Teriyaki tovuqli taomi yapon oshxonasiga mansub bo’lib, ko’pgina mamlakatlarda ham sevib iste’mol qilinadi.
Bu taom nafaqat mazali, balki ishtahaocharligi sabab ham, uni bayram dasturxonlarida tayyorlashingiz ham mumkin.
Tayyorlanilgan taomga taxminiy sarflaniladigan pul — 20 000 so’m.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar: 1 osh qoshiq zaytun moyi 400 gramm tovuq go'shti (lahm) ta'bga qarab tuz va murch 2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi 1 osh qoshiq maydalangan zanjabil 560 millilitr iliq suv 150 gramm guruch 125 millilitr soya qaylasi 1 osh qoshiq guruch sirkasi 60 millilitr asal 1 osh qopshiq makkajo'xori kraxmali 70 gramm brokkoli karami 70 gramm qizil sabzi yarimta qizil bulg'or qalampiri yarim bog' ko'k piyoz Qadam 1
Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Tovuq go'shtini uzunchoq, bulg'or qalampiri, qizil sabzi va brokkolini esa o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz. Qadam 2
Tova yoki qozonni gaz plitasiga qo'yamiz va zaytun yog'ini solib qizdirib olamiz. Qadam 3
Tovuq go'shtini solib, 8 daqiqa davomida qovurib olamiz. Tuz va murch sepib, muntazam aralashtirib turamiz. Qadam 4
Sarimsoqpiyozni ham mayda to'g'raymiz va zanjabil bilan birga tovuq ustida solamiz. Yaxshilab aralashtirib, biroz qovuramiz. Qadam 5
500 millilitr suv va yuvilgan guruchni solamiz. Qadam 6
Qopqog'ini yopib, qaynash darajasiga yetkazamiz. Olov o'rtacha bo'lishi kerak, pastlatmaymiz. Qadam 7
Qaynash boshlaganidan so'ng, olovni pasaytiramiz va 15-20 daqiqa davomida pishiramiz, har zamon aralashtirib turishni esa yoddan chiqarmaymiz. Qadam 8
So'ng soya qaylasi, guruch sirkasi va asalni solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz. Qadam 9
60 millilitr suvga kraxmalni solib aralashtiramiz va taomga solamiz. 3-4 daqiqa davomida, aralashtirib pishirib olamiz. Qadam 10
So'ng brokkoli, qizil sabzi va bulg'or qalampirini solib, tayyor bo'lgunicha dimlab pishiramiz. Qadam 11
Xohishga qarab taomga ko'katlar va kunjut sepib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|