Суббота, 2017-04-29, 1:52 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3242]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [312]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [73]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1751]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3012]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4757]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [657]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1987]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [119]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [162]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1038]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [120]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [749]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [228]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [88]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [13]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 515
Статистика


waplog

Онлайн всего: 17
Гостей: 17
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Февраль » 8 » ​Umid Iskandarov: “Oilam haqidagi savollarni ochiq qoldiryapman”

9:18 AM
​Umid Iskandarov: “Oilam haqidagi savollarni ochiq qoldiryapman”
"Darakchi” gazetasining "Men haqimda” loyihasida aktyor Umid Iskandarov o`zi haqida so`zlab berdi.

Ustoz.

Faqat ta`lim bergan yoki biror-bir kasbga o`rgatgan insonlarni ustoz, deyish noto`g`ri menimcha. Men har kuni uchratadigan, bilib-bilmay menga o`rnak bo`lganlarni ham ustoz deb tan olaman. Haqiqiy ustozlar hayotda tanlagan yo`nalishimizni aniqlashga yordam berishadi. Bu ro`yxatning birinchi qatorida oliygohdagi Eduard Davidov, Mahkam Muhammedovlar o`rin olgan. Ular menga san`at haqidagi tushunchalarni singdirib, qiziqishimni orttirishgan. Bundan tashqari, ukam Muhammadali Iskandarov va buvimdan ham ko`p maslahat olaman.

Kino va teatr.

Teatrda faoliyat olib borish haqida ko`p o`ylaganman. Faqat buning uchun avvalambor har bir ishni to`g`ri taqsimlay bilish kerak. Kun tartibim rejaga solinmagan. Kunduzi 2-3 gacha uxlab, keyin tuni bilan tasvirga olish ishlari, ijod bilan band bo`laman. Bunday rejimda teatrda ishlay olmasligim aniq. Lekin teatrda rol ijro etib, tomoshabinlar bilan jonli muloqotda ishlashni orzu qilaman. Bu maskanga, u erda faoliyat yuritadigan ustozlarga mehrim boshqacha.

Kutilmagan tanaffus.

Shunday vaqtlar bo`ldiki, menga taklif qilingan barcha rollarni o`ylab o`tirmasdan qabul qildim. Ammo bir xillikdan qochish vaqt keldi. Bu gapim bilan kinoijodkorlarni qoralash, ijodlariga past nazar bilan qarash niyatim yo`q. Biroq o`zimni tarixiy, kinomatografiyamizda yangilik bo`la oladigan janrdagi filmlarda ko`rgim kelyapti. Sevishganlarning rolidan juda charchadim. Umid Iskandarov zamon qahramoni rollarini ijro etadigan vaqt keldi, deb hisoblayman. Lekin shunday bo`lsa ham, bekorchi bo`lib qolmaslik uchun bir-ikki filmlarda rollarim bor.

Muammolar.

Bu hayotda muammosiz yashab bo`lmaydi. Bugun meni qiynayotgan tashvishlardan biri bu kam xarajat qilib, yaxshi kinoasar suratga olish. Dunyoda shunday kartinalar borki, ularning xarajati juda kam, biroq, eng kassabop kinoga aylangan. Shu o`rinda, Muhammadali rejissyorligida suratga olinayotgan yangi loyihani aytib o`tmoqchiman. "Afg`onda qolgan...” filmining voqealari orqali 80-yillarning dolzarb masalalari bugungi kunimizga ham ta`sir etayotganini ko`rishingiz mumkin.

Do`stlar.

Ko`pincha san`atkorni faqat san`atkor tushunadi, degan gapni eshitaman. To`g`ri, ba`zi masalalarda hamkasblarning til topishishi oson. Lekin chin do`st bo`lishda kasbning hech qanday o`rni yo`q. Masalan, mening yaqin do`stlarimdan biri ichki ishlar xodimi — Muzaffar. U bilan bir-birimizni tushunish uchun yarim so`zning o`zi kifoya. Lekin barchadan afzal ko`radigan insonim, bu — ukam. U bilan har qanday vaziyatda bir-birimizni qo`llab-quvvatlab turamiz.

Xobbi.

Bolaligimdan mashinalarga, ularning tuzilishiga yangi chiqqan modellariga juda qiziqaman. Orada tashvishlar bilan bo`lib bu xobbimni biroz unutgan edim. Ammo endi o`sha qiziqishim yana ortib boryapti. Bo`sh vaqtim bo`lishi bilan mashinalar haqidagi ko`rsatuvlarni mazza qilib tomosha qilyapman.

Og`zi kuygan...

Bilasizmi, shu kungacha shaxsiy hayotim bilan bog`liq barcha savollarga javob berib kelganman. Ammo bugun tushunib etdimki, san`atkorning shaxsiy hayoti doim sir bo`lib qolishi kerak ekan. Chunki, so`nggi paytlarda oilam bilan bog`liq bo`lar-bo`lmas gap-so`zlar tarqaldi. Bu juda yoqimsiz holat. Shuning uchun oilam haqidagi har qanday savollarni ochiq qoldiryapman. "Og`zi kuygan, qattiqni ham puflab ichadi” deyishadi-ku... Nafaqat rafiqam, balki ota-onam haqida ham gapirmayman.

Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 337 | | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #Yangilik, #ahborot, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017