Среда, 2018-10-17, 10:28 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [5251]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [555]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [93]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [16]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2146]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3574]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [5641]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [778]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1996]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [129]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [205]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [108]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1531]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [195]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1125]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [338]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [26]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [23]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [60]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [215]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [3]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [0]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [8]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 638
Статистика



Онлайн всего: 103
Гостей: 103
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Февраль » 9 » XALOYIQ DUOSIGA BOIS, XALLOQ RIZOSIGA SABAB


8:05 PM
XALOYIQ DUOSIGA BOIS, XALLOQ RIZOSIGA SABAB
Hazrat Navoiy ana shunday buyuk sharafga noil bo`lganlar

Hazrat Alisher Navoiyning bunyodkorligi haqida so`zlaganda, biz eng avvalo, bu zot tomonidan yaratilgan bebaho ma`naviy boyliklar – to`rt devondan iborat "Xazoyin ul-maoniy”, bezavol "Xamsa”, haqiqat asrori majoz yo`sinida bayon etilgan "Lison ut-tayr” dostoni, "Nasoyim ul-muhabbat” va "Majolis un-nafois” tazkiralari kabi 32ta ijod namunasini ko`z oldimizga keltiramiz.

O`zbek tilining keng imkoniyatlarini ko`rsatib beruvchi, inson tafakkuri bugungi kunda ham to`liq anglashga ojiz siru sinoatga to`la bu asarlar mana olti asrga yaqindirkim, ilm va adab ahli tomonidan e`zoz va ehtirom, hayrat va ibrat namunasi bo`lib qolmoqda.

Yosh iste`dodlar homiysi

Navoiy asarlarini tushunish, uning dardini anglash, hayot va faoliyatda bu zotga maslakdosh bo`lishlik uchun dastlab uning shaxsi haqida tasavvur hosil qilsak, o`shanda ko`zlangan muddao hosil bo`lajak.

Bilamizki, Hazrat Navoiy faqat betakror shoir va yirik davlat arbobigina emas, balki ma`naviy murabbiy va rahnamo, yoshlarning homiysi va muqavviysi ham edi. "Badoe` ul-vaqoe`”da keltirilishicha, Navoiyning suhbatdoshlari va nadimlarining asosiy vazifasi – yosh iste`dodlarni izlab topish va ularni amiri kabir huzuriga olib kelish edi. G`amxo`r yo`lboshchining bevosita rahnamoligi tufayli yuzlab yoshlar o`z iste`dodini kamol toptirib, o`zlari ustodlik darajasiga etganlar.

Mirzo Boburning guvohlik berishicha, "ahli fazl va hunarg`a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma`lum emaskim, hargiz paydo bo`lmish bo`lg`ay”. Ayniy domlaning tadqiqi bo`yicha, zamondoshlari tomonidan 53 ta asar bevosita Mir Alisher Navoiyga bag`ishlangan. Bu – hazrat Navoiy tomonidan ellik uchta iste`dodning mehnatini ro`yobga chiqarish va zahmatiga munosib moddiy va ma`naviy rag`batlantirish demak. Bu zotning ko`mak va madadidan turli kasb egalari – shoirlar, olimlar, din arboblari, kosib va hunarmandlar, naqqosh va musavvirlar, xattotlar, hofizlar, musiqachilar... bahramand bo`lib, o`z hunarlarini kamolga etkazish orqali Hirotni fozillar shahriga aylantirganlar.

Bunyodkorlikning benazir namunasi

Bevosita Hazrat Navoiyning shaxsiy mablag`lari va tashabbusi bilan 12 xonaqoh, 53 rabot, 20 hovuz, 10ga yaqin hammom bunyod etilganligiga mo``tabar tarixiy manbalar guvohlik beradi. Navoiy asos solgan madrasalarda zamonning eng ko`zga ko`ringan olimlari mudarrislik etib, talabalar idror (stipendiya) bilan ta`minlangan. Bu madrasalarda shariat ilmidan tashqari tibbiyot, nujum (astronomiya), hikmat, riyoziyot, handasa, mantiq, falsafa kabi dunyoviy bilimlar ham chuqur o`zlashtirilgan. Navoiy himmati bilan bunyod etilgan binoi xayrlar faqat Hirot va uning atrofidagina emas, balki Nishopur, Isfahon, Marv, Mazori Sharif, Balx shaharlarida ham qad rostlagan.

