zini suvga tashladi.

Kuchli oqim uni bir zumda anhorning o'rtasiga tortib ketdi.

* * *

Shu tobda ikki-uch erkak shirakayf holda bog' ichidan o'tib borishardi. Ulardan biri cho'kayotgan kampirni ko'rib qoldi-yu, anhorga qarab chopdi…

Nina xola ikki soatlar chamasi vaqt o'tib kasalxona palatasida ko'zini ochdi. Harqalay, suvga to'yinib ulgurmay qutqarib qolishibdi…

Qo'l-oyoqlarini qimirlatib ko'rdi. Joyida. Xuddi yomon bir tush ko'rgan kabi uzoq muddat shiftga termulib yotdi. Nimalar bo'lganini eslashga urindi. Xotiri pand berib qo'yaverdi…

Shu mahal palata eshigi ochilib baland bo'yli, bashang kiyingan, qo'lida jild tutgan qirq yoshlar atrofidagi erkak ichkariga kirdi va eshikni mahkam yopib Nina xolaning tepasiga yaqin bordi.

— Xo'sh, xola, tuzukmisiz endi? — so'radi u kulimsirab. — Hech qaeringiz og'rimayaptimi?

— Yo'q, yaxshiman, bolam. — dedi Nina xola va sekin o'rnidan turib o'tirdi. — Siz kim bo'lasiz?..

— Menmi?.. — bosh qashib qo'ydi erkak. — Baribir tanimaysiz.

— Ha-a, sizmi meni suvdan chiqarib olgan?

— Men emas. — erkak Nina xolaning oyoq tarafiga cho'kib jild ichidan bir surat chiqarib uzatdi. — Eng asosiysi tirik qoldingiz. Xo'-o'sh… Endi xafa bo'lmasangiz, sizdan ba'zi narsalarni so'rab olsam-a? Aytgancha, men prokuratura tergovchisi Mansurov Xalil bo'laman. Mana bu suratdagi ayolni taniysizmi?

Nina xola suratni ko'rdi-yu, yuzini ters burib oldi.

— Taniysizmi, xola? — so'rashda davom etdi tergovchi.

— Taniyman. Tanimayin men o'lay… O'sha qanjiqni deb suvga tushib ketibman-da!..

— Qo'ying, yomon so'zlarni tilga olmang… Demak, kechasi yuz bergan voqealarni ham yaxshi eslaysiz?

— Kechasi? Nima bo'ldi kechasi?.. Men… Suvga tushib ketdim-da, bolam!..

— Siz marhuma Zina Rinadova bilan janjallashib qolgansiz. Keyin… U mast bo'lib uxlab qolganidan foydalanib, uyga o't qo'ygansiz-u, boqqa borib anhorga o'zingizni tashlagansiz. Xo'sh, to'g'ri topdimmi?..

— Marhuma?.. Kim marhuma?.. — Nina xola yuragi bezovta urib sal qursa o'rnidan turib ketayozdi.

Belida paydo bo'lgan og'riq tufayligina qaytadan o'tirib oldi.

— Kim o'ldi?.. Zina o'ldimi?..

— Ha, siz o't qo'ygansiz-u, keliningiz olov ichida qolib ketgan…

— Kim o't qo'yibdi?.. Men-a?.. Kim aytdi?..

Nina xola og'riqqa ham e'tibor qilib o'tirmay, dast o'rnidan turdi.

— Qani, kim aytdi meni o't qo'ydi deb?..

— O'zingizni bosing, xola!.. O'zingizni qo'lga oling!.. Mana, dalillar yetarli!..

Tergovchi qaytadan jildini ochdi-da, qog'oz olib Nina xolaga tutqazdi.

— Bu nima? — so'radi Nina xola. — Bu nima o'zi?

— Bizga ma'lum bo'lishicha, keliningiz sizning nomingizdan uyni xatlab berishingiz haqida soxta ariza yozib, imzo chekishga majbur qilgan. Rostmi?

— Ha, rost! — jonlanib ketdi Nina xola. — U menga mana shu qog'ozni tutqazib imzo chekishga majbur qildi. Tomog'imga pichoq tirab oldi.

— Keyin siz qo'l qo'ydingiz. Shundaymi?

— Qo'yaman-da! Jon hammagayam shirin.

— Qo'ni-qo'shnilarni chaqirib chiqmadingizmi? Dod-voy qilmadingizmi?

— Be, qo'shnilar chiqarmidi. Tomosha qilib turaverishadi ular. Odamning o'lib ketganiminan ishlari yo'q. Qolaversa, Zina «Birovga churq etsang, o'lasan» deb qo'rqitdi.

— Shundan keyin siz xonangizga kirib yotdingiz… Zinaning mast bo'lib uyquga ketishini kuta boshladingiz…

Nina xola indamadi…

U hamon tushuna olmasdi. Kutilmagan gaplar… Zinaning o'limi…

— Uy yondi dedimi? — miyasida nuqul shu savol aylanardi. — Nega yonadi?.. Kim yoqadi?.. Voy sho'rim! Endi nima qilaman? Qaerda yashayman?.. Bolam-chi?.. Qamoqdan kelsa nima qiladi?.. Qaerdan boshpana topadi?..

