Kuni kecha Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilinishicha, poytaxtda 50 ta otdan iborat otliq otryad faoliyat boshlaydi.
Otryad bazasi "Ippodom””da joylashadi.
O`zbekistonda otliq otryadlari 2014 yilda Andijon va Namangan viloyatlarida tuzilgan. Namangan viloyati IIBdagi otliq otryad 22 nafar xodim va 22 bosh xizmat otidan tashkil topgan.
Toshkentda tashkil etiladigan otliq otryad otliq otryad patrul yo`nalishlari va tegishli hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta`minlaydi, ochiq maydonlarda sport, madaniy-tomosha va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazish chog`ida mobil to`siqlar va otryadlarni tashkil qiladi, ommaviy tadbirlarda xizmat otlaridan foydalangan holda fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta`minlaydi, xizmat otlaridan foydalangan holda mustaqil va ichki ishlar organlari hamda boshqa maxsus operasiyalar tuzilmalarining kuchlari bilan hamkorlikda tajovuzkor olomonni tartibga solish, ommaviy tartibsizliklar va jamoat tartibini boshqa guruhli buzilishida faol ishtirok etayotganlar va ularning boshliqlarini aniqlash va qo`lga olish kabi vazifalar bilan shug`ullanadi.
Ma`lum bo`lishicha, otlarga shovqindan hurkmaslikka, portlashdan, tutunli hududlarda qo`rqmaslikka, hujum qiluvchilarga qarshi chiqishga o`rgatiladi. Bu maqsadda rossiyalik mutaxassisar bilan hamkorlikda o`quv mashg`ulotlari o`tkaziladi.
Otliq otryad joriy yil ohirigacha poytaxtimizda faoliyat boshlaydi.