Mobinfo sayti Toshkent shahridagi "Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan Apple iPhone 6 smartfonlarining 9-noyabr holatiga ko‘ra narxlarini e’lon qildi. Bu haqda "Parol” nashri xabar berdi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:
Apple iPhone 6 (16 Gb xotirali turi) — 2 700 000 so‘m; Apple iPhone 6 (64 Gb xotirali turi) — 3 000 000 so‘m; Apple iPhone 6 (128 Gb xotirali turi) — 3 800 000 so‘m.
Ushbu smartfonda 4,7 dyuym 1334×750 pikselli displey, 64 bitli Apple A8 chipi, 8 megapikselli asosiy kamera, 1810 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Apple iPhone 6 smartfoni iOS 8 operatsion tizimida ishlaydi.
U 6,8 millimetr qalinlikka ega. iPhone 5s smartfoni esa 7,6 millimetr qalinlikda ishlab chiqarilgan edi. Smartfon o‘lchami kattaligi bois o‘chirib-yoqish tugmasi iPhone 5s kabi tepada emas, yon tomondan o‘rin olgan.
Smartfonning Home – asosiy tugmasi ikki marta bosilganda, butun displey pastga qarab tushadi va siz displeyning yuqori oynasini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|