Среда, 2019-03-20, 6:23 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [6030]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [641]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [100]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [16]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2292]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3800]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [35]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [5975]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [865]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2012]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [149]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [234]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1621]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [229]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1224]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [19]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [531]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [37]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [41]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [74]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [374]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [30]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [22]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [40]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [45]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [15]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [13]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [3]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 678
Статистика



Онлайн всего: 104
Гостей: 104
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Март » 14 » Yoshlar nega o'z joniga qasd qilmoqda?​

9:10 AM
Yoshlar nega o'z joniga qasd qilmoqda?​
Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlarida o'z joniga qasd qilish haqidagi xabarlar ko'payib qoldi. Nega? Bundan 20-30 yil avval bunday hodisalar sodir bo'lmaganmi?

Buni ikki talqinda izohlash mumkin: yo ilgari bunday hodisalar rostdan ham kam bo'lgan yo bugungidek tezkor axborot texnologiyalari bo'lmagani uchun o'sha davrlarda bunday xabarlar ommalashmagan. Har ikki holatda ham bu masalaga aslo loqaydlik bilan qarab bo'lmaydi. Zero, insonning hayotdan bezib, o'z joniga qasd qilishi bitta bo'lsa ham katta ijtimoiy fojiadir.

To'g'ri, Namangan viloyatida ham suitsid ko'rsatkichi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan kamaygan. Biroq bunday ko'ngilsiz hodisalar, ayniqsa, voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida tez-tez uchramoqda. Biz ushbu og'riqli masalaning tub ildizlari, o'z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo'yicha e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan yo'nalishlar xususida Ma'naviyat va ma'rifat markazi Namangan viloyati bo'limi rahbari Muhammadali UBAYDULLAYEV bilan suhbatlashdik.

– O'z joniga qasd qilish azaldan har qanday jamiyat va tuzumda yuz berib kelayotgan voqelik. Ammo ilgari asosan katta yoshlilar orasida uchraydigan bu holat, keyingi paytlarda tobora "yosharib” borayotgani kishini tashvishga soladi…

– Bu xususda psixolog, pedagog, shifokor, sotsiolog, suitsidolog kabi turli sohalarning mutaxassis va ekspertlarigina to'laqonli izohlay oladigan bir necha omillarni sanab o'tish mumkin. Menimcha, o'smirlar o'rtasida o'z joniga qasd qilish holatlari ildizini, avvalo, oiladan qidirish kerak. Bola go'daklik chog'ida ruhiy jarohat olsa, vaqt o'tib u albatta o'zining salbiy ta'sirini namoyon etadi. Ruhiy jarohat deganda nimani tushunishimiz mumkin? Masalan, haddan tashqari qattiq ovoz yoki shovqin. Bu nafaqat oilada er-xotinning baland ovozda janjallashishi, balki muntazam ravishda televizor yoki radioni baland ovozda qo'yish, turli shovqinli dastgohlarni ishlatishni ham shunday omillar sirasiga qo'shish mumkin. Bunday tashqi ta'sirlar uch yoshgacha bo'lgan bolaning ongosti qatlamlarida o'ziga ishonchsizlik, qo'rquv hissiyoti ko'rinishida saqlanib qoladi. Bola jismonan va aqlan voyaga yeta boshlagach, shu "jarohat” o'zini "eslata boshlaydi”. Ulg'ayganda to'satdan turli kasalliklarga chalinib qolishiga chaqaloqligida boshiga olgan zarba sabab bo'lgani kabi oila muhitidagi notinchlik endi tahlil qila olish qobiliyatiga ega o'smirni muammoning yechimi sifatida turli keskin xatti-harakatlarga, jumladan, o'z joniga qasd qilishga ham undashi mumkin. Bu eng oddiy omillardan birgina misol, xolos. Yuqorida aytganimizdek, insonni affekt holatiga solib qo'yadigan sabablar juda ko'p va ular asosan oilada shakllanadi.