— Xola, meni eshitayapsizmi?.. — oradagi sukunatni buzdi tergovchi. — Savolimga javob bermadingiz-ku!..

— Nima?.. Nimani so'radingiz?

— Marhumaning uyquga ketishini kutdingizmi?..

— Yo'-o'q… Nega kutarkanman?..

— Xola, tushuning, yoshingizni hurmat qilib qattiq gapirmayapman. Axir, six odam o'ldirgansiz!.. Buning uchun sizga kamida o'n yil berishadi. Shuni bilasizmi?..

— Nima?.. — Nina xola ko'zlari ola-kula bo'lib tergovchiga qattiqroq termuldi. — Qamaysizmi meni?.. Qamaysizmi-a?.. Bo'pti, qamay qoling!.. Uyimni yonib ketdi deyapsiz-ku!.. Boradigan joyim qolmabdi. Mayli, o'sha qamog'ingizda yashab tura qolaman…

Tergovchi bu gaplardan jig'ibiyroni chiqib qo'l siltagancha nari ketdi.

Shunda palata eshigi ochilib ostonada yoshi elliklarga borgan, to'ladan kelgan bir erkak paydo bo'ldi.

— Kechirasiz, siz tergovchimisiz? — so'radi u bir Nina xolaga, bir Xalil Mansurovga javdirab.

— Ha, men. — dedi tergovchi eshikka yaqin kelib. — O'zingiz-chi?..

— Menmi? Men mana shu kampirning qo'shnisi bo'laman. Ismim Norqul.

— Voy, Norquljon, bormisan? — Nina xola tanish chehrani ko'rib beixtiyor jonlandi. — Qara, manavi odam meni qamayman deyapti!.. Endi o'sha yerda yashaymanmi, bolam?..

— Xo'sh, menda nima ishingiz bor edi? — kampirning so'zini bo'lib Norqul akaga yuzlandi tergovchi.

— Bilasizmi… — dedi u cho'ntagidan dastro'molcha chiqarib peshonasidagi terlarni artarkan. — Xolaning aybi yo'q. Buni kechasi sheriklaringizgayam keliningiz aytgan ekan. Negadir ular quloq solishmabdi.

— Nega quloq solishmaydi. Nima degan ekan o'zi?

— Ochig'ini aytaman. Kechasi Nina xolanikida katta ziyofat bo'lgandi. Biz bunaqangi shovqinlarga ko'nikib ketganmiz. «Ha endi, kelini tag'in ulfatlariminan ichayaptikan-da!» dedik-u, qo'l siltab qo'ya qoldik. Yong'in ham Nina xola chiqib ketgandan keyin ikki soatlar o'tgach boshlangan… Hammamiz yig'ilib olovni o'chirdik. Jasadni ham o'zimiz olib chiqdik. Keyin bilsak, Zina kampirni majburlab, qo'rqitib uyni o'ziga o'tkazish haqidagi arizaga qo'l qo'ydirib olgan ekan. Nina xola arizaning nimaligini tushunmabdi hatto. Undan keyin yarim tunda qaynonani Zina qo'liga pul tutqazib ko'chaga haydab solibdi. Shunday ekan, hamma ayb Zinaning o'zida.

— Bu gaplarni boshqa qo'shnilar ham tasdiqlaydimi? — so'radi tergovchi.

— Albatta. Borib bemalol so'rayverishingiz mumkin.

— Yaxshi. O'zim ham sira ishongim kelmay garang bo'lib turgandim… Mayli, siz tashqarida kutib turing. Hozir chiqaman…

— Xola, sira xavotirga tushmang. — dedi Norqul aka chiqib ketayotib. — Uyingiz ja unaqa qattiq yonmagan. Qo'shnilar birgalashib ta'mirlab beramiz.

— Umringdan baraka top-e, bolam!.. — ko'zlariga yosh oldi Nina xola. — Endi meni hech kim haydab solmaydimi?..

— Aslo. O'g'lingiz kelguncha qo'shnilar navbatiminan qarab turamiz. Bo'pti, hozircha xayr!..

Tergovchi Norqul aka chiqib ketgach, Nina xolaning yelkasidan tutib karavotga o'tqazdi.

— Charchagansiz, yotib dam oling. — dedi u. — Yana bir-ikki kun shu yerda bo'lishingizga to'g'ri keladi. Ancha zo'riqqansiz.

— Qamamaysizmi endi?

— Yo'q, Qamashdan Xudo asrasin!.. Yoting, dam oling!..

Tergovchi chiqib ketdi.

Nina xola ko'zlarini yumgancha jimgina sukut saqlar, ko'zlaridan duv-duv yosh quyilardi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 848 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Март 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя