«Chizkeyk» so`zi ingliz tilidan olingan bo`lib «pishloqli pirog» degan ma`noni anglatadi. Bu shirinlikni pishirish va tanovvul qilish so`nggi yillarda juda urf bo`ldi. Har bir restoran va qahvaxona menyusida, albatta, bu shirinlikni uchratish mumkin. Chizkeyk tayyorlashda istaganingizcha tajribalar o`tkazishingiz, reza mevalar, shokolad va boshqa mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Faqatgina chizkeyk tayyorlashdagi asosiy qoidalarga rioya qilsangiz bo`lgani.
1. Uy sharoitida bu shirinlikni tayyorlashga kirishar ekansiz, avvalo to`g`ri qolip xarid qiling. Chizkeykka a`lo darajada to`g`ri keladigan qolip dumaloq shakldagi ochilib-yopiladigan qolipdir. Shunda pishiriqni qolipdan ajratayotganda zarar etmaydi.
2. Tarkibida ko`p miqdorda yog`i (sariyog`, margarin) mavjud xamirlarni pishirishda pergament qog`ozi qo`l keladi. Chunki bunday qog`ozda pishiriq o`z shaklini yo`qotmaydi. Faqat qog`ozni qolipdan 5 sm. kattaroq qilib kesing.
3. Chizkeyk tayyorlash uchun yana bir muhim narsa — xamir. Bu ko`pchilik o`ylaganidek qatlamali yoki keks xamiri emas. Bu uvalanuvchi korjdir. Chizkeykning klassik variant uchun yog`liroq shirin pechene harid qiling. Yoki o`zingiz sariyog` va undan pechene tayyorlang.
4. Qandolatchilar chizkeykni yumshoq pishloqdan tayyorlashadi. Pishloqning bu turi juda yog`li bo`lib, sutdan emas, qaymoqdan tayyorlanadi. Yodingizda saqlang, pishloq xona haroratida bo`lsin, aks holda u yaxshi chiqmaydi.
5. Pishloqni aralashtirish jarayonida bo`shliqlar paydo bo`lmasligi uchun kichik tezlikda aralashtiring yoki umuman blenderdan foydalanmang. Ammo bu chizkeykning ta`miga ta`sir qilmaydi.
6. Chizkeyk gaz pechida pishayotganda shishadi. Shaklini saqlab qolish uchun esa tayyor tortni to`g`ri sovuting. Ya`ni pishiriq tayyor bo`lgach gaz pechina o`chirib, chizkeykni 30 daqiqaga qoldiring. Vaqt o`tgandan so`ng, gaz pechi og`zini ochib yana 10 daqiqaga qoldiring. Shundan keyngina chizkeykni gaz pechidan olib butunlay sovuganidan so`ng muzlatgichga 2-3 soatga qo`ying.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|