– Yuqori sinf o'quvchilari orasida o'z joniga qasd qilingan holatlar bo'yicha o'rganishlar natijasi o'smirning, masalan, o'zini osishiga hech qanday jiddiy asos yo'qligini ko'rsatadi. Ya'ni o'sha o'smir yoki qiz o'zining xulq-atvori, o'qishdagi yutuqlari bilan maktabning ibratli o'quvchilaridan, oilasi ham mahalladagi namunali oilalardan bo'lib chiqadi. Moddiy jihatdan hech qanday kamchilik yo'q, na uy, na mahalla va na maktabda birov bilan ziddiyatga bormagani aytiladi. Xullas, o'z joniga qasd qilish siri uning o'zi bilan ketib, bu yoqda faqat taxminlar qoladi.

– Ha, bu eng tashvishlanarli hol va buning sabablarini ham bir necha umumiy va xususiy omillar bilan izohlash kerak bo'ladi. Masalan, menimcha suitsid haqidagi ma'lumotlar ommaviy oshkor etilishi, uning sabab va oqibatlari muhokama qilinishini ham shunday omillar sirasiga qo'shish mumkin. Biror o'smirning o'z joniga qasd qilgani haqidagi xabar internet tarmoqlari orqali bir zumda butun dunyoga tarqatilmoqda. U o'zini qaerda, qanday osgani yoki zaharlagani tafsiloti mish-mishlar asosida qo'shib-chatib izohlab berilmoqda. "Maktabda bo'ladigan tadbirga onasi pul bermagani uchun…”, "Otasi kompyuter yoki qo'l telefoni olib bermagani sababli…”, tengdoshlarining "U sening onang emas, onang sizlarni tashlab boshqasi bilan ketib qolgan”, deb ko'pchilik orasida malomat qilingani uchun kabi ko'plab sabab va taxminlar "urchitilmoqda”.

Bunga asosan shov-shuv ko'tarish, o'quvchini ko'paytirish vositasida daromad topishni maqsad qilgan ijtimoiy tarmoqlar, saytlarning "munosib hissa qo'shayotgani”ni aslo inkor etib bo'lmaydi. Motiv, tafsilot, "qo'llanma” sifatidagi bunday ma'lumotlarga ega, aqldan ko'ra hissiyotga erk berishga moyil ayrim yoshlar maqsadiga erishish uchun oqibati o'lim bilan tugashini hisobga olmay ota-onasini bir "qo'rqitib” qo'ymoqchi bo'ladi. Oiladagi og'ir muhit, ota-onasining o'zaro munosabati, oila a'zolari yoki atrofidagilarning o'ziga nisbatan tahqirlovchi, johilona, zulmkor munosabati zamirida yuzaga kelgan tushkun vaziyatdan chiqib ketishning eng qulay yechimini o'z joniga qasd qilishda ko'radi.

Yoki internet tarmog'idagi, qo'l telefoni, kompyuterda o'ynaladigan turli o'yinlar, televidenie orqali namoyish etilayotgan ayrim filmlar ham axborot xurujining bir yo'nalishi sifatida keng tarqalganki, ularning inson ruhiyatiga, ayniqsa, hali shaxs sifatida to'liq shakllanib ulgurmagan, mustaqil fikriga ega bo'lmagan yoshlar ongiga salbiy ta'siri suitsid holatlari ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Jangarilik, qotillik, oxir zamon, turli tabiiy falokatlar, jamiyatdagi boshqa ko'plab salbiy holatlar mavzusidagi filmlarni muntazam ko'radigan bola kelajakka ishonchini yo'qotib boradi va uning miyasida shunday holatlarni boshdan kechirmaslik uchun chora izlash bo'yicha psixologik jarayonlar uyg'ona boshlaydi.

