Ko'pchilik eshitgan, lekin hamma ham ishlatib ko'rmagan Xitoy tayoqchalarining siri nimada? U zararlimi yoki haqiqatan ayolni 18 yoshidagi holatiga qaytarib qo'yarmikin?
Bu va yana boshqa bir qator savollar Xitoy tayoqchasi atrofida tug'ilmoqda. Uning nomi har xil bo'lishiga qaramay, maqsadi va natijasi bitta. Ayol 18 yoshlik holatiga qaytadi, jinsiy munosabatlardan ko'proq lazzatlanadi, jinsiy a'zolari sog'lomlashadi.
Shunday ajoyib, mo'jizakor narsa bor ekanu, lekin rasmiy tarzda sotuvda mavjud emas. Nega?
Nega uni Halqaro Sog'liqni saqlash tashkiloti tan olmagan? Nega u minglab tekshiruvlardan o'tgan dori-vositalari kabi ochiq oydim dunyo dorixonalarida sotilmaydi? Nega uning foydalanish tartibida "haftada 2-3 martadan ko'p ishlatish mumkin emas", deb yozilgan. Balki u har kuni ishlatilsa jinsiy a'zolarga beruvchi salbiy oqibati yaqqol namoyon bo'lib qoladimi? Nega aynan haftada 2-3 marta? Bir marta emas yoki oyda 4 marta emas? Kim aynan 2-3 martasi ziyon keltrimasligini ko'rsatgan yoki qanday sabab asosida shunday deyilgan? Kim kafolat beradi uni yilda 1 marta emas aynan haftasiga 2-3 marta ishlatish mumkinligiga?
Shu kabi savollar ko'pchilikni qiziqtirishi ajab emas. Agar u tayoqchani qutisiga nazar soladigan bo'lsak, tarkibi haqida aniq ma'lumot mavjud emas. Xususan, tarkibi haqida shunday deyilgan: тальк, жемчужный порошок, порошковые квасцы, корень травы Модула в Индонезии va boshqa dorivor o'tlar!
Tarkibini o'zbek tiliga tarjima qilmaganligimiz sababi, bu moddalar haqida biron ma'lumot topa olmadik. Moddalarning odam organizmiga bo'lgan ta'siri, salbiy oqibati, tayoqchadagi hajmi va kimyoviy ta'siri haqida ma'lumot yo'q. Umuman bunday moddalar borligi ekanligi haqida ham biron aniq ma'lumot mavjud emas. To'g'ri ТАЛЬК-hammaga ayon modda, lekin uning Xitoy tayoqchasidagi hajmi va holati haqida ma'lumot berilmagan. "Boshqa dorivor o'tlar", deb nima nazarda tutilgan? Ahir tabiatda millionlab o'tlar mavjud, lekin ulardan noto'g'ri foydalanilsa ziyoni katta bol'lishini hamma biladi. Demak, bu tayoqchaning organizmga bo'lgan ta'siri haqida aniq ma'lumotni hech kim bila olmaydi.
Shunday ekan, bu tayoqchalar o'zi nimadan tarkib topgan, ayol organizmiga ziyoni yo'qmi va qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi hech kimga ayon emas!
Lekin ko'p ayollar uning mo'jizakor ta'sirga ega ekanligini tasdiqlamoqda. Bu faktor undan foydalanish uchun yetarlimi?
Undan kim foydalanadi? Jinsiy munosabatlarda qiynalayotgan yoki bu munosabatlarni sifatini oshirmoqchi bo'lgan juftliklar. Ularning fikricha, ayol jinsiy a'zolarining kattalashgan razmeri aloqani sifatli bo'lishiga to'sqinlik qilmoqda. Shuning uchun ular 18 yoshlik davriga qaytish niyatida shu tayoqchalardan foydalanishni istamoqdalar. Shu yerda bir narsaga aniqlik kiritish muhim. 18 yoshlik ayolda jinsiy a'zolarining razmeri emas, holati boshqacha bo'ladi. Ya'ni tug'magan ayollarning gormonal holati tuqqan ayolnikidan farq qiladi, masalan, tuqqan ayolda jinsiy aloqani yaxshilovchi suyuqlik ajralishi kamayadi, jinsiy talpinish ba'zi gormonlar ta'sirida sust bo'lib qoladi, ba'zida sovuqqonlik ham uchraydi. Bu faktorlarning borligi esa yosh kelinlarda aloqani sifatli bo'lishiga yordam beradi. Yana bir tomoni, ayol yangi kelinligida erkak ham hozirgi yoshda emas edi. Ya'ni, u davrda erkakning jisniy salomatligi ham ancha yosh va yuqoriroq darajada bo'lgan. Demak, u davrdagi erkakning lazzatlanishi o'zining jisniy kuchiga ham bog'liq bo'lgan.
Agar erkak xotinidan yosh kelinlik holatiga qaytishni so'rayotgan bo'lsa, u holda o'zi ham o'sha davrdagi jinsiy kuchga ega bo'la olishi kerak... iloji yo'q!
Demak, yoshlikdagi jinsiy munosabatlarning sifatli va samarali bo'lishiga ayol jinsiy a'zolarining razmeri sababchimi yoki erkakning yoshligidagi erkaklik kuchi, ayolning gormonal holati, er-xotin orasidagi boshida bo'ladigan kuchli ehtiros sababchimi?
Bunga 99% foiz juftliklar bir xil javob berishsa kerak.
U holda bu tayoqchalarning nima keragi bor? Ayol jinsiy a'zosini sun'iy ravishda kichkaytirib bergan taqdirda ham, jinsiy suyuqlik ajralmayotgan bo'lsa, ayolning gormonal holati jinsiy sovuqqonlikni keltirayotgan bo'lsa, erkak 20 yoshligidan ko'ra jinsiy sustroq bo'lib qolgan bo'lsa, munosabatlarda ehtiros kamaygan bo'lsa yoki o'lmasa jinsiy kasallikar mavjud bo'lsa, aloqa sifatli bo'larmikin? Tayoqcha haqiqatan yordam bera olarmikin?
Tayoqchani ishlatishga shoshilmang. U jinsiy munosabatlaringizni yaxshilay olmaydi.
Birinchidan, u tekshirilmagan vosita. Uning tibbiy tomondan zarari yo'q ekanligi ilmiy tekshiruvlar asosida tasdiqlanmagan.
Ikkinchidan, jinsiy munosabatlarning yaxshilanishi garovi yuqorida ta'kidlangandek, ayol jinsiy a'zolarining razmeri emas. U esa faqat razmerga vaqtinchalik ta'sir ko'rsata oladi.
Uchinchidan, haqiqatan jinsiy munosabatlarni yaxshilashga foydasi tegadigan, undan tashqari ayol organizmi uchun kerakli tibbiy tomondan tasdiqlangan Kegel mashg'ulotlaridan foydalangan afzalroq. Bu mashg'ulotni muntazam ravishda bajaradigan ayolda jinsiy a'zolari va munosabatlarida kamchilik bo'lishi juda qiyin. Kegel mashg'ulotlarini foydali ekanligidan uni nafaqat har kuni, balki har daqiqa ham bajarib turish mumkin. Bu mashg'ulotlar muntazam ravishda bajarilsa, ayol jinsiy a'zolarining mushaklari tarranglashadi, kuchga kiradi, natijada aloqa davomida ularni istalgancha siqish mumkin bo'ladi.
Bir narsa muhim, ayolning jinsiy a'zolari o'ta nozik va ta'sirchandir. Ayolda yuz beradigan kasalliklardan 80% jinsiy a'zolarga to'g'ri keladi. Ularni avaylash muhim. Qo'shni tavsiyasiga binoan biron vositadan foyodalanish juda xavfli. Ayniqsa, u vosita muammoni haqiqatan hal qila olmasa!
Bolani emizayotgan ayolga Xitoy tayoqchasini yuztasini ishlatmang, u jinsiy aloqaga sovuqqon bo'lib, hech qachon o'zi ham to'liq lazzatlana olmaydi, eriga ham lazzat bera olmaydi.
Jinsiy munosabatlarning sifati erkak yoki ayol jinsiy a'zolari razmeriga bog'liq emas. Bu tasdiqlangan, ilmiy tekshirilgan fakt! Bunga birinchi navbatda juftlikning gormonal holati va ruhiy munosabatlari sababchidir. Xitoy tayoqchasi esa, boshqa shu kabi vositalar kabi muammoni asl sababini bartaraf etishni o'rniga, oson yechimini izlayotgan juftliklarga mo'ljallangan. Bunday vositalarning natijasi ham oson, ya'ni sust va muddati yo'q bo'ladi.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot http://www.uzbaby.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|