Birinchi uchrashuvga chiqish ham hayajonli ham
hovotirli bo’lishi tabiiy. Hayajonli bo’lishining sababi – siz kimnidir
o’rganish uchun ketyapsiz, hammasi yaxshi bo’lsa, sizning hayotingizga
yangi bir inson kirib keladi. Hovotirli tomoni esa uchrashuv qanday
o’tishi sizga noma’lum, qiz sizga yoqadimi yoki qizga siz yoqasizmi?
Bularni o’ylab hayajoningiz ming karra oshadi. Quyida
berilgan maslahatlar, birinchi uchrashuvning omadli kechishini
ta’minlashda ko’maklashadi. Ularga rioya qilib, yoningizdagi qizni
qalbini o’girlang. Unutmang, birinchi uchrashuvning omadli kechishi –
ikkinchi uchrashuvga yo’l ochadi, aks holda qizdan umidingizni
uzavering! Maslahatlar: Esda
qolarli joy tanlang. Tanlagan joyingiz romantikaga boy bo’lib, chinam
va toza bo’lsin. Birinchi uchrashuvning joyi juda katta ahamiyatga ega.
Sababi bu joy ikkingizning ham hotirangizda bir umrga muhirlanib qoladi.
To’gri balki, bu restaranni tanlash sizga biroz qimmatga tushar, ammo
yodingizda bo’lsin, birinchi uchrashuv – katta ahamiyatga ega.
Kiyimingizga
e’tiborli bo’ling. Ayollar tug’ma ravishda modaning quli bo’ladi.
Albatta , kiyimingiz ularning e’tiboridan chetta qolmaydi. Shuning uchun
shunday kiyinki, ortiqcha izoha hojat qolmasin. Kiygan kiyimingiz
o’tiradigan restaraningizga va boradigan joyingizga mos bo’lsin. Qizdan
nima kiyishini aslo so’ray ko’rmang. Shunday kiyiningki, u ham odatiy
bo’lsin, ham jiddiy. Jentelmenlik
qiling. Birinchi uchrashuvda qizingiz shunday xizmat ko’rsatingki, u
o’zini malikalardek his qilsin. U uchun eshiklarni ochib bering,
o’tirish vaqtida stulini to’girlang. O’zingiz
haqingizda emas, u haqida gaplashing. Birinchi uchrashuvdan o’zingiz
haqida ko’p gapirmasdan, yoningizdagi qiz haqida ko’proq suhbatlashing,
uning so’zlarini bajonidil tinglagingiz kelayotganini ko’rsating.
Ayollar, ularning so’zlarini tinglaganlarni va ma’qullaganlarni xush
ko’rishadi. Shuning uchun suhbat davomida o’zingizni aqlliligingizni
ko’rsatish uchun aslo bahslasha ko’rmang, uning fikrlarini qo’llab
quvvatlang. Atrofingizdagi odamlarga ham
yaxshi muomalada bo’ling. Birov jig’ingizga tegsa yana urshib o’tirmang
u bilan, kerak bo’lsa uzr so’rab o’tib keting. Bunday oliyjanoblikni
ayollar yuqori baholashadi.
Uyigacha
kuzatib qo’ying. Bu albatta qizning sharoitiga qarab. Agar imkon
bo’lsa, uyiga yaqin manzilgacha kuzating va uyga borib albatta
qo’ng’iroq qilib qo’ying. Agar sizga qiz yoqmasa yoki boshqa biror
yoqimsizlikni his qilsangiz, darrov munosabatni uzib qo’ymang, 2-3 kun
qo’ng’iroq qilib turib, so’ngra uzoqlashsangiz bo’ladi. Agar qiz yoqsa,
unda ikkinchi uchrashuvga taklif qilsangiz bo’ladi, bunda uning javobi
muhim emas, muhimi qizga sizga yoqqanligini bildirish. Omad! Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|