Buni bir misolda ko'rish mumkin: agar bugun bir guruh o'quvchini to'plab rasm chizish bo'yicha tanlov o'tkazsangiz yoki shunday topshiriq bersangiz ularning aksariyati jangari film qahramonlari, odam savdosi, giyohvandlik, yong'in, o'rgimchak to'ri elementlari mavjud suratlar chizib, yorqin ranglardan foydalanmayapti. Bu ularning ongida ezgulikdan ko'ra yovuzlik haqidagi axborotlar ustunlik qilayotgani, jamiyat va tabiat salbiy hodisalari oldida o'ziga nisbatan qo'rquv va kelajakka umidsizlik shakllanayotganidan dalolat beradi. Bu bizning uch bosqichli – 0-3, 3-7, 7-18 yoshli ta'lim-tarbiya tizimida bolada immunitetni shakllantirish borasida yo'l qo'yayotgan xatolarimiz borligini ko'rsatadi. Eng ayanchlisi, hatto 8-10 yoshli bolalar o'z joniga qasd qilgan holatlar ham uchramoqda. Vaholanki, bu yoshda bola o'lim haqida nimani biladi, hayot haqida-chi? Hali hayot, o'lim haqida aniq bir tasavvur ham, fikr ham bo'lmaydi-ku, bu yoshda!?

Yana bir omil, ota-ona farzandini moddiy tomondan bekamu-ko'st ta'minlab qo'yishi, chiroyli kiyintirishi, telefon, kompyuter olib berishi, cho'ntagiga katta-katta pul solib qo'yishi mumkin va hokazo. Lekin bularning birortasi bolaga berish kerak bo'lgan haqiqiy mehr va ajratilishi kerak bo'lgan vaqtning o'rnini bosa olmaydi. Bola bilan uch yoshgacha podshoh, o'n yoshgacha qul, o'n yoshdan keyin do'st sifatida munosabatda bo'lish kerak, degan gap bor. Aksariyat hollarda farzandi orzu qilgan barcha sharoitlarni muhayyo qilgan ota-ona bolasining ayni damdagi o'y-xayoli, rejasi, muammosi haqida u bilan bir kunda yarim soatgina samimiy suhbatlashishni ortiqcha deb biladi. O'z uyida topa olmagan e'tiborni bola ko'chadan, begonalardan topishi ham qiyin bo'ladi. Oilada va jamiyatda yolg'izlanib qolgan o'smirda hayotda o'z o'rni borligini ko'rsatib qo'yish istagi tug'iladi, ongida hayot ziddiyatlariga qarshi kurash boshlanadi va bu kurash jarayoni bolada asabiylik, ruhiy zo'riqish holatlarini rivojlantirib, affekt holatigacha olib boradi hamda, afsuski, ayrim hollarda bu o'z joniga qasd qilish bilan tugaydi.

Yana bir omil – bolaning atrof-muhit bilan bog'liq ekani. Bolaning tashqi ko'rinishi, kiyinishi, o'zini tutishiga yondashuvda ajratib ko'rsatish, tabaqalash natijasida unda diviant xulq-atvor hosil bo'ladi. Diviant xulq-atvor o'zi nima? Bu jamiyatda umume'tirof etilgan qoidalarga zid xatti-harakatlarni amalga oshirishdir. Misol uchun, maktab va kollejlarda o'quvchilarni tenglashtirish maqsadida o'quvchi formasi degan masala bor. Bu masala bizda hali to'liq tartibga solingan, deya olmaymiz. Bugungi kunda ta'lim muassasasiga o'quvchi o'z tanloviga ko'ra, biri jinsi shim, boshqasi krossovka kiyib borayapti va bu yerda bolaga birinchi erkinlik berib, diviant xulq-atvorga o'tish yo'lidagi dastlabki qadamga ruxsat berilyapti. O'quvchi, "demak shunday qilsam bo'laverar ekan”, degan xulosada ikkinchi umume'tirof etilgan qoidani buzadi. Uchinchisidan keyin esa unga tanbeh berish, cheklash kabi choralar ko'riladi. Erkinlikka o'rganib qolgan o'quvchi buni huquq va erkiga tajovuz qilish, deb o'ylaydi. Ayniqsa, ko'pchilik orasida muhokama qilish, shaxsiyatiga tegish unga og'ir botadi. Demak, ko'p muhokamaga sabab bo'layotgan soqol, kalta yubka va boshqalar to'g'risida bolada diviant xulq-atvor paydo bo'lmasdan oldin tushuntirish ishlari olib borish zarur. Biz esa diviant xulq-atvor eng yuqori darajasiga yetganda yoshlarga tazyiq o'tkazishni boshlaymiz. Bu – bizning tarbiyadagi katta xatomiz bo'ladi.

