Tug'ish jarayoni o'ta ma'suliyatli davrdir. To'lg'oqlarni oson o'tkazish uchun bo'lajak ona o'ziga yordam berishi mumkin.
Quyidagi maslahatlar tug'ish jarayonini osonroq o'tkazishga yordam beradi.
1. Qo'rquvlardan xoli bo'ling. To'lg'oq og'riqlarini sizdan oldin millionlab ayollar boshdan kechirgan va bu jarayondan qayta-qayta o'tishga rozi ham bo'lishgani haqida unutmang;
2. Yengil tuqqan ayollar bilan ko'proq maslahatlashing;
3. Bo'shashishni o'rganing, Yuz, tomoq, oyoq va qo'llarning kuchanishi kerak emas. Birinchidan, ortiqcha kuch bunga sarflanadi, ikkinchidan keraksiz bosh og'riqlari yoki qo'l-oyoqlarning zo'riqishi yuzaga keladi. Undan tashqari tana qanchalik bo'sh bo'la olsa, bolaning toz yo'llaridan o'tishi shuncha oson bo'ladi. Bachadon kuchanishni talab etganda, yoki shifokor kuchanishingizni so'raganda faqatgina qorin mushaklari bilan kuchaning. Tug'ishdan oldin bo'shashgan holda aynan qorin toz mushaklarini boshqarishni mashg'ulot qilib ko'ring.
4. Shifokordan qachon va qanday kuchanish kerakligini aytib turishini talab qiling. Masalan, bolaning boshi ko'rinayotgan paytda kuchanmaslik lozim, bu haqda sizga shifokor aytib turishi kerak.
5. Chuqur nafas olish juda muhim. To'lg'oqlardan dam olish davrda yoki shifokor talab etgan payti chuqur-chuqur nafas olishingiz kerak bo'ladi.
6. To'lg'oqlar boshlanmasidan oldin, yotmang. Sizga qulay holatni topib harakatda bo'ling. Sport ko'ptogi bachadon bo'yni ochilishi payti og'riqni kamaytirishda as qotadi.
7. Tug'ish kuni yaqinlashgan davrda ko'p harakatda bo'ling, lekin keskin charchash mumkin emas. Tug'ish boshlanib qolsa, sizga ko'p kuch talab etiladi. Shuning uchun ko'p harakat bilan bir qatorda to'yib uxlash va dam olish ham zarur.
8. To'lg'oq payti baqirmang. Butun kuchingiz baqirishga ketib qoladi.
9. To'lg'oqlar payti o'zingizga qulay holatni aniqlab oling. Shifokor ruxsat bergan holda, o'sha holatda bo'ling.
10. Yaxshi niyat qiling. Ozgina chidasangiz hammasi o'tib ketadi, natijada esa qo'lingizda yangi hayot paydo bo'ladi.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot http://www.uzbaby.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|