Ertalab tongni yaxshi kayfiyat bilan boshlash uchun tvorog bilan pishiriladigan, juda xushbo’y pishiriqlardan pishirib ko’ring.Tvorog qo’shib pishiriladigan bunday pishiriqlar ko’pchilikka bolaligidan tanish bo’lib, u ba’zilarning sevimli pishiriqlaridan biri bo’lsa ajab emas.
Quyidagi masalliqlardan taxminan 20 dona pishiriq (sochnik)lar hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 19 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar: Xamiriga: 420 gramm un 200 gramm margarin yoki sariyog' 2 ta tuxum 100 gramm shakar 1 choy qoshiq qabartma bir chimdim tuz ustiga surtish uchun tuxum sarig'i Asosiga: 400 gramm 5-9 % li tvorog 40 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana 70 gramm shakar upasi 1 choy qoshiq vanilin 1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali 1 dona tuxum sarig'i Qadam 1
Biroz yumshgan sariyog'ni tuxum, shakar va tuz bilan yaxshilab ko'pirtirib oling. Qadam 2
Qabartma bilan unni elab olamiz va sal-sal aralashtirib olamiz. Qadam 3
Xamirni aylana shaklga keltirib, 20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.uning uchun barcha masalliqlarni birlashtirib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Qadam 4
Biroz sovigan xamirni un sepilgan yuza ustida 5 mm qalinlikda yoyib olamiz. Qadam 5
Aylanasi 10 sm li piyola yoki qolipcha yordamida xamirdan shakllar kesib chiqamiz.
Chetidan chiqqan ortiqcha xamirlarni tugaguniga qadar boshqatdan yoyib, yana aylana shakllar kesib chiqamiz. Qadam 6
Xamirchalarning o'rtasiga 1 choy qoshiqdan asos solib chiqamiz va bir chetini ikkinchi chekkasiga sal yetkizmasdan ustiga bukib chiqamiz.
Chetki qismlarini birlashtirib chiroyli sochniklar tugib olamiz. Qadam 7
Sochniklarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, ustiga tuxum sarig'ini surtib chiqamiz va 180 C darajada 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Qadam 8
Bir kun turgan bu pishiriqlar yanada mazali ta'm kasb etadi. Yoqimli ishtaha!
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|