– Bunday xatolarni tuzatish uchun nimalarga e'tibor qaratish kerak, deb hisoblaysiz?

– Bizda pedagog va psixologlarga suitsidologiya fanini o'qitish tizimi yaxshi yo'lga qo'yilmagan. To'g'ri, bu fan psixologlarga qisman o'qitiladi, lekin pedagoglar ham ma'lum ma'noda psixolog bo'lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, rivojlangan davlatlarda chuqur o'qitiladigan suitsidologiya fanini bizning pedagog va psixologlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarida ham qat'iy o'qitish, malaka oshirish, qayta tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish kerak. Zero, qo'limizda suitsidga qarshi kurashish uchun qurol bo'lishi lozim. Shuningdek, ota-onalar uchun ham bu masalada qandaydir bilim berish yo'llarini o'ylab ko'rish kerak.

Bolaning kun tartibidagi bir xillikni yo'qotish zarur. Nevrasteniya kasalligiga sabab bo'ladigan bir xillik tibbiy nuqtai nazardan bolada tushkunlik holatini keltirib chiqaradi va bu ham o'z joniga qasd qilishgacha olib borishi mumkin. Ba'zan farzandimizning yaxshi kelajagini ta'minlash maqsadida uni majburiy ravishda turli mashg'ulotlarga chambarchas bog'lab tashlaymiz. U ertalab maktabga, darsdan keyin sport seksiyasiga, keyin til o'rganish markaziga boradi, uyda yarim tungacha uyga berilgan vazifalarni bajarishi kerak. Yil bo'yi davom etadigan bunday bir xillilik, boz ustiga zo'riqish bolani zeriktirishi va bezdirib qo'yishi mumkin. Bolada yangiliklarni qabul qilish darajasi pasayib, tushkunlik kayfiyatiga berilib ketadi va unda bu holatdan chiqish uchun "shunday qil”, degan ichki ovoz paydo bo'la boshlaydi.

Bundan tashqari, bugun ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan o'zini osish, zahar ichish kabi ochiq sahnalar ko'rsatilayotgan teleseriallar, milliy mentalitetimizga yot turli reklama roliklari, kliplar kabi ommaviy targ'ibot vositalari orqali tarqatilayotgan mahsulotlarning mazmun-mohiyati, g'oyaviy-badiiy qiymati, ularning ongga ta'siri darajasini aniq bilmay turib ommalashtirmaslik choralarini ko'rish kerak. G'arb davlatlarida bunday masalalar bilan ilmiy muassasalar, laboratoriyalar, markazlar shug'ullanadi.

Xulosa qilib aytganda, suitsid – ijtimoiy kasallik, uni davolash uchun jamiyatning har bir a'zosi, oila, maktab, mahalla, ta'lim muassasasi, davlat va jamoat tashkilotlarining uyg'unlikdagi faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish lozim.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 83 | | Теги: #habarlar, #ahborot, #newsuz, #новости, #xabarlar, #uznews, #news, #Yangiliklar, #Yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
$SMILES
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Март 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Uzstars.BiZ
  • www.Sherlar.info
  • www.Sherlar.org

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2019