Muammoning echimi bor! 1 osh qoshiq osh tuzini iliq suvda eritib, 2 tomchi yod eritmasini qo`shing. Engil aralashtiring-da, 15 daqiqaga qo`llaringizni solib o`tiring. Tuzli vanna sinuvchan tirnoqlar uchun jyda foydali. Faqat bir sharti bor: muolajadan so`ng qo`llar chayilmaydi va 15 kun davomida muntazam bajariladi. Yangi archilgan limon po`sti bilan tirnoqlarni bir sidra artib oling. Bu muolaja nafaqat tirnoqlarni mustahkamlaydi, balki tirnoq atrofidagi terini yumshatib, dag`allashishidan himoyalaydi. Dorixonalarda qavatma-qavat bo`lib ko`chib tushayotgan tirnoqlar parvarishi uchun maxsus kremlar mavjud. Bunday kremni tirnoqqa yaxshilab surtib, ertalabgacha qoldiriladi. Tirnoq plastinkasi yupqalashib, so`ng sinib ketaversa, bir haftada 2 marta zaytun yog`ini yordamga chaqiring. Tirnoq atrofiga zaytun yog`idan surtib, engil uqalang. Yog` tirnoq atrofidagi teri va tirnoq plastinkasiga shimilishi kerak. Sinuvchan tirnoqlarni har hafta qaychilab turish lozim. Shunda uchi kaltalanib, asosi mustahkamlanib boraveradi. Yuzasi ko`chayotganida ahamiyat berilmasa, muammo tirnoq asosiga etib borishi mumkin. Muammoning yana bir echimi: ikki hafta davomida lak surtmay, rangsiz bo`yoqdan foydalaning. Tirnoqlaringiz o`ziga kelib olgach, yana rang berishingiz mumkin. Uydagi muolajalar yordam bermasa, go`zallik salonlarida parafin yordamida davolash choralari ham bor. Agar tirnoqlardagi sinuvchanlik uzoq davom etsa yoki tez-tez qaytalansa endokrinolog ko`rigi ham maqsadga muvofiqdir.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|