Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvlaridan o‘rin olgan "Real” hamda "Yuventus” klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi, deya xabar bermoqda "Uff”. Mazkur natija turinliklarni finalga olib chiqdi. Dastlab, Krishtianu Ronaldu penaltidan 23-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Morata oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
O‘yin oxirlarida "Real” qancha harakat qilmasin, hisobni o‘zgartira olmadi.
Shu tariqa "Yuventus” finalga chiqdi va "Barselona” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.
Yevropa Chempionlar ligasi, yarim final Real Madrid – Yuventus 1:1 Gollar: 1:0 – 23, penalti Ronaldu, 1:1 – 57 Morata. Real Madrid – Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Varan, Marselo, Isko, Xames, Beyl, Kroos, Benzema (Ernandes, 67), Ronaldu. Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini, Evra, Pogba (Pereyra, 89), Pirlo (Bardzali, 79), Markizio, Vidal, Morata (Lorente, 84), Teves. Ogohlantirishlar: Isko (32), Xames (44), Teves (70), Lixtshtayner (76). Birinchi o‘yin: 1:2.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot http://daryo.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|