Agarda siz tvorogni pishirilgan ko’rinishida iste’mol qilishni afzal ko’rsangiz, demak sizga pishirilmagan xom tvorog yoqmaydi. Ammo hozirgi desertimiz tvorogni sevib qolishingizga majbur qilishi aniq.
Chunki u shu darajada mayin chiqadiki, uning tarkibida tvorog mavjudigini sezmaysiz ham. Bu shirinlikka xohlagan meva yoki yong’oqlaringizdan qo’shib, yangicha ta’mlarga ega bo’lavering.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar: 300 gramm tvorog 100 gramm shakarsiz yogurt 2 osh qoshiq kakao 15 gramm jelatin 80 millilitr suv 3 osh qoshiq shakar Qadam 1
Jelatinni sovuq suvga solib, 15 daqiqa ivitib qo'yamiz. Qadam 2
Ivitilgan jelatinni qozonchaga solib, ozgina qizdirib eritamiz, lekin qaynatib ketmasin. Qadam 3
Shakar, tvorog, yogurt va kakaoni blender idishiga solib maydalab olamiz.
Ustidan eritilgan jelatinni solib, aralashtirib olamiz. Qadam 4
Kremankalarga solib, 2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Qadam 5
Tortishdan oldin ta'bga qarab ustini merenga, malina yoki har xil yong'oqlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|