Ochig`ini aytganda, har zamonda ko`ngilning chetida tilga chiqmaydigan bir ishtiboh oralab qoladi: har holda, Navoiy ma`rifatparvar podshoh va shoir Sulton Husayn Boyqaroning yaqin kishisi va do`sti, davlatning ustunlarining biri sifatida ko`plab mol-dunyo sohibi bo`lgan, uning barcha xayrli ishlari sulton tomonidan qo`llab-quvvatlangan. Shu bois, ba`zida uning bunyodkorlik ishlarini tabiiy holat sifatida, xuddi shunday bo`lishi shartdek qabul qilishga ko`nikib qolgandekmiz.

Ammo shuni ham nazarda tutmoq kerakki, hukmdorlarning xayrixohlik va muruvvatidan bahramand bo`lganlarning hammasi ham "xaloyiq duosiga bois va xalloq rizosiga sabab” bo`ladigan ishlarni amalga oshirish uchun harakat qilmaydi. Masalan, Navoiyning zamondoshi – Oqqo`yunlilar saroyining shoiri Qozi Iso tarix mislini ko`rmagan mol-dunyo va izzat-ehtirom sohibi bo`lgan holda o`z takabburligi bilan ijodkorlarni o`zidan va umuman ijod qilishdan bezdirib, kimningdir koriga yarash o`rniga har kuni kamida o`nta g`azal yozishni o`z hayotining mazmuniga aylantirgan ekan. Yoxud Abulqosim Bobur zamonida sadrlik mansabiga etishgan Mavlono Muhammad Muammoiy o`z mansabi va vakolatini suiiste`mol qilib, shuhrat topish maqsadida aslida talabalar va mudarrislar haqi bo`lgan vaqf mablag`lari hisobidan Hofiz Sheroziy qabri ustida katta maqbara qurdirganligi zamondoshlari tomonidan hajv qilingan ekan.

"Ko`pdan-ko`p, ozdan-oz…”

Ma`lum bo`ladiki, faqat moddiy imkoniyatning o`zigina xayrli ishlarni qilishga etarli emas ekan. Navoiy haqiqiy saxovat mol-dunyo ko`payganidan keyingina odamlarning ko`ziga ko`rinarli ishlar qilishni orzu qilmoq emas, balki qo`l qisqa bo`lganda kamroq, boyiganda ko`proq ehson va muruvvat qilishni haqiqiy saxovat deb bilgan. Kimki kambag`alligi davrida himmat ko`rsatmasa, badavlat bo`lganligida ham nokasligicha qoladi, deb ta`lim beradi shoir:

Jud emas ko`p bazl uchun ko`p mol qilmoqlig` havas,

Kim berur ko`pdin-ko`p, ozdin-oz, ani bil judu bas.

Navoiyning bunyodkorlik ishlari, mamlakat tinchligi yo`lida ko`rsatgan jonbozliklari haqida ko`p va xo`b yozildi va bundan keyin ham yoziladi. Bu – faqat iftixor va hayratga sabab bo`ladigan dalillar emas, balki har bir insonni ezgulik sari hidoyat etguvchi da`vat va ibrat maktabi hamdir. Milliy mafkuramizning asosi bo`lmish komil inson g`oyasi deymizmi, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi g`oyalari deymizmi – barcha-barchasi ulug` mutafakkir shoirimizning ijodida baland pardalarda tarannum etilgan hamda tiriklikning mazmuni-maslagiga aylangan.

Olimjon Davlatov

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) | Просмотров: 431 | | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Все смайлы
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Uzstars.BiZ
  • www.Sherlar.info
  • www.Sherlar.org

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2018